|
Tizimli dasturiy ta’minot Operasion sistema funksiyalari Dasturlash sistemasi
|
bet | 1/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 22,68 Kb. | | #120887 |
Bog'liq 9-ma\'ruza
12-MAVZU. TIZIMLI DASTURIY TA’MINOT
Reja:
Tizimli dasturiy ta’minot
Operasion sistema funksiyalari
Dasturlash sistemasi
Matematik taminot resurslari
Operasion sistemaning qo’shimcha funksiyalari
Operatsion sistema - kompyuter bilan foydalanuvchi urtasidamulokotni urnatadi, kompyuterasosiy qurilma manbalarinikushimcha qurilmalarining ishini boshqaradi.Operatsion sistema programmalari operativ xotiraga kuchiradi bu programmalarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Programma vazifasini bajarib bњlgandan sњng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
Shaxsiy kompyuterlarning operasion sistemalari yaratilish tarixi. Sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operasion sistema SR/M-80 (Control Programm for Microcomputers, ya’ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi programmalar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo’lgan.
16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g’oyasini programmalar yaratuvchi Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan. IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
Bill Geyts va Pol Allen BASIC programmalash tili uchun tarjimon programma yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so’ng 16 razryadli kompyuterlar uchun operasion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981 yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operasion sistemasining ko’p g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk Operation System - Maykrosoft diskli opreasion sistemasi) operasion sistemasi 1.08.1981 yil avgust oyida paydo bo’ldi.
MS DOS 64 K bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lib, o’zi 8 K bayt xotirani egallar edi. O’sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o’yinchoqqa» aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi birnecha Gegabaytlarga tenglashdi.
Turli mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom etirib, uning MS DOS 1.1, MS DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 versiyalarini taklif etishdi va nihoyat, 1984 yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga asoslangan, 5.25 dyuymli diskovodda ishlashga, mo’ljallangan operasion sistema yaratildi. 1986 yilda Compaq Computer firmasi 80386 mikroprotsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi.
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan PC/2 (Personal system - shaxsiy sistema) kompyuterini yaratdi.
Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy bir necha Gegabayt xotiraga ega bo’lishi mumkin edi. Ammo MS DOS esa 640K bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS sistemasini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987 yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, ya’ni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir nechta masalalar yechishga qodir bo’lgan OS/2 operasion sistemasi ishlab chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o’sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari ko’pchilikni qoniqtirar edi. Hozirda biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux operasion sistemalaridan keng foydalangan bo’lsakda MS Dos o’z ko’chini yuqotdi deyaolmaymiz.
MS DOS va uning qobiq programmasi hisoblangan Norton Commander sistemalari turli klavishlar va menyular iborat komandalar bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay amallarni tez bajaradi.
Operasion sistema funksiyalari. Agar operasion sistema (OS) tushunchasini qisqacha izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Fizik resurslar bu:
- xotira,
- vinchester,
- monitor,
- tashqi qurilmalar,
- va shu kabilar kiradi.
Dasturiy resurslar bu:
- kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar,
- kompyuter ishlashini taminlaydigan boshqaruvchi dasturlar,
- berilganlarni taxlil qiluvchi dasturlar,
- drayverlar,
- virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar,
- va shu kabilardir.
Dasturlash sistemasi-dasturlash tillari va ularga mos til prosessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni taminlovchi dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OS boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter resurslari OS boshqaruvi ostida bo’ladi. OS ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilish.
OS quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:
|
| |