|
2. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish
|
bet | 5/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 103,5 Kb. | | #235624 |
Bog'liq Kombayinlarga texnik va servis xizmat ko’rsatishni amalda bajarishTraktorga o‘zgacha sharoitda texnik xizmat ko‘rsatish. Traktordan o‘zgacha sharoitlar (qumli, toshli va balchiq tuproqli joylarda, cho‘llar, past haroratli va baland tog‘li joylarda)da texnik xizmat qator qo‘shimcha talablarni bajarishni talab etadi. Bu talablar quyidagidan iborat:
CHo‘l va qumli tuproq sharoitda traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatishda; dizel yoqilg‘i va moy bilan yopiq usulda to‘diriladi;
Har uch smenada havotozalagich tagligidagi moy almashtiriladi, havotozalagichning markaziy quvuri tekshitiladi va zaruriyat bo‘lsa har bir birinchi texnik xizmatda tozalanadi;
Har uch smenadan keyin elektrolitning sathi tekshiriladi va zarur bo‘lsa akkumulyatorlarga distirlangan suv quyiladi;
TXK-1 ni o‘tkazishda dizelning moyi sifati tekshiriladi va zaruriyat bo‘lsa almashtiriladi;
TXK-2 ni o‘tkazishda yoqilg‘i sig‘imi (bak) ning qopqog‘i yuviladi;
Traktorlarga past haroratda texnik xizmat ko‘rsatishda:
atrof muhitning temperaturasi –30 oS dan past bo‘lganda dizellarda arktik yoqilg‘isi A (GOST305-85 bo‘yicha) va ishlab chiqaruvchi korxona tavsifiga muvofiq maxsus moylar qo‘llaniladi;
smena oxirida sig‘imlar yoqilg‘i bilan to‘ldiriladi;
pnevmatik tizimdagi ballonlardan kondensatlar to‘kib tashlanadi;
dizellar sovitish tizimi muzlamayligan suyuqliklar bilan to‘ldiriladi. Traktorlardan toshli joylarda foydalanganda: har kuni traktorning yurish qismi, himoyalash qurilmalari, oldingi va orqa ko‘priklarining, yon tomondagi reduktorlarning moyni to‘kish qopqoqlari holati tekshirilib turiladi; namoyon bo‘lgan nosozliklar tuzatiladi.
|
| |