|
Mavzu: Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari. Reja: Kirish
|
bet | 1/7 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 45,96 Kb. | | #261058 |
Bog'liq Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari
Mavzu: Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari.
Reja:
Kirish
1-BOB. Grafik axborotlarni kiritishning nazariy asoslari.
1.1. Grafik axborot va uning ahamiyati
1.2. Grafik axborotlarni kiritish texnologiyalari
1.3. Grafik axborotlarni kiritishning tarixi
2-BOB.Grafik axborotlarni kiritish vositalarining turlari
2.1. Grafik planshetlar
2.2. Grafik skanerlar
2.3. Qalam va styluslar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Grafik axborotlarni kiritish va qayta ishlash zamonaviy texnologiyalarning ajralmas qismidir. Grafik axborotlarni kiritish qurulmalariga skaner va grafik planshetlar kiradi. Skaner (scanner) – tasvirni (matnni) avtomatik tarzda kom- pyuterga kiritish qurilmasidir, ya’ni kiritilayotgan obyektning raqamli tasvir nusxasini yaratadi.
Skanerlarning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: Optik ruxsat berish, ya’ni skanerlovchi moslamadagi yorug‘likni sezadigan elementlarning soni ishchi sohaning kengligiga bo‘linishi bilan aniqlanadi. Ruxsat berishning o‘lchamini belgilash uchun bir necha o‘lchash birligidan foydalaniladi: dpi (dots per inch) – dyuymdagi nuqtalar; ppi (pixels per inch) – dyuymdagi piksellar;
Mantiqiy ruxsat berish. Bu ko‘rsatkich dasturiy ta’minot yordamida, ya’ni dastur-drayverning o‘zi yetishmayotgan nuqta- larni sun’iy yo‘l bilan to‘ldirishiga erishiladi.Skanerlash tezligi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha bitta sahi- fani skanerlashga ketgan sekundlar bilan aniqlanadi. Ba’zan bitta chiziqni skanerlash tezligi millisekundlarda ko‘rsatiladi.Razryadligi yoki rang chuqurligi. Tasvirning skanerlan- gan nuqtasidagi axborotni batafsil tekshirish darajasini ko‘r- satadi. SSD matritsasining sifati esa ARO‘ (analog – raqamli o‘zgartirgich) ning razryadi bilan aniqlanadi.Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir. Oq-qora skanerlar ingichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish im- konini beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni qabul qilish xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rang- li asl nusxalar bilan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256 dan 65536 sathgacha tebranadi. Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold) skanerlari va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tarkibida bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi qurilmalar (oqimli printer, faks-modem, nusxa ko‘chirish apparati) imkoniyatini mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida axborotni kiritish, chiqarish va uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.
|
| |