|
5-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera va uni muhofazasi reja
|
bet | 8/9 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 197,47 Kb. | | #151162 |
Bog'liq Ekologiya 5-мавзуTabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar uchraydi. Ular tabiatdagi hodisalar natijasida hosil bo’ladi. Changlarning uch turi ajratiladi: mineral, organik, kosmik. Mineral changlar tog’ jinslarining emirilishi, vulqonlar otilishi, o’rmon yong’inlari, dengizlar yuzasidan suvlarning bug’lanishi kabilar natijasida kelib chiqadi. Organik changlar havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, o’simlik va hayvonlarning qoldiqlar va parchalanish mahsulotlaridir (1-ilova).
Kosmik changlar metioritlarning atmosfera qatlamidan o’tayotganda yongan qoldiqlari hisoblanadi.
Sun’iy ifloslanish. Atmosfera havosini asosan ifloslantiruvchi manbalar bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan insonning sanoat ishlab chiqarishidagi va avtotransportlarning rivojlanishidir. Havoga ko’p miqdorda karbon kislota, uglevodorodlarning oksidlari, sulfid angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga va odamlarga juda katta zarar yetkazmoqda. Bu holat ayniqsa yirik shaharlarda ko’zga tashlanadi. Atmosfera havosini ifloslanishi muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Insonning hayot faoliyati uchun eng muhim mahsulot havo hisoblanadi. Odam ovqatsiz 5 hafta, suvsiz 5 kun, havosiz 5 daqiqayashashi mumkin. Insonlar normal yashashlari uchun nafaqat havo, balki uning tozaligi ham muhim hisoblanadi. Havoning ifloslanishi odam salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan nisbiy ifloslantiruvchi moddalarning miqdori keyingi yillarda ikki martaga qisqardi, ya’ni jon boshiga 90kg ni tashkil etdi. Ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdoriga nisbatan 51,9%-SO2, 16%-NO2, 17,9%-SN lar, 8,9%-SO2, 6,1%-qattiq moddalar va 0,2% boshqa maxsus zararli moddalarga to’g’ri keladi. Shu bilan birga ba’zi bir shaharlarda ifloslanishning sanitar-gigienik normadan ortiqligi kuzatilmoqda,. Masalan Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Toshkent kabi shaharlarda changlar, Olmaliqda-SO, Olmaliq, Navoiy, Farg’ona, Marg’ilon, Termezlarda, Angren, Navoiy, Farg’onada fenol; Andijon, Navoiy, Chirchiq, Toshkentda ammiak bilan ifloslanadi.
Energetik komplekslar tomonidan 2000 - yilda atmosfera havosiga 255,5 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Uning 59% i sulfid angidrid gaziga to’g’ri keladi. Shuningdek, 40-60% gacha atmosferani dimiqishini keltirib chiqaruvchi karbonat angidrid gazi atmosferaga chiqadi. Atmosfera dimiqishi hisobiga Yerning o’rtacha harorati XXI asr boshlarida 1-1,5oC ortadi. Atmosferaning quyi qatlamlari ortiqcha isishi yirik shaharlarda yaxshi seziladi. Yillik o’rtacha haroratning qutb muzliklarini erishi, Dunyo okeanlarining satxini ko’tarilishi, ba’zi qit’alarda ayrim joylarning suv bosishi, tektonik jarayonlarning kuchayishi va iqlimning o’zgarishi kabi oqibatlar kelib chiqadi.1 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarishda havoga 6,0 tonna chiqindi chiqadi.
Qora va rangli metallurgiya sohasida atmosferaga 123,6 ming tonna chiqindi chiqarilib uning 95 ming tonnasi sulfid angidrid gaziga to’g’ri keladi. Rangli metallurgiya korxonalari og’ir metallarning aerozollari, sulfat kislota, tsianidlar va ftoridlar kabi maxsus ifloslantiruvchi moddalar chiqaradi.
Qurilish sohasidagi korxonalar tomonidan 27,6 t chiqindi chiqarilib uning ma’lum miqdori chang va is gazidan iboratonna Ohаngaron, Bekobod, Qarshi, Navoiy, Nukus kabi shaharlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba qurilish sanoati va tsement ishlab chiqarish hisoblanadi.
Kimyoviy kompleks. Kimyo sanoati xissasiga taxminan atmosferaning ifloslanishining umumiy ko’rsatkichiga nisbatan 3% to’g’ri keladi. Havoda sulfid angidrid gazi changlar, tutun kabilar bilan ifloslanishi natijasida sanoat rayonlarida nam va sokin havoda quyun hosil bo’ladi. U zaharli tumandan iborat bo’lib, odamlar hayotiga havf solishi mumkin. London shahrida aka shunday sharoitda yurak xastaligi va o’pka kasalliklarining kuchayishi tufayli 1952- yilda 4000 kishi nobud bo’lgan.
Avtotransport havoni ifloslanishida katta o’rin egallaydi. AQSHning atmosfera havosi 60% avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan ifloslanadi. Nyu-York, Los Anjeles, Tokio, Toshkent, Samarqand kabi yirik shaharlarda havoning ifloslanishi darajasi 80-90%ni tashkil etadi.
Avtomobildan chiqadigan gazlar tarkibida zararli moddalar mavjud. Atrof muhitga is gazi oltingugurt va azot birikmalari bilan birga 3,4 benzapiren va qo’rg’oshin kabi kantserogen moddalar ham ajralib chiqadi. Atmosferaga chiqadigan gazlar bilan 25-27% qo’rg’oshin chiqadi. Dunyo boyicha bugungi kunda 500 mln.dan ortiq avtomobillar harakatlanadi.
Los Anjeles shahrida havoni 2,5 mln. avtomobil, Parijda esa 900 ming avtomobil havoni zaharlaydi. Havoga ajralib chiqadigan gazlar o’simlik hayvonlar va odam salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Atmosferaning eng havfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Bu esa odam salomatligiga salbiy ta’sir etib, ularning avlodlarida turli xildagi mutatsiyalarni keltirib chiqarishi bilan havfli bo’ladi.
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod bombalarini sinovdan o’tkazish bo’lsa bundan tashqari ridioaktiv ifloslanish yadro qurollarini tayyorlashda elektrostantsiyalarining atom reaktorlari va radiaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi.
Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining freonlar bilan ifloslanishi jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan sovutgich qurilmalarida, yarim o’tkazgichlar va aerozol balonchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi. Ular qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi natijada xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada xlor va ftorlar ozon bilan o’zaro ta’sir etadi. Ozon qatlamining siyraklashishi havfli yerlarga ultrabinafsha nurlarning kirib kelishi natijasida teri raki kasalligi ortishiga sababchi bo’lmoqda.
Havoning ifloslanishi natijasida odamlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatini pasayishi, yo’tal, bosh aylanishi, ovoz boylamlarining siqilishi, o’pka, ko’z bilan bog’liq har xil kasalliklar organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi kabilar kelib chiqadi.
Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurashish juda murakkab va ko’p qirralidir. Shuningdek, katta kuch va mablag’ talab etadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo’llash lozim:
1. Xavfli moddalarni hosil bo’lishini bartaraf etuvchi mavjud texnologiyalarni takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish;
2. Yoqilg’i tarkibi apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi qurilmalar yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf etish;
3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to’g’ri joylashtirish orqali atmosferani ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarni kengaytirish (2-ilova).
O’zbekiston Respublikasida Bosh gidrometerologiya va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalari nazorat qilinadi. Bosh gidromet har sutkada atmosfera havosini zararlanish darajasini 39 aholi punktlarida kuzatib turadi. 16 turdagi gazlar (chiqindilar) va 6 turdagi og’ir metallar hamda benzapiren nazorat ostidadir. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan respublikamizning 136 aholi punktlarida sanoat korxonalarini va harakatdagi avtotransportlarni nazorat qiladi. O’zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosi haqidagi» Qonuniga binoan atmosfera havosining holati va unga tegishli ma’lumotlar yagona davlat nazorati ya’ni tabiiy muhitni nazorati tizimida olib boriladi.
|
| |