5-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera va uni muhofazasi reja




Download 197,47 Kb.
bet2/9
Sana03.02.2024
Hajmi197,47 Kb.
#151162
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologiya 5-мавзу

Chiqindilar muammosi


Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog’da, dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obektlari chiqindilarni hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.
Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta o’lchamli axlatlar yig’ilmoqda-ki, ular o’z vaqtida va to’g’ri olib chiqilmasa hamda zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin.
Qattiq maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda to’planib qolishi, changlarning hosil bo’lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga olib keladi. Bir qator mamlakatlarda chiqindilarni utilizatsiya qilish, ya’ni kuydirish, poligonlarga ko’mish yoki yig’ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi (1-jadval).
O’zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bo’ladi, ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv rudalarni qazib olish o’tgan asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish maydonlari paydo bo’ldi. O’zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan Qirg’iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg’oqlari bo’ylab joylashgan umumiy hajmi 2,5 million m3 bo’lgan radioaktiv chiqindilar ko’milgan 23 ta ombor va 13 ta balanslangan rudalar to’plamlari mintaqaviy ekologik falokat yuzaga kelishida katta xavfdir. Sel kelishi va yer ko’chishi hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-Su, Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishiyashaydigan 300 km2 maydondagi O’zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib keladi. Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar o’zidan radioaktiv nur chiqaradigan elementlarning izotoplari hisoblanadi. Hozirgi paytda Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari davom etmoqda.
Chiqindilar hosil bo’ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini “Chiqindilar to’g’risida” gi (2002-yil) qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi amalga oshiradi.

Download 197,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 197,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera va uni muhofazasi reja

Download 197,47 Kb.