|
Mehmonxonada mijozlarning norozilik sabablari Reja: Kirish Nizo tushunchasi va uning turlari
|
bet | 1/5 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 38,03 Kb. | | #156575 |
Bog'liq Mehmonxonada mijozlarning norozilik sabablari
Mehmonxonada mijozlarning norozilik sabablari
Reja:
Kirish
1.Nizo tushunchasi va uning turlari
2.Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari 3.Mehmonxonalarda yuzaga keladigan nizolar xususiyati 4.Xodim va mijoz o„rtasidagi nizolar
5.Nizoli jarayonlarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo„llari 6.Stress tushunchasi va stress sodir bo„lish jarayoni. Stress holatini boshqarish
Kirish
Ta‘kidlab o‗tish joyizki turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o‗zagi bo‗lgan mehmonxonalarning rivojlanishi bilan ham bog‗lik. CHunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo‗lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo‗lgan ehtiyojlarini qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muxim bo‗lagi hisoblanadi. SHuning uchun ham XXI asr turizmida mehmonxonalar biznesida nafaqat xizmatlar assortimentini ko‗paytirishga, balki ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishga alohida etibor berilmoqda, ya‘ni xizmatlarning sifatini va samaradorligini oshirishda yangi-yangi texnologiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda. Ammo, takidlash joyizki, har qanday faoliyat turi hoh u ishlab chiqarish yoki xizmat ko‗rsatish bo‗lsin boshqaruvni hamda yuqori daromad olish va samaradorligini oshirish uchun boshqaruvdan samarali foydalanishni taqozo etadi.
SHu nuqtai nazardan, mehmonxona xo‗jaligida boshqaruv qonunlari, qonuniyatlari, funksiyalari, tamoyillari, boshqarur qarorlarini shilab chiqish va amalga oshirish kabi boshqa shu kabi boshqaruvga oid masalalarni o‗rganish hamda amaliyotga joriy etish fanining dolzarbligini belgilaydi.
Fanining o‗qilishidan maqsad – turizm sohasi jadal rivojloanayotgan sharoitda uning tarkibiy qismi hisoblangan mehmonxonalarda boshqaruvni samarali tashkil etish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirishga erishish.
Fanning vazifasi – boshqaruvning mohiyati, ahamiyati uning mehmonxona xo‗jaliklarini rivojlantirishdagi o‗rni, boshqaruv samaradorligi, boshqaruv usullari, tamoyillari, boshqaruv qarorlari, menejer va rahbar uslublari, kadrlarni rejalashtirish va ularni boshqarish jarayonlari, nizo va stress hamda ularning oqibatlari va ularning oldini olish yo‗llari kabi bir qancha masalalar to‗g‗risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.
―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖ o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖ fanining predmeti, maqsadi va vazifalari;
mehmonxona xo‗jaligini boshqarishning ob‘ektiv zarurati;
menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tarixi;
mehmonxona xo‗jaligida boshqarishning tashkiliy strukturasi;
boshqarish xususiyatlarini bilishi kerak;
mehmonxona xo‗jaligini boshqarish tamoyillari, usullari;
mehmonxona xo‗jaligida strategik boshqaruv;
boshqaruv samaradorligi hamda uni oshirish yo‗llari;
mehmonxona xo‗jaligida xizmat ko‗rsatish sifatini oshirish dasturlarini ishlab chiqish usullarini;
mehmonxona xo‗jaligida kadrlarni rejalashtirish va boshqarish, nizolar va streslarni boshqarish;
mehmonxona xo‗jaligi xizmatlari sifatini boshqarish;
boshqaruvda menejer va rahbarlik uslublaridan foydalanish;
– boshqaruv qarorlari va ularning ijrosini ta‘minlash bo‗yicha malakalariga ega bo‗lishi kerak.
«Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish» fani umumkasbiy fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‗quv rejada rejalashtirilgan ―Menejment‖, ―Marketing‖, ―Turizm‖, ―Xalqaro turizm, ‖―Mehmonxona xizmatlari‖, ―Turizm infratuzilmasi‖, ―Mehmonxonalarda ishbilarmonlik etiketi‖, ―Mintaqaviy turizm‖, ―Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish‖ fanlaridan etarli bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lish talab etiladi.
Mehmonxona xo‗jaligi sohasidagi ishlar va ularning xususiyatlari. Mehmonxona biznesida boshqaruv tizimining tuzilishi. Mehmonxona korxonalarida tashkiliy tuzilish. Asosiy xizmatlar turlari. Mehmonxonalarda mijozlar bilan hisob-kitob ishlarini yuritish. Mehmonxonalarning uzluksiz rivojlanishini boshqarish soha uchun malakali mutaxassislarni tayorlash katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi.
Talabalarning «Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish» fanini o‗zlashtirishlari uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va internet saytlarilaridan foydalaniladi. Ma‘ruza va amaliy darslarida mos ravishdagi ilg‗or pedagogik texnologiyalardan, jumladan, Power Point dasturidan keng qo‗llaniladi
|
| |