|
2. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish
|
bet | 2/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 103,5 Kb. | | #235624 |
Bog'liq Kombayinlarga texnik va servis xizmat ko’rsatishni amalda bajarishXUJJATLAR. Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish konstruktorlik xujjatlari normativ-texnik xujjatlar jumlasidan bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
Texnik tavsifnoma, foydalanish bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar to‘plami, formulyar va pasport.
Texnik tavsifnomada mashinaning tuzilishi va ishlash tamoillari hamda texnik xarakteristikasi keltiriladi. Foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar to‘plamida mashinani ishlatish qoyidalari va texnik xizmatga oid ma’lumotlar beriladi. Formulyarda mashinaning parametrlari, ko‘rsatkichlari, uni ishlatilganligi va texnik holatiga oid ma’lumotlar beriladi. Pasportda mashinaning asosiy xarakteristikasi, parametrlari hamda mashina ishlab chiqarish korxonaning kafolat majburiyatlari keltiriladi.
Formulyarda va texnik xizmat ko‘rsatish oylik-reja grafigida har bir texnik xizmatning o‘tkazilish vaqti, traktorning umumiy bajargan ish hajmini, ma’sul shaxs haqida aniq ma’lumotlar yozib boriladi.
Traktor va mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish turlari va davriyligi
Qishloq xo‘jalik korxonalarida traktorlarga, mashinalarga va avtomobillarga ko‘rsatiladigan texnik xizmatlar, ularning turlari, davriyligi GOST20793-86 da belgilangan [10, 11, 12].
Barcha turdagi traktorlar uchun texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mir qilish turlari belgilangan:
CHiniqtirishda texnik xizmati ko‘rsatish (CH-TXK)
Har smenada texnik xizmati ko‘rsatish (KTXKT)
Raqamli texnik xizmati ko‘rsatishlar (TXK-1, TXK-2 TXK-3)
Mavsumiy texnik xizmati ko‘rsatish (baxorgi-yozgi ishlatish mavsumiga o‘tishda, kuzgi-qishgi ishlatish mavsumiga o‘tishda)
Alohida sharoitlarda ishlatishda texnik xizmati ko‘rsatish (qumli, toshlitog‘, balchiq joylarda, cho‘l va baland tog‘li joylarda, hamda past haroratli joylarning
hususiyatlarini e’tiborga olgan xolda o‘tkaziladi)
Mashinalarni saqlashda texnik xizmati ko‘rsatish (uzoq saqlashga tayyorlashda, uzoq saqlash jarayonida, uzoq saqlashdan olishda)
Joriy ta’mir
Asosiy ta’mir
Texnik ko‘rikdan o‘tkazish.
Traktor va mashinalarga saqlash davrida o‘tkaziladigan texnik xizmatlar (saqlashga tayyorlash, saqlash jarayonida va saqlashdan olish davrida) GOST775185 ga muvofiq amalga oshiriladi.
Traktorlarga va murakkkab texnikalarga texnik xizmati ko‘rsatish quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi:
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-JR
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-JR
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-AR
9-jadval
|
| |