|
Режа: Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning
|
bet | 1/3 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 37,59 Kb. | | #141340 |
Bog'liq referat moliya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO'QMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: «MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIK, MEHNAT UNUMDORLIGI VA ULARNING MAHSULOT HAJMIGA TA’SIRI TAHLILI»
Bajardi: 14-19s- guruh talabasi
Qabul qildi:
РЕЖА:
Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o‘rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi tahlili.
Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fan texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unumdorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda.
|
| |