• Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari
  • Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning diagnostik matritsalari
  • Qayta topshirish mavzusi: Texnik diagnostikalash turlari, usullari va vositalarini o’rganish




    Download 73,21 Kb.
    Sana04.06.2024
    Hajmi73,21 Kb.
    #260238
    Bog'liq
    Av.Tex.Eksp. qayta top. 1

    Qayta topshirish mavzusi: Texnik diagnostikalash turlari, usullari va vositalarini o’rganish.

    Bajardi: Muzaffarov A.M

    Qabul qildi: Po’latov T.R

    Rеjа: 1. Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari 2. Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning diagnostik matritsalari 3. Texnik diagnos qo’yish.

    Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari

    • Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari Ob’ektning texnik holatini aniqlashdagi masalalar quyidagilardan iborat.
    • 1) texnik diagnostika masalalari;
    • 2) texnik bashorat (prognoz) - oldindan aytib berish masalalari;
    • 3) texnik genetika – kelib chiqish masalalari.

    Agar texnik diagnostikaning vazifasi joriy vaqt ichida ob’ekt texnik holatini aniqlash, texnik prognozning vazifasi esa kelajakda kutiladigan ob’ekt texnik holatini va o‘tkaziladigan texnik ta’sir yoki diagnostika davriyligini oldindan aytib berish bo‘lsa, texnik genetikaning vazifasi ob’ektning avvalgi vaqtdagi texnik holatini aniqlashdir masalan, ob’ektning avariya oldi holati. TEXNIK DIAGNOSTIKA VA TRANSPORT VOSITALARI ISHINI OLDINDAN AYTIB BERISH 1) texnik diagnostika masalalari; 2. texnik bashorat (prognoz) - oldindan aytib berish masalalari; 3) texnik genetika – kelib chiqish masalalari

    Diagnoz qo‘yish natijasida transport vositasining navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan ishlash qobiliyati aniqlanadi, yani amalda prognoz qilish diagnostika davriyligini belgilash va yo‘l qo‘yilgan diagnostik me’yorlarni aniqlashdan iborat. Bunda bashorat qilishning asosiy vazifasi – avvaldan tanlangan mezon bo‘yicha eng yuqori samaradorlikka erishishdir. Diagnoz qo‘yishning maqbul davriyligini bilgan holda (har bir mexanizm, agregat uchun) ayrim diagnostik operatsiyalarni texnologik guruhlash va kerakli texnik xizmat ko‘rsatish turi bilan birga olib borish mumkin. Bunda texnik xizmat ko‘rsatish hajmlari o‘zgaradi va uning samaradorligi oshadi.


    Diagnoz qo‘yish davriyligi (ld)ni aniqlash asosida, xuddi texnik xizmat ko‘rsatishning davriyligi aniqlanishidek, texnik holat o‘zgarishining qonuniyatlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlar yotadi. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasida ld ni topishning quyidagi usullari mavjud:
    • 1. Buzilmasdan ishlash ehtimolligining yo‘l qo‘yilgan miqdori bo‘yicha statistik usul;
    • 2. Diagnostik parametr (S) ning yurilgan yo‘l (L) ga bog`liqligi bo‘yicha ekstrapolyasiya usuli (konkret ob’ekt uchun);
    • 3. Diagnostik parametrning majmuiy miqdorlari bo‘yicha iqtisodiy -ehtimollik usuli (ob’ektlar guruhi uchun);
    • 4. Diagnostik parametrning uzlukli (diskret) miqdorlari bo‘yicha iqtisodiy – ehtimollik usuli.

    Diagnoz qo‘yish – mexanizmning texnik holati to‘g`risida xulosa chiqarish - uning xozirgi vaqtda va navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz, transport vositasining soz ishlashi resursini prognozlash elementlarini ham o‘z ichiga oladi. Diagnoz qo‘yish texnik prognoz va texnik genetika uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    • Diagnoz qo‘yish – mexanizmning texnik holati to‘g`risida xulosa chiqarish - uning xozirgi vaqtda va navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz, transport vositasining soz ishlashi resursini prognozlash elementlarini ham o‘z ichiga oladi. Diagnoz qo‘yish texnik prognoz va texnik genetika uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    • Ob’ektning texnik holati diagnostikalash asboblari yordamida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda tashqi (qo‘zg`almas, ko‘chma), transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan va unga vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan diagnostika tizimlari mavjud.

    Qo‘zg`almas diagnostik jihozlarda asosan harakat xavfsizligini ta’minlovchi agregat va tizimlarning texnik holati, yonilg`i sarfi, g`ildiraklardagi kuchlar va h.k. aniqlanadi. Avtokorxonalarda diagnostikalash-ning umumiy D-1 va chuqurlashtirilgan D-2 usullari qo‘llanadi.

    • Qo‘zg`almas diagnostik jihozlarda asosan harakat xavfsizligini ta’minlovchi agregat va tizimlarning texnik holati, yonilg`i sarfi, g`ildiraklardagi kuchlar va h.k. aniqlanadi. Avtokorxonalarda diagnostikalash-ning umumiy D-1 va chuqurlashtirilgan D-2 usullari qo‘llanadi.
    • Umumiy diagnostikalash (D-1) 1- nchi texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi bilan o‘tkaziladi. Uning vazifasi- ikki, ketma-ket keladigan 1- TXK oralig`ida harakat xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlarni dastlabki va yakuniy diagnostikalashdir.

    Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning diagnostik matritsalari

    • Ob’ektning murakkabligi va diagnoz qo‘yishning vazifalariga bog`liq holda diagnostikalashning «chuqurligi» har xil bo‘lishi mumkin. Transport vositasi, agregat yoki mexanizmning ish qobiliyatini baholash uchun "yaroqli" va "yaroqsiz" darajasida umumiy diagnoz qo‘yiladi. Ta’mirlash – sozlash ishlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun esa aniq, konkret nosozlik topilishi kerak. Agar bitta diagnostik parametr bilan ishlansa, buning yo‘li oson: diagnostik parametrning o‘lchangan miqdori me’yoriy miqdor bilan taqqoslanadi. Murakkab mexanizmdagi nosozliklarni qidirishda bir necha diagnostik parametrlardan foydalaniladi va ish ancha murakkab kechadi.

    Download 73,21 Kb.




    Download 73,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta topshirish mavzusi: Texnik diagnostikalash turlari, usullari va vositalarini o’rganish

    Download 73,21 Kb.