• 4.Xodim va mijoz o„rtasidagi nizolar
  • Shaxslararo nizolar.
  • Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari




    Download 38,03 Kb.
    bet3/5
    Sana14.02.2024
    Hajmi38,03 Kb.
    #156575
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mehmonxonada mijozlarning norozilik sabablari

    2.Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari
    Nizoning kelib chiqishi va to‗qnashishning sodir bo‗lishi bir butun jarayon bo‗lib, bu jarayon quyidagi -bosqichlarni o‗z ichiga oladi.
    Guruhlararo nizolarga:
    • bo‗limlar bilan bo‗limlar o‗rtasidagi;
    • ma‘muriyat bilan kasaba uyushmasi o‗rtasidagi;
    • bo‗limlar bilan ma‘muriyat o‗rtasidagi;
    • bo‗limlar bilan kasaba uyushmasi o‗rtasidagi nizolar misol bo‗la oladi.
    4.Xodim va mijoz o„rtasidagi nizolar
    Ichki shaxsiy nizo bir kishining o‗ziga bir-biriga zid topshiriqlar berilib, rahbarning pirovard talabi bir-biriga mos kelmay, bajaruvchi bunday holda nima qilishini bilmay xunob bo‗lgan hollarda vujudga keladi. Masalan, universal magazinda bo‗lim boshlig‗i sotuvchidan ish joyidan bir qadam ham jilmay, xaridorlarga xizmat qilishni talab qildi, deylik. Keyinroq esa u sotuvchidan bu ishga nihoyat ko‗p vaqt sarflagani va natijada bo‗limni yangi tovarlar bilan to‗ldirmaganidan shikoyat qilsa, bunday talab oldingi talabga zid bo‗lib chiqadi. Natijada sotuvchi nima qilishni bilmay xunobi oshadi. Mana sizga nizoli vaziyat.
    Tadqiqotlar va kuzatishlar bunday vaziyatlar: ishchining o‗z ishidan qoniqmaganlik, o‗ziga va korxonaga ishonchsizlik, shuningdek, xodimda asab buzilishi holatlarining tez-tez sodir bo‗lib turishi natijasida vujudga kelishini ko‗rsatadi. Shaxslararo nizo hayotda eng tarqalgan nizolardir. Bunday nizolar, masalan:
    * oilada:
    • er bilan xotin o‗rtasida;
    • ota bilan farzand o‗rtasida;
    • ona bilan farzand o‗rtasida;
    • farzand bilan farzand o‗rtasida va hokazo.
    * ishlab chiqarishda:
    • xodim bilan xodim o‗rtasida;
    • xodim bilan rahbar o‗rtasida;
    • rahbar bilan rahbar va hokazolar
    o‗rtasida bo‗lishi mumkin. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin.
    низо
    КОРХОНА
    ШАХС ШАХС
    Shaxslararo nizolar.
    Shaxslar o‗rtasidagi nizo ko‗p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo‗lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, rahbarlar o‗rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o‗rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo‗yilganda ham shu turdagi nizolar kelib chiqish hollari bo‗ladi.
    Shaxslar to‗qnashuvi ham shaxslararo nizo tufayli bo‗lishi mumkin. Zero, har xil toifa, fe‘ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birlarini tushunavermaydilar. Garchi bir ko‗rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75-80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo‗ladi.
    Shaxs bilan guruh o‗rtasidagi nizolar, odatda ayrim shaxsning u yoki bu narsaga nisbatan bo‗lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki manfaatiga mos tushmaslik oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, biror oliygoh
    dotsenti o‗zining asosiy ish joyidan tashqari pul topish maqsadida boshqa 2—3 joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umum kafedra manfaatiga zid keladi.
    Chunki, kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab asosiy ish joyidagi ishni qotira olmay, o‗lda-jo‗lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi holat ular o‗rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Xuddi shunday holat rahbarning biror-bir bo‗lim xodimlariga nisbatan qo‗llagan noo‗rin jazosi rahbar bilan guruh o‗rtasidagi to‗qnashuvga olib kelishi mumkin. Aholida shaxsning guruh bilan to‗qnashuvi ham alohida shaxs va guruh o‗rtasidagi kelishmovchilik oqibatida bo‗ladi.
    Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish yo‗llaridan biri uning narxini nisbatan pasaytirish yo‗lidir. Bu masalani korxona majlisida muhokama qilish jarayonida bir guruh xodimlar bunday yo‗l korxona zimmasiga yuklatilgan rejani bajarilishiga imkon berishini aytsa, boshqa bir xodim bunday yo‗l mahsulot sifatining pasayishiga, uning ustiga-ustak hozirgi ishlab chiqarayotgan mahsulotning sifati shundoq ham raqobatdosh korxonalarda ishlab chiqarilayotgan aynan shunday turdagi mahsulot sifatidan past ekanligiga shama qilib, bu yo‗lning noto‗g‗riligini isbotlamoqchi bo‗ladi. Bu erda bir guruh xodimlarning fikri alohida xodimning fikriga mos tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chiqishi uchun sabab bo‗ladi.

    Download 38,03 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 38,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizo jarayoni bosqichlari va uning oqibatlari

    Download 38,03 Kb.