Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi tahlili
Bugungi raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida respublikamizda mehnat resurslariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov bu borada quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi:
«Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyatini inobatga oladigan bo‘lsak, bizda aholi, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Ularning soni yiliga taxminan 200-300 ming kishiga ko‘paymoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganda ortiqcha ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish – mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri – kichik va o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir».
Ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarga ham bog‘liq. Yil davomida korxona xodimlari tarkibi ishga qabul qilish va bo‘shatish hisobiga o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlar ish kuchi oboroti koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Tahlil etishda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarni bajarilishi nazorat qilinadi. Buning uchun ishchilarni o‘rtacha razryadi aniqlanadi. Xodimlarlarning qo‘nimsizligi ishlab chiqarishga salbiy ta’sir etadi. Qo‘nimsizlik koeffitsiyentini aniqlash uchun o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shagan va mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan ketgan xodimlar sonining yig‘indisini xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soniga bo‘lish lozim. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosalar qilinadi.
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, tahlil qilinayotgan xo‘jalik subyektida joriy yilda xodimlar qo‘nimsizligiga bir qadar barham berilgan, ya’ni o‘tgan yili xodimlar qo‘nimsizligi 0,071 koeffitsiyentni tashkil etgan bo‘lsa, hisobot yilida bu ko‘rsatkich 0,050 koeffitsiyentni tashkil qildi. Qo‘nimsizlik 0,429 koeffitsiyentga pasayganligini ijobiy baholamoq lozim. Mazkur korxonada ishdan bo‘shatish oboroti o‘tgan yilgi 9,08 foizdan hisobot yilida 7,18 foizga qadar pasaygan. Bunday natijalar korxonada ijtimoiy-iqtisodiy muhitning yaxshilanayotgan-ligidan dalolatdir. Bu ko‘rsatkichlar orqali korxonada mehnatni tashkil etish, rag‘batlantirish sistemalari talab darajasida tashkil etila boshlanganligini ifodalaydi. Bundan tashqari korxonada mehnat intizomi kuchayganligini ham ko‘rishimiz mumkin. Joriy yilda mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 10 kishiga kamayganligini uning tasdig‘i sifatida ko‘rishimiz mumkin. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy hol deb baholash lozim. Tahlil davomida ishchilarni kasbi bo‘yicha korxonaning ta’minlanishini aniqlash lozim, chunki, mahsulot ishlab chiqarish, korxonani, ishchilarning kasbini hisobga olgan holda ta’minlanishiga bog‘liq.
1.4. Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishi tahlili va uning o‘zgarish sabablari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ishni tashkil etish va mehnat resurslarining ish vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichlariga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Ishchilarni ish vaqti fondi ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlari va kishi-soatlari ko‘rinishida hisobotlarda ifodalanadi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etish uchun ishchilar tomonidan ishlangan jami kishi-kunlari va kishi-soatlari rejasi bilan taqqoslanib ish vaqtini yo‘qotilishi va uni o‘zgarish sabablari aniqlanadi. Tahlil jarayonida ish vaqti fondidan to‘liq foydalanmaslik sabablari atroflicha o‘rganilmog‘i lozim. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etishda quyidagi ko‘rsatkichlarni qo‘shimcha aniqlash lozim.
1. Bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-kunlari.
2. Ish kuni davomiyligi.
Ishchilarning ish vaqti fondiga (IVF) quyidagi omillar ta’sir etadi: IVF = IS * KK * KD
Bu yerda:
• ishchilar sonining o‘zgarishi (IS);
• bir ishchini ishlagan kunlarining o‘zgarishi (KK);
• ish kuni davomiyligining o‘zgarishi (KD).
Ish vaqti fondi (kishi-soatlari)ning o‘zi esa quyidagi ko‘rsat-
kichlar ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.
Jami ishlangan kishi-soatlari = Ishchilar soni* Bir ishchining ishlagan kishi kunlari* Ish kuni davomiyligi
Ish vaqtidan foydalanish tahlili kalendar ish vaqti fondlarini o‘z ichiga oladi. Kalendar ish vaqti fondi o‘rganilayotgan davrdagi kunlarni ishchilarni ro‘yxat bo‘yicha soniga ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi. Kalendar ish fondidan dam olish va bayram kunlari hamda rejalashtirilgan ta’til, qo‘shimcha ta’til, kasallik kunlarini ayirish orqali reja bo‘yicha ish vaqti fondi hosil bo‘ladi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etishda jami ishchilarni ishlagan ish vaqti fond (kishi-kun, kishi-soat) lari rejalashtirilgan o‘tgan yil ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, ish vaqtidan to‘liq foydalanmaslik sabablari aniqlanadi. Ularga ma’muriyat ruxsati bilan ishchilarni boshqa ishlarga jalb etilishi, kasallik sababli, mehnat intizomiga rioya qilinmasligi tufayli ish vaqti yo‘qotilishi kiradi.
Ishchilarning ish vaqti fondi (IVF) ishchilar soni (Is), bir ishchini yil davomida ishlagan kunlari (K) va ish kuni davomiyligi (D) ni ko‘paytmalaridan hosil bo‘ladi.
IVF = I × K× D
1-T «Mehnat hisoboti» shakli ma’lumotlari asosida bir ishchini yil davomida ishlagan kunlari, ish kunining davomiyligi quyidagicha aniqlanadi.
Jami ishchilarni ishlagan kishi - kunlari K = Ishchilarni ro‘ yxat bo‘ yicha o‘ rtacha sоni Jam i ishchilarni ishlagan kishi - soatlari D = Jami ishchilarni ishlagan kishi - kunlari
1.5. Mehnat unumdorligi dinamikasi tahlili
Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich, uni oshirish – iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir. Mahsulot hajmini oshirishda mehnat unumdorligini ulushi yuqoridir. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari:
a) qiymat;
b) natura;
d) mehnat.
Unumdorlik darajasini natura shakli aniq ifodalaydi, ammo bu ko‘rsatkichni qo‘llash cheklangan. Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bu har bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir.
Bulardan tashqari ishchining bir kunlik ish unumi, ishchining bir soatlik ish unumi ko‘rsatkichlari ham mehnat unumdorligini ifodalaydi.
Tahlil etishda bu mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari o‘tgan yildagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
Mehnat unumdorligining dinamikasi ko‘p jihatdan korxonani ishlab chiqarish hajmi, xodimlar soni, ish vaqti fondi, tannarxi va hokazo ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq.
Mehnat unumdorligini tahlil etishda ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisoslashuvga ega bo‘lgan korxonalarni ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.
Mehnat resurslaridan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:
- mehnat unumdorligini o‘sish sur’ati;
- mahsulot hajmini ortishida mehnat unumdorligi o‘sishining hissasi;
- xodimlar sonini nisbiy qisqarishi;
- ish haqi fondidan nisbiy iqtisod;
- mehnat unumdorligining o‘sish sur’atini o‘rtacha ish haqi o‘sishiga nisbati.
Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari:
- qiymat, natura va mehnat
a)qiymat shakli Mu =Q/x
bunda Mu- mehnat unumdorligi (Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot);
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot solishtirma ulgurji bahoda;
X – xodimlarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni.
b) natura Q tonna, kg, m,.... Mu = Q tonna, kg, m,.... / x
v) mehnat Mu =T/Q
T - mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt (kishi-kun, kishi - soat)
Q – mahsulot miqdori (dona, kg, va h.k.)
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining qiymat shakli kamchilik-lardan xoli emas. Masalan, sarflangan xomashyo, yoqilg‘i, energiya narxlari va ta’riflari, mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar unumdorlik darajasiga ta’sir etadi.
Natura shakli mehnat unumdorligini aniq ifodalaydi, ammo bu o‘lchov birligi bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo‘llanilishi mumkin (ko‘mir qazish, elektr energiya, neftni qayta ishlash korxonalari).
Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari:
- bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;
- bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;
- ishchini bir kunlik ish unumi;
- ishchini bir soatlik ish unumi.
Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil etish uchun ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisosga ega bo‘lgan korxona ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.
Mehnat unumdorligini umumiy ko‘rsatkichi - bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir ( GVx). Bu ko‘rsatkich ishchini bir kunlik, bir soatlik ( ChV) ish unumlaridan tashqari, ishchini jami xodimlar tarkibida tutgan ulushi ( Ul), bir ishchini ishlagan kunlari ( K) va ish kuni davomiyligi ( D) ga ham bog‘liq.
Ishchini bir soatlik ish unumini ortishi, ishchilarni ish vaqtidan to‘liq unumli foydalanish bir xodimning mehnat unumdorligini oshishini ta’minlaydi, demak, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmini quyidagicha ifodalash mumkin:
GV = Ul × K × D × ChV
O‘z navbatida, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmi quyidagi omillar ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.
GV = K × D × ChV
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot ( GVx) qisqargan shaklda quyidagi omillar ko‘paytmasidan iborat: GV = Ul × GV
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o’rtacha yillik mahsulot, GVx
1.6. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha ifodalash mumkin.
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari
tarkibidagi
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan ishchilarni tutgan ulushi, (%) * Bir ishchining mahsulot
o‘rtacha yillik mahsulot = o‘rtacha yillik mahsuloti
Mehnat unumini tahlil etishda uning dinamikasi, rejasini bajarilishiga baho beriladi. Unumdorlik darajasini o‘zgarish sabablari aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.
O‘zbekistonda doimiy yashaydigan aholi soni 2012-yilning 1-
oktabr holatiga ko‘ra 29 million 874,6 ming kishiga yetdi. Yil boshidan hisoblaganda mamlakat aholisi 319,2 mingtaga, ya’ni 1,1 % ga ko‘paygan.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar aholisi 15 million 269,4 mingta, qishloqlarda yashovchi aholi soni esa 14 million 605,2 ming kishini, ya’ni mos ravishda 51,1% va 48,9%ni
tashkil qildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda eng yirik mehnat bozori, mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad manbayi hisoblanadi. Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatni bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni
jadallashtirishni ta’minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab
chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yengil, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida
qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi korxonani ish kuchi bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mehnat resurslari ishlab chiqarishga uch yoqlama ta’sir etadi.
1. Korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi.
2. Ish vaqtidan foydalanish.
3. Mehnat unumdorlik darajasi.
|