• 1-rasm
  • 5-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera va uni muhofazasi reja




    Download 197,47 Kb.
    bet5/9
    Sana03.02.2024
    Hajmi197,47 Kb.
    #151162
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ekologiya 5-мавзу

    Biomassa energiyasi. Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 80-90 foizi go’ngdan - sutchilik fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo’shilgan holda tayyorlanadi. Biogaz ishlab chiqarishda go’ng yig’ish uchun, odatda, qoramollarni fermalarda boqish talab etiladi.
    2050- yilgacha yer yuzi aholisi 9 mlrd ga yetishi mumkin. Aholi o’sishi bilan bog’liq jarayonda transportlarning yo’lda tig’izligi, yer osti yo’llarini odamlar bilan to’lishi, avtobuslarning tig’iz ketishi, ozuqa resurslarining kamayishi kabi mammolar yuzaga keladi. Aholi zichligi ortadi, oziqa topish mushkullashadi, infektsion kasalliklar tarqalishi kuchayadi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talab etiladi.1


    1-rasm
    Utaxdagi Zion Milliy xiyoboni markazi. Quyosh isitish qurilmasi

    Atmosfera havosi ko’rinmas va elementlarga to’liq bo’lib, atrof muhitning abiotik omili sifatida ahamiyatga ega. Atmosfera sayyoramizning gazsimon qobig’i hisoblanib, Yer yuzasi har hil gazlar aralashmasi va suv bug’lari, changlardan tashkil topgan. Havo o’z ichiga 78% azot, 21% kislorod, 0,94% argon, 0,03% karbonat angidrid va boshqa gazlarni oladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez jarayonini amalga oshirishda qatnashadi. Fotosintez karbonat angidrid, suv va quyosh nuri ta’sirida borib, uning mahsuloti glyukoza, kislorod va suv bug’idan iboratonna Inson faoliyati karbonat angidrid gazini atmosferaga tashlanishini orttirib yubormoqda.
    Yerning atmosfera qobig’i keyin paydo bo’lgan. Atmosfera yerning geologik tarixida yer qobig’ining tarkibiy qismlari bilan tirik organizmlar faoliyati o’rtasidagi geokimyoviy jarayonlar oqibatida litosferadan ajralib chiqqan gazsimon moddalardan tarkib topgan.
    Tabiat uchun atmosfera havosining ahamiyati juda katta. Atmosfera havosi nafas olish uchun kislorod, fotosintez uchun karbonat angidrid manbaidir. U sayyorada suv bug’larini tashuvchi hisoblanib, tirik organizmlarni kosmik nurlanishdan saqlab turadi. Havo iqlimni idora etadi, havo uchib yuruvchi organizmlar uchun muhit bo’lib, tuproq unumdorligiga ta’sir yetadi, bir qancha kimyoviy jarayonlar ro’y berishiga imkon beradi.
    Havo kishilarga kimyoviy xom ashyo beradi. Undan energiya manbai sifatida foydalaniladi. Havo kislorodi yonish jarayoniga sabab bo’ladi.
    Yer sharida kislorodsiz hayot bo’lishi mumkin emas. Kislorod quruqlikdagi o’simliklarning hayot faoliyati mahsulidir, o’simliklar fotosintez paytida suvni va karbonat angidridni yutib parchalab, atmosferaga erkin kislorod ajratib chiqaradi. Boshqa barcha tirik mavjudotlar kislorodni o’zlashtiradi xolos.
    Karbonat angidrid tirik organizmlarning nafas olishi, yoqilg’i yoqilishi, organik moddalarning chirishi va parchalanishi oqibatida atmosferaga tarqaladi.
    Atmosferadagi azot muhim biologik ahamiyatga ega. U azot to’plovchi bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari uchun ozuqa manbaidir. U boshqa o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Fiziologik nuqtai nazardan esa atmosfera bosimini ushlab turib hayot jarayonlarini amalga oshishiga imkon beradi.
    Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod bombalarini sinovdan o’tkazish bo’lsa bundan tashqari ridioaktiv ifloslanish yadro qurollarini tayyorlashda elektrostantsiyalarining atom reaktorlari va radiaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi.
    Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining freonlar bilan ifloslanishi jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan sovutgich qurilmalarida, yarim o’tkazgichlar va aerozol balonchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi. Ular qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi natijada xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada xlor va ftorlar ozon bilan o’zaro ta’sir etadi. Havoning ifloslanishi natijasida insonlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatini pasayishi, yo’tal, bosh aylanishi, ovoz boylamlarining siqilishi, o’pka, ko’z bilan bog’liq har xil kasalliklar, organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi kabi holatlar kelib chiqadi.
    Qazilma yoqilg’ilarni ishlatilishi atmosferada CO2 gazini miqdorini orttiradi va bu gaz bir qator muammolarni olib keladi. CO2 gazini miqdorini atmosferada oshishi avvalo, Yerda global isishga olib keladi. AQShdagi eng issiq iqlim Kaliforniyadagi O’lik vodiyda 1913 - yil iyul oyida kuzatilgan. Yuqori harorat 570 C ni tashkil qilgan. Rekord darajadagi eng sovuq temperatura Antarktikada kuzatilib, - 890 C ni tashkil qilgan.

    Download 197,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 197,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera va uni muhofazasi reja

    Download 197,47 Kb.