|
19-Mavzu: Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan oʻzaro munosabati. A axborot mahsuloti
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #103121 |
Bog'liq 19-mavzu glossariy
19-Mavzu:Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan oʻzaro munosabati.
A
Axborot mahsuloti – mahsulot muallifining bilimlari va tajribasini uzatish uchun tayyorlangan, bir tizimga keltirilgan axborot.
Axborot mahsuloti - Axborot jarayonlarining moddiylashtirilgan natijasi, hujjatlashtirilgan axborot. U davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan.
Axborot xizmatlari — Foydalanuvchiga axborot mahsulotini yetkazish boʻyicha maʼlum shaklda amalga oshiriladigan axborot faoliyati. Subyektlar (mulkdorlar va egalar)ning foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha harakatlari. Foydalanuvchilar ixtiyoriga ularga kerakli axborot mahsulotlarini hujjatli yoki elektron shaklda taqdim etish, shuningdek, foydalanuvchilarga tegishli axborot yoki axborot mahsulotlarini axborot tarmoqlari boʻylab tarqatish.
Axborot xizmatining muhim vazifa - ijtimoiy fikrni oʻrganib borish va tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishdir. Shu vazifani uddalayotgan axborot xizmatlari bilangina OAV xodimlari ham hamkorlik oʻrnatishga intiladi.
M
Mahsulot – sotish uchun moʻljallangan, narx va isteʼmolchilik narxiga ega boʻlgan tovar.
MAS — insonning raqamli olamda, barcha xalqlarning ijtimoiy ishtirokini taʼminlaydigan asosiy huquqi vazifasini oʻtaydi.
Media- (lotincha – medium, yaʼni vosita, vositachi, usul) turli koʻrinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi
Media - Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni koʻp abonentlarga uzatish vositasi. Informatikada “media” soʻzi turli moddalarni – qoogʻoz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi
Media kontent— media mahsulotning mazmuni, shakli, yoʻnalishi, ifodasi.
Media madaniyat — media sohasida moddiy va intellektual qadriyatlar birligi, shuningdek, jamiyatda takror ishlab chiqarish va amal qilishning tarixan qaror topgan tizimi; auditoriyaga nisbatan “media madaniyat” va “audiovizual madaniyat” media matnni qabul qilish, baholash, tahlil qilishga, media ijod bilan shugʻullanishga, media sohasida yangi bilimlarni oʻzlashtirishga qodir inson shaxsining rivojlanishi darajasi tizimi sifatida amal qilishi mumkin.
Media matn - istalgan media turi va janridagi xabar, (gazeta maqolasi, telekoʻrsatuv, videoklip, film va boshqa.)
Media matn — media mahsulotning aniq natijasi: axborotni ifodalovchi va medianing istalgan turi va janrida bayon qilingan xabar (gazeta maqolasi,
Media va axborot savodxonligi—bir tushuncha mazmunida ikki maʼno birlashgan atama sifatida YuNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha oʻzagini bilish zarur.
Media va boshqa axborot xizmatlari — yaʼni kutubxonalar, arxivlar va internet butun dunyo insonlari uchun butun mavjud axborotning toʻliqligini hisobga olgan holda, qarorlar qabul qilishda yordam beradigan muhim vositalar sifatida tan olingan.
O
Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) — keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanish-dagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.
|
| |