Nizo tushunchasi va uning turlari




Download 38,03 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2024
Hajmi38,03 Kb.
#156575
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mehmonxonada mijozlarning norozilik sabablari

1.Nizo tushunchasi va uning turlari
O‗zbek tilining izohli lug‗atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi: "Nizo - bu o‗zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‗ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq". Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o‗zaro janjallar sodir bo‗ladi. Odamlar janjal haqida o‗ylaganlarida dushmanlik, qo‗rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.
Boshqarish jarayonida nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o‗rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta‘sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi "ruhiy iqlim"ni yomonlashtiradi, kadrlar qo‗nimsizligini ko‗paytiradi. Shuning uchun, bu masalalarga doimo e‘tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg‗unligini ta‘minlovchi

59
shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
Nizo qanday xarakterga ega bo‗lmasin va u qay darajada katta bo‗lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va obyektivlik bilan etishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak.
Sotsiologlar tadqiqotlarining ko‗rsatishicha, "ruhiy iqlim" yaxshi bo‗lgan hamda intizom ancha yuqori bo‗lgan joyda faqat iqtisodiy ko‗rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o‗z mehnatidan katta qoniqish olayotgani ko‗zga tashlanib turadi.
Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba‘zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‗lishi mumkin. Jamoa a‘zolarining prinsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko‗ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
-mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni; -haq to‗lashning takomillashtirilmagani; -yomon mehnat sharoitlarini;
-mehnat haqidagi qonunlarni buzishni; -rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
-o‗zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko‗rsatish mumkin.
Jamoa a‘zolari orasida nizolarning ko‗pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo‗ladi. Nizo sabablari
1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.
2. Vazifalarning — o‗zaro bog‗likligi.
3. Maqsadlardagi har xillik.
4. Erkinlik, mustaqillik va o‗z qadrini bilishdagi har xillik.
5. Manmanlik, qaysarlik.
6. Kommunikatsiya — o‗zaro aloqaning qoniqarsizligi.
3. Turizm va mehmonxona xo‗jaligi boshqaruvida nizolarning asosiy turlari.
Nizolarning asosan to‗rt xili ko‗p uchrab turadi.
Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin.
Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‗z oldida, to‗g‗ridanto‗g‗ri vujudga keladi. Ular to‗qnashish sodir bo‗lgunga qadar to‗liq etilgan bo‗ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug‗dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
Yopiq nizolar o‗ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o‗xshatsa bo‗ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar "ichida" bo‗lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Yopiq nizolar ko‗pincha fitna, ito, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg‗unchilikka qaratilgan bo‗lib, yolg‗onchiliq, uydirma, bo‗xton gaplar muholiflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.
Ochiq nizolar ko‗pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da‘vat etishda o‗z ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o‗zlariga qarama-qarshi bo‗lgan rasmiy yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o‗zining manfaati tomon burishga harakat qiladi.
Xarakteriga qarab nizolar obyektiv yoki subyektiv nizolarga bo‗linadi.
Obyektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‗liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‗lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim" ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Subyektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo‗lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo‗yicha his-tuyg‗uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‗ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.
Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo‗linadi.
Konstruktiv nizolar korxonada maqsadga muvofiq o‗zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan obyekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega bo‗lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o‗rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, so‗ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo‗ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o‗z vaqtida oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya‘ni kishilar bir-biriga nisbatan nafratlarini namoyish etish, bo‗lar-bo‗lmasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir so‗zdan ilgak topish, atrofdagilarning qadr-qimmatini erga urish, o‗zining fikrini zo‗rlab tirkash, etilgan muammolarni hal qilishdan bosh tortish harakatida bo‗laveradilar.
Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy xislatlari bilan bog‗liq bo‗ladi.

Download 38,03 Kb.
1   2   3   4   5




Download 38,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizo tushunchasi va uning turlari

Download 38,03 Kb.