|
Tizimli dasturiy ta’minot Operasion sistema funksiyalari Dasturlash sistemasi
|
bet | 7/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 22,68 Kb. | | #120887 |
Bog'liq 9-ma\'ruza Prosessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt prosessor va kutish vaqti majmuasidan iborat bo’ladi. Prosessor vaqti bevosita foydalanuvchi dasturiga ishlov beradigan vaqt bilan aniqlanadi. +o’shimcha vaqt bu OS resurslariga murojaat va uni bo’shashini kutish, muloqat, prosessorga bog’liq bo’lmagan boshqa resurslarni ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi dasturiga ketgan umumiy vaqtga nisbatan prosessor vaqti salmog’i har doim kam bo’ladi.
Xotirani boshqarish - OS tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida bajariladi. Xotira ishchi dastur bilan yuklanganda sistema uchun qabul qilingan hajmdagi xotira ajratiladi yoki bo’lmasa topshiriqlar tilida ko’rsatilgandek joy ajratiladi. Shuni aytish kerakki OS asosini tashkil qiluvchi dasturlar xotirada doim saqlanib turadi uning uchun xotirada maxsus joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish OS himoya dasturi yordamida himoyalangan.
Dasturiy resurslar bevosita OS ishini ta’minlaydigan va foydalanuvchi ishlatadigan( yordamchi) dasturlar majmuasidan iborat bo’ladi. Yordamchi dasturlar xajmi foydalanuvchi ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Bu holda yordamchi dasturlar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi deyish notug’ri, chunki dastur qancha ko’p bo’lsa ularni saqlash, qidirish va ishga tushirish shunchalik murakkab bo’ladi. Shu sababli aktiv holatda zaruriy dastur resurslarini saqlab zarur bo’lmagan resurslarni esa arxiv holatda saqlash va kerak bo’lgan holda ularni tiklash tafsiya qilinadi.
Nazorat va boshqaruv. OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan birga uni nazorat qiluvchi dastur mavjud bo’ladi. Bu dastur prosessorga topshirilgan vazifani qay darajada bajarayotganligi va to’liqligini taxlil qiladi. Har bir boshqaruv bajarilgandan so’ng holat kodi nazorat dasturiga qaytariladi va dastur uni taxlil qilib berilgan topshiriq qay darajada bajarilganligi haqida xulosa qiladi va ma’lumot boshqaruv dasturiga uzatiladi.
Bog’lanish. OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir biri bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’lanishlar tashqi va ichki bo’ladi. Tashqi bog’lanish bevosita OS boshqarish dasturi bilan bog’lansa, ichki bog’lanish real bajarilayotgan dasturlarning ishini ta’minlash uchun yordamchi dastur bo’ladi.
Bundan tashqari hodisa bog’lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Ya’ni bu holda har bir hodisa bajarilish sharti taxlil qilinadi va biron-bir hodisa bajarilishi uchun albatta ma’lum hodisa bajarilishi talab qilinadi.
OS da yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari yana quyidagi yordamchi dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilarni bajaradi:
- qurilmalarning parallel ishlashini ta’minlash;
- dasturlarga parallel xizmat qilish;
- umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish;
- sinxron jarayonga xizmat;
- kritik resurslarni aniqlash;
- lokal va umumiy berilganlarni aniqlash va boshqarish;
- va h.k.z.
|
| |