• Atmosferaning ifloslanishi muammolari Ozon muammosi O’zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari
  • Ozon muammosi
  • Atmosfera tarkibi
  • O’zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari
  • O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish uchun transportda
  • Xulosa qilib aytganda sanoatda atmosferaning ifloslanishini kamaytirish uchun
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish Mavzu: Atmosfera va uni muhofazasi




    Download 200,32 Kb.
    Sana30.11.2023
    Hajmi200,32 Kb.
    #108449
    Bog'liq
    Jaloliddin eko mustaqil ish




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI


    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI



    Mustaqil ish
    Mavzu: Atmosfera va uni muhofazasi
    Guruh: ELY001
    Bajardi: Abdurahmonov Jaloliddin
    Tekshirdi:Saidova Gulchehra

    Reja:

    1. Atmosferaning ifloslanishi muammolari

    2. Ozon muammosi

    3. O’zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Atmosferaning ifloslanishi deganda uning tarkibi va hossalarining inson salomatligi, hayvonlar, o’simliklar va ekosistemalarga salbiy ta’sir ko’rsatadigan o’zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to’zonlar, o’rmon, dashtlardagi yong’inlar, o’simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda atmosfera ifloslanishining 75% tabiiy manbalarga va 25% antropogen manbalarga to’g’ri keladi.


    Agregat xolatiga ko’ra atmosferani ifloslovchi birikmalami to’rt guruhga bo’lish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar. Xavoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, chang, qurum, azot oksidlari (NOx), uglerod oksidlari (SO, SO2), oltingugurt oksidlari (SOx), 53 xlorftoruglerodlar, metall oksidlari va boshqalar kiradi. Atmosferaga o’n minglab modda va birikmalar chiqarilgan bo’lib, ulaming o’zaro birikib xosil qilgan aralashmalari to’la o’rganilmagan. Bunday noma’lum birikmalaming tirik jonzotlarga, shu jumladan inson sog’lig’iga ta’siri aniq baholangan emas.
    Atmosferaning kimyoviy, fizik, akustik (shovqin), issiqlik, elektromagnit ifloslanishi yirik shaxarlar va sanoat rayonlarida yuqori darajaga yetgan. Atmosferaning eng xavfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Radioaktiv ifloslanishning asosiy manbalari qurolining sinovlari, atom elektrostansiyalaridagi falokatlar hisoblanadi. Radioaktiv ifloslanish rak va boshqa kasalliklaming ortishiga olib keladi. Xavoning kuchli ifloslanishi inson sog’ligiga, barcha jonzotlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi
    Ozon muammosi

    Atmosferaning 20-30 km oralig’ida joylashgan o’ziga xos himoya qobig’i-ozon (03) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Yer yuzida dastlab 1970- yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50% ga kamayishi qayd qilindi. Ko’pchilik mutahassislar ozonning kamayishi texnogen yo’l bilan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Atmosferada ozon miqdorining o’zgarishi tabiiy jarayonlar, jumladan, quyosh faolligining o’zgarishi, boshqa omillar ta’sirida ham o’zgargan bo’lishi ham mumkin.


    Atmosfera tarkibi

    «Kislotali yomg’ir»lar ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib qolgan. Xar qanday qazilma yoqilg’i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingurgut va azot kushoksidlari bo’ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg’imi kislotaga aylantiradi.

    • 2SO, + 0 2 + 2 N 20 = 2H,S0 4

    • 4N b2+ 2N ,0 + 0 , = 4HNO,

    AQSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg’irlar ta’sirida katta maydondagi o’rmonlar qurishi kuzatilgan.

    O’zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari
    O’zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlaming asosan tog’ oldi va tog’ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanish darajasining nisbatan yuqori bo’lishiga olib kelgan. O’zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to’plangan Toshkent va Farg’ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan.

    O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish uchun transportda:

    • Benzin tarkibidagi qo’rg’oshinga nisbatan standart talablarini kuchaytirish, etil qo’shilgan benzindan astasekin butunlay voz kcchishni ta’minlash;

    • Siqilgan gaz va dzel yoqilgisidan ko’proq foydalanish;

    • Transport xarakatini optimallashtirish;

    • Transport parkini sekin-asta yangilash;

    • Elektr transport!, metroni rivojlantirish;

    • Yashil-ximoya zonalarini tashkil qilish va boshqalami amalga oshirish zarurdir.

    Xavo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish-monitoring tizimini takomillashtirish talab etiladi. O’zbekistonda «Atmosferani muhofaza qilish to’g’risida» mahsus qonun (1996-yiI, dekabr) qabul qilingan. Qonunga muvofik, atmosferaga salbiy ta’siri uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun to’lovlar belgilangan va boshqa majburiyatlar yuklangan. Belgilangan me’yordan ortiq ifloslovchi birikmalami chiqarish uchun ham to’lovlar belgilangan.



    Xulosa qilib aytganda sanoatda atmosferaning ifloslanishini kamaytirish uchun:

    • Yangi tozalash qurilmalarini ishga tushirish va samaradorligini oshirish;

    • Kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalami joriy etish;

    • Zararli korxonalami chetga chiqarish va boshqa tadbirlani amalga oshirish zarurdir.

    Foydalanilgan adabiyotlar
    EKOLOGIYA (O’quv qo’llanma)
    Download 200,32 Kb.




    Download 200,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish Mavzu: Atmosfera va uni muhofazasi

    Download 200,32 Kb.