|
Ii-asosiy qism 3
|
bet | 1/6 | Sana | 22.08.2024 | Hajmi | 2,51 Mb. | | #269776 |
Bog'liq Ozodbek Hisobot Mundarija
I-Kirish. 2
II-asosiy qism 3
2.1.Qabulxona faoliyati va fuqaroni operatorlarga yo‘naltirish 3
2.2.AnyDesk va Boshqa Ilovalar orqali Kompyuterlarni Ulash 6
2.3.my.gov.uz dan foydalanish 8
2.4. Elektron arizani to‘ldirishda yordam: 15
2.5.Ko‘chmas Mulk Muammolari Bo‘yicha Amaliy Yordam 20
Xulosa 26
I-Kirish.
Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo, O‘zbekistonda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv sharoitida AKT sohasining keskin taraqqiy etib borishi kuzatilayotganligi, ilg‘or davlatlarning ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. IT Park rezident-korxonalarining 2023-yildagi natijalari 2023-yil yakuniga ko‘ra, IT Park rezidentlari soni 1652 nafarga yetdi, shulardan, xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni 426 ta. IT Park rezidentlari tomonidan $1 milliardlik xizmatlar ko‘rsatilib, $344,0 million miqdorda eksport xizmatlari amalga oshirildi.
IT Park rezidentlari mutaxassislari 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, IT Park rezidentlarida 26 ming nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda, ulardan 22 376 nafari Toshkent shahrida, 3 641 nafari hududlarda. Shunisi e’tiborga loyiqki, IT-mutaxassislar soni 18 950 nafarni, BPO-kompaniyalar xodimlari — 4 091, xorijiy mutaxassislar — 2 442, IT-yo‘nalishdagi o'qituvchilari soni — 736 nafarni tashkil etmoqda. Biz dasturchilar uchun bu ko‘rsatkichlar juda muhim ikoniyatlar eshigini ochib beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun axborot tizimlariga o‘tilishga kata ahamiyat berilmoqda.Yangi o‘quv yurtlari va yangi fakultetlar ochilmoqda. Dunyo globallashib borgani sari axborot te nalogiyalarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. O‘zbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoriga kirib bormoqda. Bunda esa yoshlarni ongini saviyasini oshirish va zamon talablariga mos ravishda kadrlarni tayyorlash davlatimiz taraqiyotini rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
|
| |