|
Mavzu: Informatika fanlarini o'qitishda multimediyali texnologiyalar
|
Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 16,67 Kb. | | #147614 |
Bog'liq Mavzu Informatika fanlarini o\'qitishda multimediyali texnologiy-fayllar.org
Mavzu: Informatika fanlarini o'qitishda multimediyali texnologiyalar
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Ma’ruza - 8
Mavzu:Informatika fanlarini o'qitishda multimediyali texnologiyalar
Reja:
Multimedia texnologiyasining qo‘llanish soxalari
Ta’limda AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatlari
Ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan multimediali texnologiyalari
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Multimedia texnologiyalari informatikaning dolzarb(perspektivniy) va mashxur yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Multimedia-texnologiyalarining asosiy maqsadi - tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar (Simulation) bilan ta’minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o‘z ichiga interaktiv interfeys va va boshqa boshqarish mexanizmlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Yuqoridagi tushuncha 1988 yilda Yangi texnologiyalarni amaliyotda tatbiq etish (vnedreniye) va ulardan foydalanish muammolari bilan shug‘ullanadigan yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan shakllantirilgan.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush "MEMEX" nomli xotirani tashkil kilish konsepsiyasini taklif kilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlaninishinig g‘oyaviy sababi bo‘ldi. Bu g‘oyaga ko‘ra, axborot qidirish jarayoni formal belgilar, ya’ni nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo‘yicha emas, balki axborotning mazmuniga qarab amalga oshiriladi. Bu g‘oyalar keyinchalik kompyuterda amalga oshirilganda gipermatn tizimlari, ya’ni matnli ma’lumotlar kombinatsiyalari bilan ishlash tizimini paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik esa gipermedia tizimlari,(ya’ni grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash sistemasi) rivojlanishiga sababchi bo‘ldi.
Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo‘nalishining kelib chiqishiga olib keldi. Shunday qilib multimedia o‘z ichiga gipermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan fan.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
80yillar oxirida multimedia texnologiyalariga qiziqish mashxur amerikalik kompyuter mutaxassisi biznesmen Bill Geytsning nomi bilan bog‘liq.
U("National Art Gallery. London") nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimedia dasturida muzeyning ma’lumot omborlaridan foydalanilgan.
Bunda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn tizimi namoyon qilingan.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Aynan mana shu multimedia dasturi o‘z ichiga multimedianing uchta asosiy prinsipini qamrab olgan. 1.Axborotni odam qabul qila oladigan bir nechta muhit yordamida tasvirlash. (multi –ko‘p, va media - muhit); 2.Foydalanuvchi tomonidan “mustaqil qidiruv” asosida dastur chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o‘zining mustaqil usullarini qo‘llash; 3.Navigatsiya vositalari va interfeys dizaynidan foydalanish.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari
va xususiyatlariga quyidagilar tegishli:
1.Bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma’lumotlarni saqlash imkoniyati ( 20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan xam ko‘p yuqori sifatli tasvirlar, 30 – 45 minutli videoyozuvlar, 7 soatga teng tovush ma’lumotlari); 2.Ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. (rejim "lupa"). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san’at asarlarini prezentatsiya qilganda foydalanish mumkin; 3.Tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
matnlar yoki turli ko‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bo‘lish (gipermedia va gipermatn texnologiyasi);
uzluksiz musiqali yoki boshqa audio imkoniyatlariga ega bo‘lish;
film va videotasmalardagi videofragmentlardan va "stop-kadr" effektlaridan foydalanish;
ma’lumotlar omborini disk mundarijasiga kiritish, obrazlarning qayta ishlash usullari va animatsiya imkoniyatlari;
Internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyati;
turli matn, grafika va tovush muharrirlari va kartografik ma’lumotlari bilan ishlash imkoniyatlari;
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
avtomatik ravishda dasturiy mahsulotning butun mundarijasini ko‘rib chiqish ("slayd-shou") yoki animatsiya va tovush bilan ta’minlangan «yo‘lboshlovchi», ya’ni «gid»ni yaratish;
“erkin” navigatsiya yordamida asosiy menyuga, to‘liq mundarijaga yoki dasturning istagan joyiga chiqish.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Multimedia tizimilarining asosiy tushunchalari Multimedia — bu kompyuter texnologiyalarining shunday sohasiki, u turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). Multimedia (multimedia — ko‘pmuhitlik) vositalari bu - foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo‘ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig‘indisi.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Multimedia foydalanuvchiga interaktiv tizimida, ya’ni odam shaxsan o‘zi tovush va videoobraz yordamida dasturlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Virtualnaya realnost-Virtual borliq tushunchasini Jaron Lanier (Lane) taklif etgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog‘liq. Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz qilishini tushunish lozim. Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi ob’ektlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Virtual borliq tizimi deganda –
biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni deb qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko‘pmodallikga, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo‘lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan katta xajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o‘rnatiladigan shlem va ko‘zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo‘lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi. Yuqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Shunday qilib multimedia vositalariga quyidagilar tegishli:
audio (nutqli) va videokiritish va axborotni chiqarish qurilmalari;
yuqorisifatli tovush(sound) va video (video-) platalar;
videomagnitofon yoki videokameradan tasvirni o‘qiydigan va o‘sha ma’lumotlarni kompyuterga kiritadigan platalar (video grabber);
yuqorisifatli akustik va (videovosproizvodyashiye) tasvirni qayta tiklaydigan tizimlar. Bu tizimlar usilitel, tovushli kolonkalar, katta hajmli videoekranlar bilan ta’minlangan bo‘ladi;
skanerlar (chunki ular avtomatik ravishda kompyuterga pechatlangan matn va rasmlarni kiritish imkoniga ega;
yuqorisifatli printer va plotterlar.
Multimedia vositalariga katta xajmga ega bo‘lgan optik va raqamli videodisklar ham tegishli. Ular tovushli va tasvirli ma’lumotlarni yozish uchun ishlatila - di.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Multimedia texnologiyasining qo‘llanish soxalari.
Multimediani asosiy ishlatiladigan sohalaridan biri - ta’lim tizimi. Bularga videoensiklopediyalar, intepaktiv yo‘lboshlovchilar, trenajyorlar, vaziyatni boshqaruvchi o‘yinlar kiradi.
Multimedia platasi o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterlar amalda deyarli hamma soha bo‘yicha universal o‘qituvchi va axbarot vositalariga aylanadilar.
Buning uchun shu soha bo‘yicha CD –ROMdan o‘qiladigan darslik disklar bo‘lishi yetarlikdir.
Multimedia tibbiyot sohasida juda keng qo‘llaniladi: bilimlar ombori, operatsiya o‘tkazish usullari, dorilar kataloglari shu jumladandir.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Ta’limda AKT vositalaridan keng foydalanish davrimizning dolzarb vazifalari qatoriga kiritilgan. Shu vazifalarni amalga oshirishda AKTga oid bilim va malakalar doirasini kengaytirish bilan birga, axborot-resurslarini ham son jihatidan ko‘paytirish, ham sifatini ko‘tarish, ya’ni mazmunan boyitish muhim o‘rin tutadi.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan va multimedia-texnologiyalaridan foydalanishda asos bo‘lgan elektron axborot-resurslarining keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:
• axborot-izlash va ma’lumotlar jamlangan multimedia-tizimlari;
• amaliy multimedia-ensiklopediyalari;
• o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash multimedia-vositalari;
• elektron trenajyorlar;
• matematik va imitatsion modellashtirish uchun multimedia-vositalari;
• olisdagi va virtual laboratoriyalar multimedia-vositalari;
• avtomatlashtirilgan ta’limiy tizimlar;
• elektron multimedia-darsliklari;
• ekspert ta’lim tizimlari;
• intellektual ta’lim tizimlari.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Yuqorida sanab o‘tilganlar multimedia-resurslari asosiy guruhlarining barcha imkoniyatlari ta’rifini belgilaydi. Shu bilan birga, multimedia-resurslarining har bir standart turi quyidagi ta’riflarga ham muvofiq keladi. Axborotli-izlash va ma’lumotnomali multimedia-tizimlari pedagog-o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda otaonalar uchun taqdim etiladigan axborotlarni kiritish, saqlash, izlash hamda foydalanishga mo‘ljallangan. Shunday tizimlar qatoriga u yoki bu belgisiga ko‘ra materialni tashkil etish multimediali-axborotni tezkor izlashni ta’minlovchi turli gipermedia dasturlarini kiritish mumkin. Turli-tuman ma’lumotlar bazalari ham keng tarqalgan.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari multimediali-axborotni tezkor izlash va tahlil qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazalari ta’lim jarayonida o‘quv material mazmunining taqdimoti va tahlilini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin. Zamonaviy ta’lim jarayonida zarur axborotni izlash va tahlil etish maqsadida, mustaqil ishni amalga oshirish uchun mos keluvchi ixtisoslashgan o‘quv ma’lumotlar bazalariga ehtiyoj sezilmoqda. O‘qitish tizimining zamonaviy variativ tizimi ta’limning turli sharoitlariga moslashuvning imkoniyatlarini ta’minlovchi har bir mavzu yoki tushuncha uchun mo‘ljallangan, multimedia-ensiklopediyalariga ehtiyoj sezmoqda.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Modullar turli o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar guruhiga yo‘naltirilganligi va metodik xususiyatlari, materialni batafsil, turli misollar ilovalarida bayon etish uslubi va boshqalar bilan farq qiladi. Ensiklopediyalarning takomillashuvi modullarni ishlab chiqish, yangilarini qo‘shish, eskirgan materialni to‘g‘rilash yoki o‘chirish, boshqaruv tizimining rivojiga tayanadi. Bunda nafaqat oldindan belgilangan mualliflar guruhi yoki mazkur fan sohasi mutaxassislari, balki multimedia-resurslari versiyalarini yarata oluvchi pedagoglar ham ishtirok etishlari mumkin. Ensiklopediyalar doirasi amaliyotida ma’lum bir pedagoglar shaxsiy kompyuterlarida shunday kengaytirish ishlari lokal amalga oshadi hamda telekommunikatsiya vositalari yordamida bevosita ensiklopediya nashrlari qatoridan o‘rin olishi mumkin.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Ta’limda multimedia-resurslariga talablar tizimi o‘qituvchilarning individual nazorat ishlarini tekshirishdagi mashaqqatli ishlarini yengillatadi. Bu davlat ta’lim standartlari talablariga ko‘ra ommaviy tayyorlash sharoitlarida juda dolzarb hisoblanadi. Bilimlarning ko‘p marotaba qayta nazorati, jumladan, o‘z-o‘zini nazorat, o‘quv materialini mustahkam o‘zlashtirishda rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi. Elektron trenajyorlar amaliy bilim va malakalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bunday multimedia-resurslari o‘quv jarayonida turli noqulay sharoitlarda murakkab amallarni bajarishda foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, elektron trenajyorlardan turli vazifalarni bajarishda ko‘nikma va malakalarni qayta ishlashda foydalaniladi. Bu holda nazariya, turli mustaqil mashqlar, nazorat hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha axborot olishni ta’minlaydi.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari nisbatan ixcham hajmli ta’limiy multimediaresurslarini namoyon etadi. Bunday multimedia-resurslari nazariy materiallar bilan tanishish, bilimlarni mashq qilish va nazoratini ta’minlaydi. Elektron multimediadarsliklar qatorida multimedia-ensiklopediyalar asosiy ta’limiy multimedia-resurslari hisoblanadi. Elektron-darsliklar yuqori darajada ilmiy va metodik asosda yaratilishi kerak hamda fan sohasida ta’lim standartlariga muvofiq bo‘lishi shart. Bundan tashqari, multimedia-darsliklari interaktiv qayta aloqa sharoitlarida o‘qish jarayoni didaktik siklining uzluksizligi, to‘liqligini ta’minlashi shart.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Ta’lim jarayonida an’anaviy «qog‘oz»li darslik o‘rniga elektron nusxasidan foydalanish amaliyoti ta’lim samaradorligini oshirishi bilan, ba’zan oddiy qog‘ozli darslik afzalliklarini ham yaqqol ko‘rsatmoqda. Shu sababli multimedia-darsliklariga asosiy talablardan biri sifatida o‘quv jarayonidagi talab va ehtiyojga ko‘ra ta’lim jarayoni talabiga asosan ilgari suriluvchi, darslikning «qog‘oz» variantining (mazmunining) bunday darslik tahriri multimedia-darsliklari didaktik xususiyatlariga putur yetishi mumkin. Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga multimedia-resurslarining kirib borishi bilan multimedia-resurslarining ishiga taalluqli sifatli hujjatlashtirishga talab o‘sib bormoqda.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalash 8 – ma’ruza
Multimedia-resurslarining to‘g‘riligini, metodik ko‘rsatmalarning batavsilligi va to‘liqligini hamda foydalanishga yo‘riqnoma asoslovchi hujjatlarni rasmiylashtirishga talablar yuzaga keladi. Multimedia-resurslarini yaratish va ulardan foydalanish ishlab chiquvchilar, buyurtmachilar, pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida interfeysni, shuningdek, multimedia-resurslari funksiyasini o‘zlashtirish hamda takomillashtirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida multimedia-resurslarining ma’lumotlari qulay bo‘lib, ulardan va qismlaridan qayta-qayta foydalanish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, ta’limda multimediali axborot-resurslaridan foydalanishda ularning eng samarali vosita va ta’lim mazmunini boyituvchi omil ekanligi yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda
http://fayllar.org
|
| |