Mehnat unumdorligi va uning xajmiga tasir qiluvchi omillar r e j a : Kirish Mehnat unumdorligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni Mehnat unumdorligi shakllanishi




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana29.06.2024
Hajmi0,5 Mb.
#266180
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
.Mehnat unumdorligi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar kurs ishi

 
Xulosa 
O’tkazilgan tadqiqotlar bo’yicha quyidagi xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o’zgarishlar davrida hamma 
narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir. Mehnat 
unumdorligi malmakat aholisining o’z ruhiy-fizilogik va aqliy sifatlari bilan moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko’rsatishga qodir bo’lgan mehnatga 
layoqatli qismidir. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga 
hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, 
shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi.
2. Mehnat unumdorligini shakllantirish deganda mehnat unumdorligining doimiy 
ravishda yangilanib turishi tushuniladi. Bular mehnat unumdorligini uchta yirik yosh 
guruhlari bo’yicha mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan 
yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni; ikkinchidan, har bir 
guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni; uchinchidan, 
mehnat unumdorligi va aholining o’zgarishidagi tabiiy va mexanik o’zgarishdagi 
umumiy va o’ziga xos tomonlarni ifodalaydi. Mehnat unumdorligidan foydalanish 
iqtisodiyotning unumdorligidan biri bo’lgan mehnat unumdorligini ta’riflovchi ikki 
yo’nalish tushuniladi: birinchidan mehnat unumdorligining taqsimlanishi va 
ikkinchidan ularning mehnatidan xalq xo’jaligi va iqtisodiyotda foydalanish 
samaradorligidir. Bunda mehnat unumdorligini taqsimlash deganda resurslarning 
xalq xo’jaligida ishlaydigan va ishlamaydigan qismlari tushuniladi. 
3. Mehnat unumdorligi balansi – mehnat unumdorligi mavjudligini va ularning 
iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiyot faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi 
tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi bo’lib, ikki – resurs va taqsimot qismdan iborat. 
Birinchi qism mehnat unumdorligining mavjudligini ularning shakllanish 
manbalarini tavsiflaydi. 90 Ikkinchi qismi – mehnat unumdorligining iqtisodiy faol, 
ya’ni ish bilan ta’minlanganlar hamda ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan 
ta’minlanmagan aholini va jumladan, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotganlar 


35 
 
toifasiga kirmaydigan shaxslarni o’z ichiga olgan iqtisodiy faol bo’lmagan aholini 
tavsiflaydi. 
4. Korxonalarda mehnat unumdorligidan samarali foydalanishni ifodalovchi 
ko’rsatkichlaridan biri mehnat unumdorligi ko’rsakichidir. Mehnat unumdorligi – 
xodimlarning mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab 
chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga 
nisbati, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot biln 
belgilanadi. Jamiyatning rivojlanish va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi 
mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat 
unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy siyosiy tuzumni 
o’zini ham belgilab beradi. 
5. Korxonalarning kerakli mehnat unumdorligi bilan etarli darajada 
ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish mehnat unumdorligining yuqori darajada 
bo’lishi mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida 
bajarilishi, 
asbob-uskunalar, 
mashinalar, 
mexanizmlardan 
foydalanish 
samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning 
tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat 
unumdorligi bilan ta’min etilganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada mehnat unumdorligidan foydalanish 
samaradorligiga baho berishda personalning rentabelligi ko’rsatkichi (foydaning 
sanoat – ishlab chiqarish personali o’rtacha yillik soniga nisbati katta ahamiyatga 
egadir. Foyda mahsulotni sotish rentabelligiga, kapitalning aylanish koeffisiyentiga 
va harakatdagi kapitalning summasiga bog’liq bo’lganligi sababli mazkur 
ko’rsatkichning omilli modelini ishlab chiqdik. 
6. Mehnat unumdorligini tahlil qilish jarayonida uning o’zgarishiga ta’sir 
etuvchi omillarning ta’sir darajalarini va shart-sharoitlarini aniqlash muhim
ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligi – rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U 
ko’pgina sabablar va omillar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. Mehnat 
unumdorligi ko’rsatkichini tahlil qilish jarayonida jonli va jonsiz mehnat 


36 
 
ko’rsatkichini tarkibini tahlil qilish lozim. Bunda jonli mehnat hissasini pasayib 
borishi ijobiy baholanishi kerak. Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi tovar 
mahsulotining mumiy miqdori, uning tarkibi, ishlab chiqarish vositalari, mehnat 
predmetlari kabilar bilan bog’liq bo’lib, tahlil jarayonida bu ko’rsatkichlar ham 
kompleks tarzda tahlil qilinishi kerak. Korxonalarda mehnat unumdorligini tahlil 
qilish uni oshirish bo’yicha kerakli chor-tadbirlami qo’llash maqsad qilib qo’yiladi. 
Korxonada mehnat unumdorligi ko’rsatkichi o’rtacha ish haqiga nisbatan doimo 
yuqori sur’atlarda o’sib borishi zarur. 
7. Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan 
biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda 
ishlab chiqarish samaradorligiga erishishdir. Bu bu asosan mehnatni ilmiy asosda 
tashkil etish asosida mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. 
O’z navbatida ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi 
zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilari o’rtasida to’g’ri taqsimlanishiga, ya’ni 
ularning malakasiga, tajribaliligiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bab-barvar 
ta’min etilishiga bog’liqdir. Bu esa, mehnatni korxonada to’g’ri tashkil etish asosida 
amalga oshiriladi. 
8. Mehnat unumdorligi oshishi rezervlari – mehnat sarflarini tejashning (mehnat 
sig’imini kamaytirish va ish unumini ko’paytirishning foydadanilmagan 
imkoniyatlaridir. Rezervlar fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlatiladi va yana 
yuzaga keladi. Miqdoran rezervlarni muayyan vaqt oralig’idagi mehnat 
unumdorligining erishilgan darajasi va imkoni bo’lgan eng yuqori darajasi 
o’rtasidagi farq deb ta’riflash mumkin. Rezervlardan foydalanish darajasi mehnat 
unumdorligi darajasiga ta’sir etadi. Rezervlar har bir turini muayyan omilga nisbatan 
olib qarash mumkin, rezervlarning jamini esa omillar tasnifiga binoan tasniflash 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa, tahlil qilishda har bir omil bo’yicha 
isrofgarchiliklar hamda unumsiz mehnat sarflarining asosiy sabablarini aniqlash va 
ularni bartaraf etish yo’llari imkonini beradi. 


37 

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat unumdorligi va uning xajmiga tasir qiluvchi omillar r e j a : Kirish Mehnat unumdorligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni Mehnat unumdorligi shakllanishi

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish