|
II-asosiy qism 2.1.Qabulxona faoliyati va fuqaroni operatorlarga yo‘naltirish
|
bet | 2/6 | Sana | 22.08.2024 | Hajmi | 2,51 Mb. | | #269776 |
Bog'liq Ozodbek Hisobot II-asosiy qism 2.1.Qabulxona faoliyati va fuqaroni operatorlarga yo‘naltirish
Shaxsga tegishli hujjatlar bo’yicha:
1. Oila a’zolarining tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari mavjudmi?
a) guvohnomalar yaroqsiz holga kelmaganmi?
6) guvoxnomalarda F.I.O. to’g’ri ko’rsatilganmi?
2. Voyaga yetgan oila a’zolarining shaxsini tasdiqlovchi pasporti yoki ID kartasi mavjudmi?
a) pasport yoki yoki ID karta yaroqsiz holga kelmaganmi? b) pasport yoki yoki ID kartada F.I.O. to’g’ri ko’rsatilganmi?
v) pasport yoki yoki ID karta bilan tug’ilganlik haqidagi guvohnomalar
o’rtasida tafovut mavjudmi?
3. Agar oila qurgan bo’lsa, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi mavjudmi?
4. Agar oila a’zolaridan birortasi nikohdan ajralgan bo’lsa, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi mavjudmi?
5. Agar oila a’zolaridan birortasi oldin vafot etgan bo’lsa, o’lim
to’g’risidagi guvoxnoma mavjudmi? 6. Ta’lim muassasalarini tugatganlik haqidagi hujjatlar mavjudmi (shahodatnoma, diploma va boshkalar)?
a) xujjatlardagi ma’lumotlar shaxsni tasdiklovchi hujjatlarga
muvofikmi?
7. Oila a’zolaridan birortasida haydovchilik guvohnomasi mavjudmi? a) guvohnomaning muddati o’tmaganmi?
ІІ. Mol-mulkka tegishli hujjatlar bo’yicha:
1. Uy-joyning mulk huquqini tasdiklovchi hujjatlari mavjudmi?
2. Uy-joyga bo’lgan mulk hukuki davlat ro’yxatidan o’tganmi?
3. Oila a’zolarining avtomashinasi bormi?
4. Avtomashina o’ziga tegishlimi yoki ishonchnoma orkali boshkariladimi?
SH. Boshqa nizolar bo’yicha:
1. Oila a’zolari o’rtasida uy-joy bilan bog’liq nizolar mavjudmi?
2. Uy-joyda yashovchilar soni ro’yxatda turuvchilar soni bilan bir xilmi?
3. Oila a’zolari o’rtasida meros bilan bog’liq nizolar mavjudmi?
4. Oila a’zolari o’rtasida aliment bilan bog’liq nizolar mavjudmi?
5. Oila a’zolari o’rtasida uy-joyga kiritish bilan bog’lik nizolar
mavjudmi?
6. Mol-mulk va yer soligi hisoblash va to’lashda muammolar mavjudmi?
7. Kommunal xizmatlar bo’yicha to’lovlarni ortiqcha undirish holatlari mavjudmi?
Yuqoridagi masalalar yuzasidan aholi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Sayyor qabul iyun- iyul oylari davomida Tumandagi barcha sector va MFY larni qamrab oldi hamda aholidan Davlat xizmatlari markazi hodimlari tomonidan o`rganishlar olib borildi. Amaliyot davrining 27-iyundan 28-iyun kunlari davomida Davlat xizmotlari markazida qabulxona faoliyatini hamda fuqarolarni muammolari bo`yicha operatorlarga yo`naltirishni o`rgandim. Bu bilimlar menga markazda ishlash jarayonida katta yordam beradi. Qabulxona faoliyatini samarali tashkil qilish uchun quyidagi jihatlarni e’tiborga olish lozim:
Qabulxona Faoliyatini Tashkil Etish
Yaxshi tuzilgan ish rejasi:
Ish jadvali: Qabulxona ish vaqti aniq belgilangan bo‘lishi kerak.
Ish hajmi va vazifalar: Har bir xodimning vazifalari aniq taqsimlanishi zarur.
Xodimlarni o‘qitish:
Kompyuter savodxonligi: Xodimlar zamonaviy texnologiyalarni yaxshi bilishi kerak.
Aloqa va muloqot ko‘nikmalari: Xodimlar fuqarolar bilan muloqotda odobli, ochiq va tushunarli bo‘lishi lozim.
Ishchi muhitini yaratish:
Qulay sharoitlar: Xodimlar va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilishi kerak (masalan, kutish joylari, choyshablar).
Texnik ta’minot: Kompyuterlar, printerlar va boshqa zarur texnik vositalar mavjud bo‘lishi kerak.
Fuqarolarni Muammolari Bo‘yicha Yo‘naltirish
Murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish:
Elektron tizim: Fuqarolar murojaatlari elektron tizimga kiritilishi kerak, bu orqali murojaatlarni kuzatish osonlashadi.
Ro‘yxatga olish: Murojaatni qabul qilgan xodim uni tegishli reestrga kiritishi kerak.
Muammolarni tahlil qilish va yo‘naltirish:
Kategoriya bo‘yicha ajratish: Fuqarolar muammolari turli toifalarga ajratilishi kerak (masalan, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy).
Tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish: Har bir muammo o‘z sohasi bo‘yicha tegishli mutaxassislarga yo‘naltiriladi.
|
| |