|
Grafik muxarririni haqida tushuncha. Taxrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari
|
bet | 4/7 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 45,96 Kb. | | #261058 |
Bog'liq Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari2.Grafik muxarririni haqida tushuncha. Taxrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari.
Axborotning asosiy qismini inson ko’rish a'zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo’ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik opеratsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob’еktlar: znachokar (bеlgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi.
Opеratsion tizimning barcha grafik ob’еktlari, shuningdеk, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyutеrda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi kеrak. Grafik tasvirlarni kompyutеrga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Ular bilan siz 3-bobda tanishib chiqqansiz. Eng ko’p tarqalgan qurilma — bu skanеrdir. So’nggi paytda raqamli fotokamеralarning ham qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamеra xotirasining mikrosxеmalariga yozib qo’yiladi. U еrdan axborotni kabеl orqali kompyutеrga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib quyish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyutеrga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyutеrga vidеokamеradan ham kiritish mumkin. Vidеoning kеtma-kеtlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyutеrga kiritishi tasvirni ushlab olish dеyiladi. Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun
mo'ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va uch o'lchamli grafika (3D-muharrirlari)ni yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.Kompyuter grafikasi 3 turga bo’linadi: rastrli, vektorli va fraktal grafika. Rastrli grafikada grafik ob’ektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega bo'lgan rastrni tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qo'llanadi. Bunday yondashuv grafik tasvir ko'plab yarim tonlarga ega bo'lganida va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) haqidagi axborot, ularning shakli to'g‘risidagi xabarlarga qaraganda muhimroq bo'lgan hollarda samarali. Bu fotografik va matbaa tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini to'g‘rilash) uchun fotoeffektlar va badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay. Rastrli grafikada bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va har doim ham qulay emas. Ko'pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan foydalanuvchilar, undan rasmni kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari yordamida kiritib, ishni rastr muharriri yordamida maxsus effektlar kiritish yo'li bilan tugallashni afzal ko'radilar. Vektorli grafika rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish usuli bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning rangi haqidagi axborotga qaraganda ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan chizmalar va grafiklar bilan ishlash uchun xos.Fraktal grafikada tasvirlar matematik formulalar yordamida yaratiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta to'plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: ma’lumotlar bazasini bo'sh (to'latilmagan) tuzilmasini yaratish; uni to'ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar importini taqdim etish; ma’lumotlarga yo'llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim etish.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko'pgina tizimlari ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga ishlov berish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Natijada, ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini yaratish mumkin. Tarmoq texnologiyalarining yoyilishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan butun jahon kompyuter tarmog‘ining serverlarida joylashgan uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatiga
ega bo'lish ham talab qilinadi.
|
| |