|
5-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera va uni muhofazasi reja
|
bet | 1/9 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 197,47 Kb. | | #151162 |
Bog'liq Ekologiya 5-мавзу
5-MAVZU: TABIIY RESURSLAR VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH. ATMOSFERA VA UNI MUHOFAZASI
Reja:
O’zbekiston tabiiy resusrslarning holati
Tabiiy resurslar klassifikasiyasi
Tabiatni muhofaza qilish aspectlari.
Atmosfera tarkibi.
Atmosfera tuzilmasi.
Atmosferaning floslanishi va tabiiy tozalanishi.
Atmosferaning muhofazasi.
Tayanch so’zlar: Foydali qazilmalar, rudali metallar, rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari, оzon qatlami, freonlar, chiqindilar, energetik komplekslar, tabiiy ifloslanish, suniy ifloslanish
Foydali qazilmalarga rudaliva rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari kiradi. Foydali qazilmalar insoniyat va uning xo’jaligi taraqiyoti uchun energiya va yoqilg’i manbai bо‘lib, yildan-yilga ulardan foydalanish ortib bormoqda. So’nggi 25 yil ichida dunyoda ko’mirga bo’lgan talab 2 marta, temir rudasiga 3 marotaba, neft va gazga bo’lgan talab 6 marotaba, marganes, kaliy, fosfortuzlariga talab 2-3 marotaba oshgan. Har yili 150 mlrd. tonna mineral hom ashyo qazib olinmoqda. Tabiiy jarayon oqibatida daryolar dengiz, okeanlarga har yili 15 mlrd. tonna tog’ jinslarini oqizib ketmoqda, 3-4 mlrd. tonnachiqindi gazlar atmosfera havosiga ko’tarilmoqda. Inson foydali qazilmalarni o’zlashtirishi oqibatida 1500-2000 mlrd. tonna tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga joylashtiriladi. BMT ning ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko’mir, 2.6 mlrd. tonna neft, 6 mlrd. tonna temir rudasi, 3.6 mln. tonna xrom rudasi, 7.3mln.tonna mis rudasi, 3-4mln.tonna qo’rg’oshin rudasi, 159 mln. tonna tuz, 120 mln. tonnafosfotlar, 1.2mln. tonna uran, simob, molebdan, nikel, kumush, oltin, platina rudalari qazib olinmoqda.
Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, agar qazilma boyliklaridan hozirgi sur’atda foydalanilsa, oltin 30-35, rux 36, surma 70, kaliy40, uran47, mis 66, simob70, ko’mir, neft, gaz, 150 yilda tugashi mumkin. Shu sababli ko’pgina rivojlangan mamlakatlar: Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya kabi mamlakatlarda hom ashyo, yer osti boyliklarining yetishmasligi oqibatida ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlash va boshqa mamlakatlarning boyliklaridan foydalanishlariga tо‘g’ri kelmoqda. Fan-texnika rivojlanishi, olimlarni yanada yangi mineral konlarni kashf qilishga majbur qilmoqda. Masalan, Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, okean tagidagi metall konsentrasiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil, marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin. Bu boyliklardan dunyo sanoati extiyoji uchun 1% dan 20 % gacha foydalanilmoqda. Bundan tashqari yer osti minerallari ko’p hollarda bir yoki ikki metall hisobiga qazib olinib qolgan qismi atrof muhitga tashlab yuboriladi. Masalan, 100tonna granitdan 8 tonna alyuminiy, 5 tonna rux, 0,5 tonnatitan, 80 kg. marganes, 30 kg. xrom, 17 kg, nikel, 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin. Ayniqsa, neft, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog’ kimiyoviy hom ashyolarini qazib olishda ko’plab isrofgarchilikka yо‘l qо‘yilmoqda. Dunyoda juda ko’p neft konlaridan neftning 50-60%i qazib olinib, qolgan qismi qolib ketmoqda.
Shunday qilib, hozirgi kunda yer sharining litosferasidan har yili 150 mlrd.tonna ruda qazib olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olinib qolgan 95-98%i atrof muhitga tashlanadi.
Qazilma boyliklarni qidirib topish, qayta ishlash va tashish jarayonida yer yuzasi strukturasi buziladi,hosildor maydonlar qisqaradi, o’simliklar nobud bo’ladi, tuproq eroziyasi tezlashadi, oqibatda yerlar maydoni oshadi. Hozirgi kunda dunyoda yaroqsiz yerlar 10 mln. gektarni tashkil qilsa, 2 050 yilga borib 5-6 barobar oshadi. Masalan, 1 tonna temir olish uchun 5-6 tonna ruda, 1 tonna qo’rgoshin olish uchun 60-90 t, 1 tonna rux olish uchun 80-100 tonna, 1 tn. mis olish uchun 100-140 t, 1 tonna mis olish uchun esa 60 000-80000 tonna ruda ishlatiladi. Natijada yer yuzasida millionlab tonna metallurgiya chiqindilari, issiklik elektr stansiyalaridan chiqqan ko’plab tog’ jinslari uyumlarini tо‘plangan. Hisoblarga ko’ra, so’nggi 100 yil ichida dunyoda 20 mlrd.tonna dan ortiq shpak, 3mlrd.tonna kul, 17 mln. tonna mishyak, 1 mln. tonna nikel, 1 mln. tonna kobalt va boshqa foydali elementlar chiqarib tashlangan. Zarafshon shahridagi Muruntov oltin konidan qazib olinayotgan chigitlar tashlanadigan maydon 5 200 ga maydonni tashkil qilib, hozirgi kunda bu maydon to’lgan. Ikkinchisini maydoni 6 200 gani tashkil qiladi. Chiqindining tarkibida natriy seonid 150 mg/l, temir birikmasi 9 mg/l, mis 5,5 mg/l, nikel17 mg/l, kobalt0, 25 rux 0.5 mg/l, molebdan17 mg/l, mishyak2.5 mg/l, alyuminiy25 mg/l, qo’rgoshin 3mg/l ni tashkil qiladi.
O’zbekiston zaminida mavjud boyliklarda ega davlatlar jahon xaritasida ko’p emas. Mavjud boyliklarning kо‘pchiligi hali ishga solinmagan. Bu esa butun dunyoga mashhur chet el komponiyalari va banklarining e’tiborini jalb etishi aniq. O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan faxrlanadi. Mamlakatimizda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma zahiralari va madanlar mavjud bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100ga yaqin mineralhom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral homashyo potensial 3,3 trilion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak. G’oyat muhim strategik manbalarneft va gaz kondensati, tabiiy gaz boyicha 155ta istiqbolli kon, qimmat baho metallar boyicha 40dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boyicha 40 ta, konchilikkimyo hom ashyosi boyicha 15ta kon qidirib topilgan. Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u bilan bog’liq holda qimmat baho, rangli va nodir metallar, barcha turdagi yonilg’i zaxiralari – neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, ko’pgina mineral-hom ashyo va qurilish materiallari turlarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirish respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlr. dollar miqdorida foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 mlr. dollarlik yangi zaxiralar qo’shilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, kumush, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kalsiy tuzlari, fosforitlar, kaolitlar boyicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari boyicha respublika dunyoda 4-o’rin, uni qazib olish buyicha 4-o’rin, mis zaxiralari boyicha 10-11-o’rin, uran zahirasi boyicha 7-8-o’rinda turadi.
O’zbekiston noyob yonilg’i – energetika resurslariga ega. Mamlakatimizda topilgan gaz zaxiralari 2 tln. m3 ga yaqin, ko’mir 2 mlr. tonnadan ortiq. 160dan ortiq neft koni mavjud. Neft, gaz va kondensat zahiralari o’z ehtiyojlarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga energiya manbalarini eksport qilish imkonini ham beradi. Mutaxasislarning baholashiga kо‘ra, O’zbekistonning Ustyurt, Buxoro, Xiva, Surxandaryo, Fargona mintaqalarida juda katta neft va gaz qatlamlari mavjud. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trilion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda.
O’zbekistonda ko’mir Angren, Sharg’un va Boysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zaxirasi 2 mlrd. tonna. Ko’mir bilan birga juda qimmat baho mineralhom ashyo zaxiralari: kaolinlar, ohaktoshlar, kvars quzimlar, tosh qotishmalar va kam uchraydigan boshqa elementlar ham qazib olinmoqda. Ular hozirgi ko’pgina ishlab chiqarish turlarini rivojlantirish uchun kuchli hom ashyo bazasi bo’lib hizmat qiladi. Navoiy azot kombinati o’zining zaxarli chiqindilarini (570000m3) 50 ga maydonga ega bo’lgan havzalarga tashlamoqda. Uning asosinipolimerlar 25%,rodonitlar 10% hamda qattiq aralashmalartashkil qiladi. Tarikbida sianit 50 mg/l, ammiak 150 mg/l, sul’fattuzlari 15000 mg/l, mis 2500mg/ltashkil qiladi.
Navoiy elektrokimyo zavodining chiqindisi 7,8 mln.m3.ni tashkil qilib 125 ga maydonni egallab turibdi. Uning tarkibi o’ta murakkab organik birikmalardan iboratonna Atrof muhitni toza saqlash maqsadida va tabiiy yoqilg’i resurslarini tejash borasida so’nggi yillarda vodoroddan foydalanish masalasi yuzaga keldi. Uning afzalligi shundaki, birinchidan zahirasi cheklanmagan, uni ishlab chiqarish tobora oshib bormoqda. Ikkinchidan vodorod universal yoqilg’i hisoblanib elektr ishlab chiqarishda, avtotranstport, aviatsiya, dengiz transportida suyuq, gaz holida ishlatish mumkin.
Keyingi paytlarda bioenergetikaga ham katta e’tibor berilmoqda. Bioenergetikada chorvachilik, parrandachilik, cho’chqachilik korxonalaridan chiqayotgan go’ng, ahlatxona mikroorganizmlar, bakteriyalar, chuvalchanglar yordamida chiritilib tabiiy gaz va biogumus olinadi.1 tonna quruq go’ngdan 400-600 m3 biogaz ajratib olish mumkin.O’zbekistonda har yili 19mln. tonna go’ng hosil bо‘ladi. 1 tonna quruq barg, o’simlik qoldiqlari 300-500 m3 biogaz beradi.
O’zbekiston zaminida 94 turdan ortiq mineral hom ashyolarning 850 konlari qidirib topilib, ishga tushirilgan. Aniqlangan yoqilgi energetika, tog’ rudalari va kimyo hom ashyolari, qurilish ashyolari, yer osti ichimlik suv konlarida 370 ta neft-gaz va 290 ta yer osti suv konlaridan foydalanilmoqda. Birgina Kо‘kdumaloq gaz konlarining sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan zaxirasi 143.7 mlrd/m3. Neft 54.2 mln.t, kondenit-67.4 mln.tonna
Respublikaning umumiy uglevodorod hom ashyo zaxirasi quyidagicha:gaz-1828mlrd/m3. (tahminiy hisoblar-2970 mlrd/m3), kondensat-136mln/tonna (taxminiy hisob-175 mln.t)- neft 103mln. tonna (taxminiy hisob-435 mln.t). Respublikamizning 20 dan ortiq maskanlarida toshko’mir zaxiralari yuzasidan geologik qidiruv ishlari o’tqazilgan va uning zahirasi 3500 mln. t deb taxmin qilinmoqda. Bu konlarning katta zaxirasi Angren, Sharg’un, Boysunda joylashgan.
Angren toshko’mir konining zaxirasi 1885 mln. tonna bo’lib, har yili 5 mln. tonna qazib olinmoqda. Ochiq holda qazib olish 10 mln. tonna ga teng yetkazish chora-tadbirlari ko’rilmoqda. Sharg’un, Boysun konlarining zahirasi 60 mln. tonna deb baholanadi. Farg’ona vodiysida topilgan qora ko’mir zahirasi esa 30-35mln. tonna deb taxmin qilinmoqda. Mamlakatimizda 32 tur rangli metallarning 33 ta koni ishga tushirilib, 16ta tog’ metallurgiya korxonalari faoliyat kо‘rsatmoqda. 27 ta oltin zahiralari konlaridan 16 tasida qidiruv ishlari olib borilib, 7 tasi ishlatilmoqda. Respublikamizda fosforidlarning zahirasi 100 mln. tonna deb baholanmoqda. Fosforli o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar Qozog’istondan keltirilayotgan hom ashyo hisobiga ishlamoqda. 5 dan ortiq volfram konlarida qidiruv ishlari o’tqazilib, shundan 2tasi foydalanilmoqda.
Respublika hududida 32 ta mineral shifobaxsh suv konlari aniqlangan bo’lib, shundan12 tasida shifoxona, sanatoriyalar tashkil qilingan va 9 ta zavodda qadoqlanmoqda.
Yer osti boyliklarini qazib olishda juda katta isrofgarchilikka yo’l quyilmoqda. Shorg’un ko’mir konidan olinayotgan hom ashyoning 25% iatrof-muhitga tog’ jinslari bilan chiqib ketadi. Qattiq chiqitlar 100 mln. tonna bo’lib, shundan 60 mln. tonna si fosforgips, suyuk chiqindilar, 10 mln. m3. Bu chiqindilar bir necha o’n ming ga maydonni tashkil qiladi. Har yili birgina Angren ko’mir konidan 6 mln. tonna kaolin qazib olinadi, shuning 10-15%i ishlab chiqarishga yuborilib, qolgan qismi tog’ jinslari bilan qo’shilib chiqarib tashlanmoqda.
Shifobaxsh yer osti mineral suvlarining isrofgarchiligi xanuzgacha yuqoriligicha qolmoqda. 27 ta shifo maskanlarida shifobaxsh mineral suvlaridan foydalaniladi. Shifobaxsh suvlarni isrofgarchiligi (shifoxonalarda) 50%ni tashkil qiladi, o’zi oqar quduqlarda esa 30% dan yuqoridir.
Shunday qilib, Respublikamizda tabiiy boyliklarni qo’riqlash, tejab tergash, unumli foydalanish, isrofgarchilikka chek qoyish hamda chiqindisiz texnologiyaga o’tish konsepsiyasi to’liqligicha ishlab chiqilganicha yo’q.
|
| |