|
Mehnat resurslari balansi
|
bet | 23/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Mehnat resurslari balansi – mehnat resurslari sonining rejalashtirilgan, bajariladigan ishlar uchun uning bajarilgan ishiga to‘g‘ri kelishidir.
Mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasini mavjud resurslarning yillik ish vaqti fondini, ishlab chiqarishning ish kuchiga bo‘lgan talabiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Xo‘jalikning ish kuchiga bo‘lgan talabi, texnologik karta bo‘yicha bajariladigan ish hajmiga qarab aniqlanadi. Qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlar kishi-kuni, kishi-soati hisobida belgilanadi. O‘zbekiston sharoitida yilning 282 kuni davomida dehqonchilik ishlarini bajarish mumkin. Ishlovchining yillik ish vaqti fondini aniqlash uchun yilning ishga yaroqli kunidan dam olish (52 kun), bayram (19 kun) ta’til kunlarini chiqarib tashlash kerak. Bu 282-52-19 kunni tashkil etadi.
Fermer xo‘jaliklarida mehnat resurslaridan foydalanish
Fermer xo‘jaliklari oilaviy xo‘jaliklar bo‘lganligi sababli, ularda mehnat qilayotganlarning aksariyati oila a’zolari hisoblanadi. «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, fermer xo‘jaliklari boshlig‘i 18 yoshga to‘lgan, tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan, muomalaga layoqatli, mazkur xo‘jalik a’zolaridan biri bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik faoliyatini yuritishda fermer qo‘shimcha ish kuchini jalb etib, shartnoma asosida ishlaydigan ishchilar mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda, taraflarning kelishuviga binoan, pul va natura shaklida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yollanma ishchilar fermer xo‘jaligi roziligi bilan pul yoki boshqa xil ulushni kiritishga ham qo‘shgan ulushiga munosib ravishda xo‘jalik daromadi (foyda) taqsimotida qatnashishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi a’zolari hamda shartnoma asosida ishlayotgan ishlovchilar Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi huzuridagi «Nafaqa» jamg‘armasiga badallar to‘lagan taqdirda, mehnat daftarchasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holda, ularning ish vaqti mehnat stajiga qo‘shiladi va pirovard natijada nafaqa olishlari mumkin.
Respublika qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari ulushi ortishi munosabati bilan fermer xo‘jaliklarida mehnatga qobiliyatli qishloq aholisining salmog‘i ortib borish imkoniyati kengaymoqda. Masalan, fermer xo‘jaliklar soni 2003- yil 87552 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 189,2 mingtaga yetdi, ishlovchilar soni 603,0 ming kishidan 1381,1 ming kishiga, o‘rtacha bitta fermer xo‘jaligida 6-7 kishini tashkil etmoqda.
Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Mehnat ongli faoliyat natijasidir. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko‘p jihatdan mehnatning holatiga bog‘liq. Agarda qilinayotgan mehnat rozilik bilan, katta qoniqish bilan bajarilayotgan bo‘lsa, uning unumdorligi ham yuqori bo‘ladi. Har bir mamlakat aholisining mehnat qilish qobiliyatiga ega qismi, uning mehnat resurslarini tashkil etadi. O‘zbekiston aholisining 40% ga yaqini mehnat qilish qobiliyatiga ega.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga bo‘linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar kiradi. Yordamchi mehnat resurslariga 14-16 yoshdagi o‘smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan, asosan, qishloq xo‘jaligi mavsumiy davrlarida foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: har bir ishchi xodimning bir yilda ishlagan kunlari. Odatda, erkaklar bir yilda 280 kun, ayollar 240 kun ishlaydilar. Ishlagan kishi kunlaridan foydalanish koeffitsiyentini ishlagan kunlarni me’yor bo‘yicha ishlashi lozim bo‘lgan yillik ish kunlari miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi. Xo‘jalikning mehnat resurslari holatini o‘rganish uchun mehnat resurslari balansi tuziladi. Mehnat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi yil davomida bir ishchi xodim hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, konkret sarflangan mehnatning natiyjaviyligi yoki samaradorligidir. Mehnat unumdorligini vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori deb ham biladilar.
4.2.1-jadval.
|
| |