• Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish
  • 2. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish




    Download 103,5 Kb.
    bet1/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi103,5 Kb.
    #235624
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kombayinlarga texnik va servis xizmat ko’rsatishni amalda bajarish


    Mavzu:Kombayinlarga texnik va servis xizmat ko’rsatishni amalda bajarish
    Reja:
    1. Kombayinlar haqida umumiy malumot

    2. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish

    3. Traktor va mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish turlari va davriyligi


    4. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi


    Don oʻrish mashinalari, galla oʻrish mashinalari — boshoqli va dukkaklidon ekinlarini oʻrib, dalada qator uyum shaklida qoldiruvchi mashinalar. Oʻriladigan ekin turiga koʻra gʻallaoʻrgich, sholioʻrgich va noʻxat-oʻrgichlarga; traktorga ulanishiga koʻra tirkama va oʻrnatma xillarga boʻlinadi. Asosiy qismlari: motovilo, qirqish (oʻrish) apparati, tasmali transportyor va traktorning ketingi quvvat olish validan harakat uzatish mexanizmidan iborat. Motovilo 5 yoki 6 plankali boʻlib, gʻalla poyalarini pichoqqa, qirqilgan poyalarni esa transportyorga uzatadi. Plankalar xaskashlar (taroqsimon joylashgan chiviqlar) bilan jihozlangan. Xaskashni ekssentrikli mexanizm yordamida harakat yoʻnalishiga nisbatan old tomonga —15° yoki orqaga +15—30° qiyalantirish mumkin. Segment-barmoqli qirqish apparatining trapetsiyasimon segmentli picho-gʻini krivoship-shatunli mexanizm ilgarilanmaqaytma harakatga keltiradi. Qoʻzgʻalmas barmoqlarga qarshi qirqish plastinalari biriktiriladi. Qator uyumni shakllantirish usuliga qarab bir, ikki vauch oqimli D. oʻ. m. boʻladi. Qator uyumlarda gʻalla koʻpi bilan 7 kun yotganda poyalarning namligi kamayadi, donlari esa toʻlishib yetiladi, soʻngra don yigʻish kombaynlari bilan yigʻib olinadi. Kombayn kerakli nagruzka bilan ishlashi uchun qator uyumning 1 m uzunlikdagi vazni 2,5—4 kg boʻlishi lozim. Asosiy koʻrsatkichlar: qamrash kengligi 5 va 6 m (AQSH ning Keys 8200 D. oʻ. m.da 6,4— 10,67 m); pichoq yoʻli 76,2 mm; qirqish bal. 50—400 mm; motoviloning aylanish tezligi 32—50 ayl/min; ish tezligi 7—12 km/soat. Traktorlarga tir-kab ishlatiladi

    Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish


    Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonida dala ishlarini qisqa muddat ichida bajarish zarurligi tufayli mashinalarning ishga tayyorligi qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Mashinalarga texnik xizmati ko‘rsatish esa ularga dala ishlarini bajarish davrida mustaxkam ishlashini nazarda tutadi. Dala ishlarini bajarish jarayonida mashinalar og‘ir sharoitda ishlaydi, ya’ni chang ko‘tarilib moylash mahsulotlari eskiradi, uyilish qismlari jadalligi ortadi, mexanizm va detallarning ishlashi yomonlashadi, o‘nqir cho‘nqirlarda ishlashi natijasida dvigatel, transmissiya detallari va yurish qismlari turlicha yuklanishda ishlaydi va eyiladi. Agar mashinalarni texnik jixatdan ishga yaroqli bo‘lishiga qaratilgan choralar o‘z vaqtida va sifatli bajarilmasa yuqoridagi omillarni ta’sir etishi natijasida mashinalarning foydalanish ko‘rsatkichlari ancha pasayishi va kamchiliklarining kelib chiqishi natijasida agregatlar to‘xtab qolishi mumkin. Bu esa mahnat unumdorligiga ta’sir etadi, ish sifati kamayadi, yonilg‘i-moylash maxsulotlari sarfi ortib texnikalarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ko‘payadi [10, 11, 12, 27].
    Texnik xizmati ko‘rsatish - mashinalardan foydalanishda, foydalanishga tayyorlashda, tashish va saqlashda ularning sozligini, ish qobiliyatini texnik shayligini ta’minlash uchun bajariladigan ishlar majmuidan iborat.
    Mashinalarga texnik xizmat va ta’mirlash tizimi har bir aniq foydalanish sharoitiga qarab o‘zaro bog‘langan tadbirlar majmuidan iborat. Bu tadbirlar texnik xizmatni va ta’mirlashni tashkil etish texnologiyasini ifodalaydi, hamda normativtexnik xujjatlarda ko‘rsatilgan sifat ko‘rsatkichlarini qanoatlantirishi lozim.
    Xozirgi davrda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishning ikki tizimi:
    extiyojga va talabga muvofiq; ogohlantiruvchi-rejali texnik xizmat ko‘rsatish amalda qo‘llaniladi.
    Rejali - deb atalishining mohiyati shundan iboratki, hamma texnik xizmatlar turi ma’lum vaqtda, ya’ni reja- grafik bo‘yicha belgilangan holda o‘tkaziladi.
    Texnik xizmat tizimining «ogohlantiruvchi» deb atalishining mohiyati shundan iboratki, davriy texnik xizmatlarda bajariladigan texnologik operatsiyalar nosozliklarning vujudga kelishini, detallar eyilib sinishini oldini oladi.

    Download 103,5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 103,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish

    Download 103,5 Kb.