4-mavzu: qiz bolalar kiyimlarini tikish texnologiyasi reja 1




Download 18.95 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2024
Hajmi18.95 Kb.
#180721
  1   2   3
Bog'liq
4-ma\'ruza
Boshqaruv fanidan A,B,S,D variantlarining kalitlari, MB topshiriq Amaliy , Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, Bultli texnologiyalar, Moliya referat, 5-ma\'ruza, 4-ma\'ruza, 9-ma\'ruza, 2-Amaliy ish10.20.30, Buxoro psixolog-WPS OfficeMehrinoz, mB28URGR4CjhMkryAjJf, Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasida-fayllar.org, Milliy iqtisodiyotni turli sohalarida blokcheyn texnologiyasidan, Bolaning ijtimoiy rivojlanishida nutq egallashning axamiyati, O‘rnatilgan tizim protsessorlari-fayllar.org

4-MAVZU: QIZ BOLALAR KIYIMLARINI TIKISH TEXNOLOGIYASI
Reja
1.Qiz bolalar ko’ylagini andazasini tayyorlash
2.Andozani gazlamaga joylashtirish va bichish
3. Qiz bolalar ko’ylagini tikish texnologiyasi

Tayanch iboralar: Gazlama, kontur, bezak beykalar, furniture.


Tavsiya etilayotgan qizlar ko’ylagi paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori temperaturaga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalar bolalar kiyimlarini tayyorlashda keng qo’llaniladi.
Bichishdan oldin paxta va ipak tolali gazlamalar namlanadi va quritiladi, lekin quritib yubormasdan, ipni bo’y yo’nalishda dazmollanadi. Bichilgan, tayyorlangan gazlamani stolga joylashtiriladi. Yakka tartibdagi kiyimlarni tikishda ko’proq gazlamani buklab o’ngi tarafini ichkariga qo’yiladi. Andozalar bu holda yarim bo’laklarni bajaradi. Gazlamani eni 60-70 sm bo’lsa yoki qiyin rasmli bo’lsa, gazlamani ochib joylashtiriladi. Bu holda andoza sifati bo’laklar soniga to’g’ri kelishi kerak. Gazlamaga andozani joylaptirilganda ipni bo’yi yo’nalishiga va gazlamadagi rasmga ahamiyat berish kerak.
Bo’y yo’nalishi andoza asosiy bo’laklarida yo’nalishni ipni bo’yiga joylashtiriladi, chunki eniga bichilsa, bo’laklar cho’zilib ketadi. Hamma andoza bo’laklarda «Bo’ylama ip» deb belgilanadi, agar ziyi kesilgan bo’lsa ip bo’yi cho’zilmaydi, shundan ip bo’yi yo’nalishini belgilaydi.
Andozani gazlamaga joylashtirish yirik bo’laklardan (ort bo’lak, old bo’lak, yeng yubka old va ort bo’lagi). Barcha mayda andaza bo’laklari yirik bo’laklarning oralig’iga joylanadi, bunda andazaning bo’ylama ip yo’nalishi gazlamaning bo’ylama ip yo’nalishi bilan mos tushishi kerak. Tayyor ko’ylak bo’laklarining andazasi gazlamaga bulakalari yordamida qadaladi. Konturlari bo’ylab o’tkir charxlangan bo’r, yoki quruq sovun bo’lagi bilan chiziladi. Bunda avval uzun chiziqlar so’ngra kalta to’g’ri va egri chiziqlar, burchaklar, belgilangan holda chiziladi. Chok uchun qo’shimcha miqdori aniqlab olingach, ikkinchi borlama chiziqlar chiziladi. So’ngra andazalar yechib olinadi. Gazlamani ikkinchi bo’rlangan chiziq bo’ylab kesiladi. Zamonaviy qiz bolalar ko’ylagi oddiy, kiyishga qulay, yengil, tez-tez yuvishga mos, dazmol qilishga qulay bo’lishi kerak. Ko’ylakni tikishda arzon matodan, arzon bezak beykalaridan, furnituralardan, to’rlardan, applikatsiyadan, kashta choklardan, turli bahyaqatorlardan foydalanilgan holda tikiladi. Ko’ylakni tikish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi.
1-bosqichda mayda bo’laklarni tayyorlab olinadi.
2-bosqichda bo’laklar yig’iladi.
1-bosqich. Mayda bo’laklarni tayyorlash, bunda old bo’lak o’rta qismiga applikatsiyani tikish, orqa bo’lak o’rta qirqimini tikish, qo’yma bo’laklarni tayyorlash, belbog’ni tayyorlashdan iborat.

Download 18.95 Kb.
  1   2   3




Download 18.95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu: qiz bolalar kiyimlarini tikish texnologiyasi reja 1

Download 18.95 Kb.