MULTIMEDIA VOSITALARI
Multimedia vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit:
tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan
muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning
ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original
(nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir
dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks
ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor,
videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter
boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio
axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez
harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va
video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish
kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida
foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash
yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni
yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar
boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar
bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning
dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining
fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning
mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi yo’nalishlari
bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz xordiq, chiqarmaydigan
bo’lib koldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil
qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil kildi. X,ozirgi kunda esa sotilayotgan
har bir komp'yuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-
yillarda ta'lim soxasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular
unumdorligining nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia
' vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yo’tish mumkin.
Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan
bilimlar esa xotirada o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni
ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga
qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda
berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida
chet tillarini o’rganish jarayenida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda
qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi,
Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta tajribaga
egadirlar.Biz
bunga,
ushbu
tashkilotlar
tomonidan
tashkil
qilingan
seminar
va
konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik. Avvalombor, o’quv
jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish taxsinga sazovordir.
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan o’quv
materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab
chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa,
kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi
kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir
miqdordagi mablag’ni oldindan jalb etishni talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga ta'lim
berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali
mutaxassislarni kamol toptiradi.
Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan
yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'lim
berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining ma'lum bir masofada joylashganligi, o’qituvchini
dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv
ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib
borishi, ayniqsa, axborotlarni o’zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga
o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini va biznes
bilan shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o’qitish jarayonini
va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.
Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko’rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o’qitish, jugrofiy jihatdan o’zoqda joylashgan
maktablar va akademik ta'lim uchun mo’ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborbtlar va
telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya jarayonini o’zoq
masofadan turib amalga oshirishga yo’l ochib berdi. Natijada distant uslubi asosida o’qitish, tez
vaqt ichida ko’pgina maktablarda, tijoratchilar ichida va ishlab chiqarish korxonalarida keng
qo’llanila boshladi va o’qitishda yangi uslublarni qo’llashga yana bir turtki bo’ldi. Distant uslubi
asosida o’qitishning Xalqaro kengashining tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, xozirgi kunda jahonda
10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSH da shu uslub asosida
o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib, ular milliy kadrlarni
zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga qadam qo’yishmoqda.
Distant uslubining qo’yidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o’qitishning ijodiy muxiti. Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi ilm tolibini
o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan distant metodi asosida
esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan ma'lumotlarni
qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida
almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta'minlaydi va o’z
o’rnida bunday mexnat ta'lim olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta'lim berish -
boshlangich, o’rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari
mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin.
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta'lim berish turi millionlab
insonlarga, hammadan xam ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim olayotganlar uchun qulay
sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta ro’l
o’ynamoqda, ya'ni jug’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm
opishi mumkindir.
g) o’qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni
ko’rsatmokdaki, distant uslubi asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish kabi
unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta'lim olish universitet tomonidan qo’yilgan
chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta'lim olayotgan talabalar yoki
o’quvchilarning boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar
bilan ta'minlanishidir. Ta'lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi
auditoriyada o’qitish shartlaridan xoli bo’lishi kerakdir. Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv
qoidalaridan kelib chiqsak, soliq, inspektorlari INTERNET turi orqali jaxon bo’yicha sayyohat
qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ta'lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham
o’zgarishi shartdir.
Xozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri INTERNET tarmog’ig’a kirish xizmati distant uslubi
asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalari va ma'lumotlarning
elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia
tizimini berib, u o’z ichida INTERNET tarmog’iga kirishning uchta asosiy xizmatini
mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga
yordam beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va multimedia
kompyuterlarining mavjudligi INTERNET tarmog’i orqali video-konferensiyalarni yulga
qo’yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq o’quvchilarning
distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga
qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga
aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo’lishi,
shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta'sir ko’rsatadi.
Multimedik tizimlarni ko’rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash
kuvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun kushimcha apparatli qo’llab-kuvvatlash
analogli audio va videosignallarni rakamli ekvivalentga kushish va uning teskarisi uchun zarur
bo’lgan analogli-rakamli (ARU) va rakamli-analogli o’zgartirgich (RAU) videoprotsessorlar,
dekoderlar maxsus integral chizmalar va boshqalar ham zarur..
Odatda, yuqorida kursatilgan kushimcha apparatli vositalar kompyugerlarning video va
audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar ko’rinishida shakllanadi:
Ko’chmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TARGA platasi;
- xarakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish uchun Video Blaster, Video Spigot,
Intel Smart, Video Recorder platalari;
- Microsoft firmasining Sound Blaster, Sound Galaxy Sound for Windows audioplatalari.
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma'lumotlarning katta hajmi va ularni
o’zatishning yuqori tezligi bilan bog’lik, ko’plab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-video
axborotning sungi texnologiyalarini rivojlantirish va katta sig’imdagi jamgaruvchilarning yangi
namunalarini yaratishning boshlanishi bo’ladi. Masalan, 650 Mb sig’imli va 150 kb/s hisoblash
tezligidagi CD-ROM optik kompakt diski shu jumladandir.
Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar tak-dimnomasi ilk marta 1987 yili
Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD - ROM Sopfegense) bo’lib o’tdi va bu sana video
va audioaxborotli to’laqonli multimedianing paydo bo’lishi boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi (Compact Disk
Interactive - interaktiv videodisklar) bo’ladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-murvatni
boshqarish yo’li bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi.
Bu texnologiyani Philips Electrnics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IVM va Microware firmalari
tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
IVM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari ko’rilishi uchun
foydalaniladigan DVI texnologiyasi to’rt bazaviy unsurdan tashkil topgan:
- videotizimning asosi bo’lgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi (masalan, tasvirlar
kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intel firmasining I 82750RV piksel protsessori;
signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument firmasining TMS320S10 protsessori;
tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda uchun Iptel firmasining i82750DV displeyli
protsessori va boshqalar); oxirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda;
- drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver hamda SD - ROM Driver ) va
alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va videoeffektlar ma'lumotlari
kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-Video Support System); RTX (Real Time
Executive) STD (Standart) multivazifadorligini ta'minlash, xotirani, kirish-chiqishni boshqarish
va boshqalar;
- galma-gal paydo bo’luvchi audio va video axborot saqlovchi, ma'lumotlarni SD - ROM
jamg’aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta'minlovchi maxsus shaklli fayllar;
- sub'yektiv qabul qilishga yo’naltirilgan va ba'zi yo’qotish yoki bo’zib ko’rsatishlarga yo’l
qo’yuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Bu texnologiyani qo’llashning eng
oddiy misoli bo’lib, siyraklash algoritmi, ya'ni tasvirning diskretligini kamaytirish uchun xizmat
qilishi mumkin. JPEG (Joint Photographic Exerts Group) statik tasvirlarni siqishning eng ko’p
tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida ko’chmas tasvirlarning vizual zararsiz 20, ..., 50
martagacha siqilishga olib borish mumkin.
Xarakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive Coding)
algoritmlaridan foydalaniladi.
Bu gurux algoritmlari orasida MREG (Moving Pictures Experts Groups ) algoritmlarini
ajratib ko’rsatish mumkin, ular 25...50 marta siqish koeffitsentini ta'minlaydi. Jumladan, agar 24-
betli rangli va 30 kadrlar /s.li 640x480 o’lchamli siqilmagan rakamli televizion tasvir uchun 27
Mb/s ma'lumotlarni o’zatish tezligi talab etilsa, unda MREG1 algoritmi talab etilayotgan o’zatish
tezligini 550 kb/s. gacha kamaytiradi. MREG1 algoritmi, shuningdek, siqish koeffitsenti 5 ...10
marta bo’lgan audioaxborot kompressiyasi uchun ham qo’llaniladi.
DVI texnologiyasida foydalaniladigan video siqish algoritmlarini ikkiga bo’lish mumkin:
- JPEG rusumli simmetrik chizmali algoritmlar, ular real vaqt miqyosida siqishni amalga
oshirish va huddi videomagnitafondagi kabi sifat darajasida kompyuter (Real Time Video)
vinchesteriga ma'lumotlarni yozishga imkon beradi, bunda SD - ROM ni tayyorlashga zaruriyat
qolmaydi;
- MREG rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-KRM (Production Level
Video) ga yozish uchun mahsulotni bozorbop yo’sinda yaratishda foydalaniladi va multimedianing
tizimida videoni fakat aks ettirishni ta'minlaydi. Bunda videoni siqish darajasi 100...160 martaga
yetadi, videomagni-tafon yozuviga yaqin sifat saqlanadi.
25:1 siqish koeffitsenti displeyning chorak ekranida yaxshi sifatli videotasvirni olish uchun
kifoya. 10:1 nisbatda siqilganda DVI texnologiyasi bo’lgan (Real Time Video) videotasvirli
darcha to’liq ekranning 1/5 qismini egallaydi.
Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin bo’lgan siqish koeffisenti 1,9-2,5), bu xol tinglash
a'zolarining bo’zib kursatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi.
Shunday qilib DVI texnologiyalari video va audioni aks ettirish uchun zarur bo’lgan
axborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu xol ma'lumotlar umumiy hajmini
kamayishiga va multimedianing fan, ta'lim, biznes va aloqa sohalariga keng kirib borishiga olib
keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv lazerli videodisklar tayyorlovchilari xizmatiga murojaat
etmay, o’z amaliy multimedianing tizimlarini yaratish, axborotning barcha turlarini saqlash uchun
oddiy vinchesterdan foydalanish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari,hozirdayoq, multimedia
ovoz berilgan, tasvirli hujjatlarni Ethernet tarmoqli platasi orqali kompyuter tarmog’iga jo’natish
mumkin. Biroq, videotasvirli, to’liq tarmoqli multimedianing tizimlar uchun taxminan 200:1
siqish koeffitsenti zarur. Bunday ko’rsatkichga hozirdayoq erishish mumkin va bu boradagi ishlar
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
|