|
-Jadval
Dunyo mamlakatlari bo’yicha maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishning nisbiy ko’rsatkichi, %
|
bet | 3/9 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 197,47 Kb. | | #151162 |
Bog'liq Ekologiya 5-мавзу1-Jadval
Dunyo mamlakatlari bo’yicha maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishning nisbiy ko’rsatkichi, %
Mamlakatlar
|
Kuydirish
|
Chiqindixonaga
chiqarish
|
Kompostlash
|
Boshqalar
|
Shveysariya
|
80
|
18
|
2
|
-
|
Yaponiya
|
72
|
24.5
|
1.5
|
2
|
Shvetsiya
|
56
|
34
|
9.9
|
0.1
|
Belgiya
|
47
|
44
|
9
|
-
|
Niderlandiya
|
40
|
44
|
15
|
1
|
Fransiya
|
36
|
47
|
8
|
9
|
Daniya
|
32
|
64
|
4
|
-
|
Germaniya
|
28
|
69
|
2
|
1
|
Italiya
|
18.5
|
35
|
5.5
|
41
|
AQSH
|
8
|
82
|
-
|
10
|
Kanada
|
6
|
93
|
-
|
1
|
Ispaniya
|
5
|
76
|
19
|
-
|
Buyuk Britaniya
|
2
|
2
|
98
|
-
|
Rossiya va MDH
|
5
|
95
|
-
|
-
|
Qayta tiklanadigan resurslar
Quyosh bitmas tuganmas resurs, yeryuzini harorat va yorug’lik bilan ta’minlaydi, yomg’ir ko’llar va jilg’alarni suv bilan to’ldiradi. Quyosh nuri ta’sirida o’simliklar fotosintez jarayonini amalga oshiradi va havoga kislorodni qo’shadi. Quyosh nuri, suv va havo qayta tiklanadigan resurslardir.
Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan bo’lib, ularni siz devorni boyashda yoki avtomashina bilan sayohat qilishda foydalanasiz. Plastiklar, boyoqlar va benzin qimmatbaho qayta tiklanmaydigan resusrlar bo’lmish neft yoki moydan ishlab chiqariladi. Neft mikroskopik dengiz organizmlarining qoldiqlarini yuz millionlab yil davomida maydalanibchirishi natijasida hosil bo’ladi. Temir,mis, oltin, kumush va uran singari boyliklar metallardir.
Qattiq yoqilg’ilar. Ko’mir, neft, tabiiy gaz energiya manbai bo’lib, tiklanmaydigan resurslardir. Qattiq yoqilg’ilar yuz millionlab yillar davomida paydo bo’lgan. Mashinalar, avtobuslar, poezdlar va samolyotlar uchun ishlatiladigan benzin, dizelyoqilg’isi va raketa yoqilg’isi neftdan olinadi. Ko’mir ko’pgina qudratli zavodlarda elektr ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy gaz isitish va dvigatelni harakatga keltirish uchun va ba’zan transport yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Qattiq yoqilg’ilarni hozirgi kunda tejash kelajak avlod uchun zahira sifatida qoldirishimiz uchun muhim hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan. Qattiq yoqilg’ilarning meyordan ortiq yoqilishi natijasida chiqindi gazlar atmosferaga ko’tarilib, uni ifloslanishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimni buzilishiga olib keladi. Qattiq yoqilg’ilarni o’rniga boshqa energiya manbalarini ishlatish muhim ekanligi ko’pchilik tomonidan ma’qullanmoqda.
Qazilma yoqilg’ilari aloqalari. Deyarli har kuni dunyodagi barcha odamlar qazilma boyliklaridan bevosita foydalanib kelishadi. Chunki, qazilma boyliklar qayta tiklanmaydi va yerda uning ta’minoti cheklangan. Kelajakda uning narxi qimmat bolib ketishi va topilishi ham qiyinlashib ketishi mumkin. Yoqilg’idan foydalanish atrof –muhitning eng dolzarb muammosidan biridir. Masalan: tog’-kon ko’miri ekotizimni buzadigan yoqilg’i bo’lsada, biz uni qazib olishga ehtiyoj sezamiz. Qazilma yoqilgilarini yoqish havoni zararlaydi, tarkibida smog va kislota bo’lgan zaharli gazlarni keltirib chiqaradi. Shu sababdan ko’pgina olimlar yoqilg’iyoqishni kamaytirishni va energiyaning boshqa manbalarini topishni taklif qilishadi, biz yoqilg’idan foydalanishni kamaytirishning boshqa oddiy choralarini ham ko’rishimiz mumkin. Xonadan chiqayotganda chiroqlarni o’chirish, televizorni ko’rmayotgan vaqtda o’chirish kabilardir. Bu tadbirlar bilan siz yoqilg’i yoqish orqali energiya ishlab chiqaradigan elektr stansiyalaridan foydalanishni kamaytirgan bo’lasiz. AQShda millionlab mashinalar undan foydalanadilar. Yoqilgidan foydalanishni kamaytirishning yaxshi tomoni- velosipeddan foydalanishdir.
|
| |