|
5-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera va uni muhofazasi reja
|
bet | 4/9 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 197,47 Kb. | | #151162 |
Bog'liq Ekologiya 5-мавзуQuyosh energiyasi. Quyoshdan quvvat oladigan suv isitgich moslamalari quyosh kollektorlari orqali suv haroratini oshirish uchun quyosh nurlari energiyasidan foydalanadi. Shaffof qoplamali havo o’tkazmaydigan korpusli, qora rangga bo’yalgan, suv o’tkazgich naychalarga ega singdiruvchan metall plastina va korpusning orqa hamda yonbosh devorlarida issiqlikni yo’qotmaslik uchun izolyatsiyalangan yassi quyosh kollektorlari keng tarqalgan (1-rasm).
Shamol energiyasi. Shamol generatorlari. Shamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin. Bu energiya esa, bevosita shamol tezligiga bog’liq. Shamol generatorining standart turbinasi quvursimon po’lat tirgakda joylashgan uch parrakli rotordan iboratdir. Burilish mexanizmi rotorni shamol esayotgan tomonga yo’naltirib turadi. Rotor reduktor va asinxron generatorni ishga tushiradi. Shamol generatori sekundiga 3-4 metrdan yuqori tezlikda ishlaydi. Uning maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30 metrni tashkil etadi. Shamol generatorlaridan foydalanishning afzalliklari:
1. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg’i narxlarining o’zgarishiga bog’liq emas.
2. Foydalanish xarajatlari pastonna
3. Zararli chiqindilar chiqarmaydi.
Shamol generatorlaridan foydalanishning kamchiliklari:
1. Mustaqil ishlashi uchun zahira ta’minot manbai kerak bo’ladi, ya’ni energiya ishlab chiqarish shamolning kuchiga bog’liq.
2. Boshlang’ich kapital sarflanishi darajasi yuqori.
3. Shovqin chiqarishi va vizual ta’siri katta.
Biomassadan foydalanish. Chorvachilik va oziq-ovqat sanoatining organik chiqindilari biogaz ishlab chiqarish xom ashyosi hisoblanadi. Biomassani anaerob qayta ishlash paytida biogaz qurilmasida maishiy iste’molchilar tomonidan tabiiy yoki suyultirilgan neft gazi (LPG) o’rniga foydalaniladi yoxud uni issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ishlab chiqarilgan biogaz tarkibida 60-70 foiz metan (CH4), 30-40 foiz uglerod oksidi (CO2) va 500 ppm (promill) vodorod sulfid (H2S) bor. Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 80-90 foizi go’ngdan - sutchilik fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo’shilgan holda tayyorlanadi. Qoramollarning bir tonna go’ngidan 25 m3 , parrandachilik go’ngidan 190 m3 , sanoat chiqindilaridan 130 m3 biogaz ishlab chiqarilishi mumkin. Biogaz ishlab chiqarishda go’ng yig’ish uchun, odatda, qoramollarni fermalarda boqish talab etiladi. Biogaz moslamalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:
1. Biogaz CO2 ga qaraganda neytral yoqilg’i hisoblanadi, undan foydalanish esa, atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan metan gazi miqdorining ko’payishini oldini oladi.
2. Achitilgan biomassadan olinadigan o’g’itlarning qiymati miqdori boshlang’ich xomashyonikidan anchayuqori.
3. Fermerlarga qarashli yerlarda oziqa moddalarini ekologik xavfsiz va iqtisodiy foydali uslubda, ikkilamchi qayta ishlash - qattiq biomassani biogaz olish uchun achitishning afzalligi hisoblanadi.
|
| |