• Axborot resurslari
  • Axborot savodxonligi
  • Axborot xizmatlari
  • Media savodxonlik
  • 2-Mavzu: Medianing funksiyalari. A axborot mahsuloti




    Download 0,83 Mb.
    Sana21.11.2023
    Hajmi0,83 Mb.
    #102909
    Bog'liq
    2-mavzu glossariy


    2-Mavzu:Medianing funksiyalari.


    A
    Axborot mahsuloti – mahsulot muallifining bilimlari va tajribasini uzatish uchun tayyorlangan, bir tizimga keltirilgan axborot.
    Axborot mahsuloti - Axborot jarayonlarining moddiylashtirilgan natijasi, hujjatlashtirilgan axborot. U davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan.
    Axborot resurslari – Axborot tizimi tarkibidagi elektron shaklidagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi
    Axborot resurslari – yangi OAVning daromadli faoliyat koʼrsatishini tashkil etish va kundalik faoliyatni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur vositalar. Ular moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, reklama va inson resurslariga ajratiladi.
    Axborot savodxonligi – muammolarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, moslashtirish, yaratish, saqlash va taqdim etish uchun zarur boʻlgan kompetensiyalar (bilimlar, koʻnikmalar va qarashlar) majmui. Ushbu kompetensiyalar har qanday taʼlim doirasida, oʻquv va kasbiy muhit yoxud oʻz ustida ishlab malakasini oshirish jarayoniga taalluqlidir.
    Axborot xizmatlari - Foydalanuvchiga axborot mahsulotini yetkazish boʻyicha maʼlum shaklda amalga oshiriladigan axborot faoliyati. Subyektlar (mulkdorlar va egalar)ning foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha harakatlari. Foydalanuvchilar ixtiyoriga ularga kerakli axborot mahsulotlarini hujjatli yoki elektron shaklda taqdim etish, shuningdek, foydalanuvchilarga tegishli axborot yoki axborot mahsulotlarini axborot tarmoqlari boʻylab tarqatish.
    I
    Ijtimoiy axborot – aholi va jamiyat uchun dolzarb ahamiyatga molik, muhim boʻlgan va turli manbalardan olingan axborot.
    Ijtimoiy medialar – Internetda mavjud tarmoq va xizmatlar boʻlib, ular interfaol kommunikatsiyalar va shaxslararo munosabatlarni, foydalanuvchilar tomonidan kontent yaratish va undan birgalikda foydalanishni, taqdim etiladigan axborotga asoslangan xizmatlarni yaratishni taʼminlab beradi. Ijtimoiy medialarga Wikipediada kontentdan hamkorlikda foydalanishni, Facebookda oʻzaro ijtimoiy hamkorlikni va munozara klublarini misol sifatida keltirish mumkin.
    M
    Media savodxonlik- insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.
    Media savodxonlik — (media literacy) — media taʼlim yoki mediani oʻrganish natijasi. “Mediani qanchalik koʻp oʻrgansangiz (media yordamida), shunchalik media savodli boʻlasiz: media savodxonlik — bu tajriba oʻtkazish, sharhlash/ media matnlarni tahlil qilish va yaratish layoqati”. Media savodxonlik — “media matnlarni qabul qilish, yaratish, tahlil qilish, ularni baholash, hozirgi dunyoda medianing amal qilishiga doir ijtimoiy-madaniy va siyosiy kontekstni, mediada foydalaniladigan kodli va reprezentatsion tizimlarni tushunish boʻyicha rivojlangan layoqatga ega media savodli insonni tayyorlash jarayoni; bunday insonning jamiyatdagi hayoti fuqarolik javobgarligi bilan bogʻliq boʻladi”.
    Download 0,83 Mb.




    Download 0,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu: Medianing funksiyalari. A axborot mahsuloti

    Download 0,83 Mb.