• SSD flesh
  • Qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar Vinchester




    Download 180,85 Kb.
    bet1/4
    Sana01.06.2024
    Hajmi180,85 Kb.
    #259076
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Qattiq disk


    Vinchester (ing. Hard Disk — qattiq disk) — kompyuterdagi barcha dastur va maʼlumotlar saqlanadigan xotira qurilmasi.
    Qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar (QMDY) SHKlarda keng tarqalgan. Vinchester atamasi sigʻimi 16 Mbayt (IBM, 1973-yil) boʻlgan qattiq disk birinchi modelining jargoni nomidan kelib chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga egadir. Bu maʼlum boʻlgan “Vinchester” ov miltigʻini “30/30” kalibri bilan aynan mos keladi. Bu yigʻuvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar boʻlib, ular alyuminiy yoki kremniy qorishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga oʻqish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yigʻuvchilarning sigʻimi olinmaydigan konstruksiya hisobiga erishiladigan oʻta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha yetadi; ular tezkoriligi ham EMDY ga nisbatan juda yuqoridir. 1997-yildagi eng katta qiymatlar: sigʻimi 9000 Mbayt (1997-yilga sigʻim standarti — 1200 Mbayt); aylanish tezligi — 8000 ayl/min; murojaat qilish vaqti — 5 ms; transferi — 17 bayt/s. QMDY juda rang — barangdir. Disk diametri koʻpincha 3,5” (89 mm), lekin boshqalari ham bordir, xususan 5,25” (133 mm) va 1,8” (45 mm) ham bor. Diskovodning eng koʻp tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHK larda- 25 mm, mashina — serverlarda — 41 mm, ixcham SHK larda −12 mm va b. Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga boʻlinadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan koʻproq qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sigʻimini taxminan 30% oshirish imkonini beradi.
    Oʻz tarkibiga yoʻlkalarni va sektorlarni olgan disk strukturasini magnit tashuvchida tasvirlash uchun unda fizik, yoki past darajali formatlash deb ataladigan jarayon bajarilishi kerak (physical, yoki 1ow-1evel formatting) Bu jarayonni bajarish paytida nazoratchi tashuvchiga xizmatchi maʼlumotni yozadi, u sektorda disk silindrlarini belgilashni aniqlaydi va ularni nomerlaydi. Past darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib ham chiqadi. Maksimal sigʻim va qiymatlarni uzatish tezligi yigʻuvchi ishlaydigan interfeysga bogʻliqdir (diskli interfeyslar oldingi paragrafda koʻrib chiqilgan). Standart aylanish tezligi, masalan, EIDE interfeysi uchun — 3600, 4500 va 5400 ayl/min. Protsessorning disklar bilan maʼlumotlar almashish tezligini oshirish uchun QMDY ni keshlash kerak, disklar uchun kesh xotira asosiy xotira uchun keshning funktsional vazifasi kabi vazifaga egadir, yaʼni diskka yozilayotgan yoki undan oʻqilayotgan maʼlumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez harakatlanadigan xotira buferi boʻlib xizmat qiladi. Kesh-xotira diskovodga nisbatan sozlangan boʻlishi mumkin, tezkor xotirada dasturi yoʻl bilan yaratilishi ham mumkin (masalan, Microsoft Samartdrive drayveri bilan). Protsessorning disk kesh xotirasi bilan maʼlumotlarni almashish tezligi 100 Mbayt/s ga yetishi mumkin. SHKda odatda bitta, kam hollarda bir nechta qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar boʻladi. Lekin MS DOS da dastur vositalari bilan bitta fizik disk bir nechta “mantiqiy” disklarga boʻlinishi mumkin; shu bilan birga bitta yigʻuvchida bir nechta QMD imitatsiya qilinadi. Olinadigan vinchesterlar ham ishlatiladi — ularning sigʻimi odatda 1 Gbaytdan oshmaydi. Yaqin kunda SAMSUNG kompaniyasi toʻrt liniyali qattiq disklarni ishlab chiqarmoqda. Spin Point TP80, Spin Point PL 40, Spin Point V80 va Spin Point VL40. P80 va VL 40 seriyasi platin aylanish tezligi 7200 ob/min, V80 va VL40seriyasidagi disklar aylanishi 5400 ob/min. Pl40 va VL40 seriyali disklar past profelli, ularning konstruksiyasida bitta disk va bitta kallak ishlatiladi. Har xil xarakteristikali texnika va katta sigʻimli xotiraga saqlashi, koʻplab foydalanuvchilarni qondiradi. Hamma modellarda 80Gbaytli keng yozuvchi plastina qoʻllaniladi. Gidro dinamikli podshivkasi, NotseGuard va SillentDeek shovqin beruvchi firma texnologiyasi, shuningdek SSB va Impact Guord zarbalardan saqlash texnologiyasi. SP 1604N disk asosiy texnik xarakteristikalari 1 jadvalda keltirilgan. JADVAL Konstruktorlarga, disk ishini past- shovqin darajasi 27db dan oshmasligiga erishildi. Bunda kutish rejimida 27db va 1 qidirish rejimida 28 dbga erishildi. Testlar uchun firm Warc ning TM100-23 versiyasidagi disk berilgan. Yangi vinchesterning imkoniyatlarini tekshirish uchun SHK tarkibiga quyidagi konfiguratsiya testlar oʻtkazildi: Intel Pentium 1700 (400Mgs) professori; Asosiy platasi Albatron RX45
    Qattiq jismli xotira qurilmalari tomonidan raqobat
    Qattiq jismli xotira qurilmalari (SSD) o‘zining yuqori tezligi (M.2 (NGFF) NVMe turidagi qattiq jismli xotira qurilmalari uchun soniyasiga 7 gigabayt yoxud PCIe kengaytirma kartali xotira qurilmalari uchun soniyasiga 2,5 gigabayt)[1], ishonchliligi va kamroq quvvat sarfi bilan qattiq disklarni siqib chiqarmoqda. Qattiq jismli xotira qurilmalarining razryadliligi qattiq disklarga nisbatan turt-to‘qqiz marotaba yuqori[2]. 2016 yil holatiga xabar berilishicha, qattiq disklarning ishdan chiqish darajasi yiliga 2-9%ni tashkil qiladi, qattiq jismli xotira qurilmalarida esa yiliga 1-3%ni tashkil qiladi[3][4]. Biroq, qattiq jismli xotira qurilmalaridagi ma’lumotlardagi tuzatib bo‘lmas xatoliklar qattiq disklarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
    Qattiq jismli xotira qurilmalari eng katta qattiq disklarga nisbatan kattaroq hajmda xotira va/yoki yanada yuqoriroq saqlash zichligini taqdim qilmoqda (100 TB va 30 TB hajmli qattiq jismli xotira qurilmalari 2,5 dyuymli qattiq diskning korpuslariga joylashadi, lekin uning balandligi 3,5 dyuymli qattiq disklarnikidek bo‘ladi)[5][6], biroq ularning narxi balandligicha qolmoqda.

    Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so‘ng, tezkor xotira(ОЗУ)dagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda, o‘chgan ma’lumotlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’lumotlarni saqlashda, elektr energiyasiga bog‘liq bo‘lmagan, ma’lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu maqolada shu qurilmalar haqida yozmoqchiman.


    Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlani saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
    Magnitli saqlash qurilmasi.
    Optik saqlash qurilmasi.
    Elektr saqlash qurilmasi.
    Endi har bir turiga qisqacha to‘htab o‘tamiz.
    Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o‘rnatiladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi hotira qurilmasining asosi, ya’ni barcha ma’lumotlar magnit asosga ega bo‘lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar(ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar,..) foydalanishadi.
    Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:
    — Qattiq disklar(HDD).
    — Egiluvchan disklar(floppi disk).
    — Magnit lentalar.
    Qattiq diskni(vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. Hajmi ham xar hil bo‘ladi(250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb,..). Hajmi qanchalik katta bo‘lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma’lumotlarni o‘qish va yozish tezligi ham narxiga ta’sir qiladi. Bu xotira turiga yana tashqi qattiq disklar ham kiradi. Ular USB port orqali ulanadi va kompyuterdan elektr manbai oladi. Bu turi katta hajmdagi ma’lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi.
    Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu disklarga ma’lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o‘qiladi. Optik disklarni quyidagi turlari mavjud:
    — Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan disklar: CD, DVD.
    — Faqat bir marotaba yozish uchun mo‘ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.
    — Bir necha marotaba yozish uchun mo‘ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW.
    CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb atrofidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o‘qish uchun kompyuterga CD-ROM, DVD-ROMqirilmalari ulanadi. Hozirgi kunda yangi DVD disklari paydo bo‘lgan, bular Blu-ray deb nomlanadi va ular ko‘k rangdagi lazer orqali ma’lumotlarni yozadi(oddiy optik disklarga qizil rangdagi lazer ishlatiladi). Blu-ray disklarning hajmi 25 Gb dan boshlanadi.

    TASHQI XOTIRA


    Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi еslab qilish qurilmasi (TeЕQQ) judaa xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar b’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstrukciya tipi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’ycha va h.k.
    Tashuvchi : ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga еga bo’lgan moddiy ob’ektdir.
    Tashuvchining tipiga bog’liq ravishda barcha TaЕQQ larni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.
    Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). SHK da faqat strimerlar ishlatiladi.
    Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. Bevosita murojaat tushunchasi shuni bildiradiki, SHK qidirilaetgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi qaerda joylashishidan qaty nazar bevosita murojaat qilishi mumkin.
    Disklardagi yig’uvchilar xilma-xilroqdir: еgiluvchan magnit disklardagi (ЕMDY) yig’uvchilar, boshqachasiga, floppi-disklarda yoki disketalarda; qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (K,MDI) yoki vinchesterlar; almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar, ularda Bernulli еffekti ishlatiladi; floptik disklardagi yig’uvchilar, boshqachasiga floptical-yig’uvchilar; ota yuqori zichlikdagi yozuvli yig’uuvchilor boshqachasiga, VHD-yig’uvchilar; optik kompakg-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig’uvchilar; CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir marta yozish-kop marta ohbqish) optik disklardagi yig’uvchilar; magnit optik disklardagi yig’uvchilar (MODY); raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig’uvchilar va b.
    Izoh. Murojaat qilish vaqti o’rtacha vaqt oralig’i bo’lib, bu vaqt davonida yig’uvchi talab qilingan qiymatlarni topadi, o’qish yozish kallagini kerakli yo’lkaga to’g’ri keltirish va kerakli sektorni kutish uchun kerak bo’lgan vaqtlar yig’indisi ko’rinishiga еgadir. Transfer ketma-ket o’qishdagi qiymatlarni uzatish tezligi. Murojaat qilish turlari: o’qish va yozish (O’/YO), o’qish (O’), o’qish va bir martalik yozish (O’/1YO).
    SSD disklar haqida
    SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo‘lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo‘ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo‘lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo‘lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.
    Biz maqolada, qattiq diskning ko‘p tarqalgan turi SSD fleshni ko‘rib chiqamiz. SSD disklarga oddiy fleshkalar deb qarash mumkin, faqat ularning hajmi va o‘lchami kattaroq bo‘ladi.

    Download 180,85 Kb.
      1   2   3   4




    Download 180,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar Vinchester

    Download 180,85 Kb.