• 1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
  • Innovatsion rivojlanishning indikatorlari




    Download 150.5 Kb.
    bet1/5
    Sana25.03.2024
    Hajmi150.5 Kb.
    #177086
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    taqvim amali matem

    - INNOVATSION RIVOJLANISHNING INDIKATORLARI.


    1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar

    2.Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari


    Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar boyicha innovatsiyalar oz ichiga quyidagi jarayonlarni olib, prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish, mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va xususiyatlar qoshish orqali uni takomillashtirish, xizmatlar bilan ta‘minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada yaxshilanishlarni kiritish mumkin.
    Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo’yichainnovatsiyalar xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o’zichiga oladi.
    Innovatsion faoliyatda agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va etkazib berish usullarini joriy etishga bevosita bog’liq bo’lmasa, bular texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi. Tashkiliy va boshqarish bo’yicha o’zgartirishlar (boshqarishning ilg’or usullariga o’tish, jiddiy o’zgartirilgan tashkiliy tuzilishni joriy etish, korxonaning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki sezilarli o’zgartirilgan yo’nalishlarni amalga oshirish) hamda sifat standartlarini joriy etish bilan bog’liq bo’ladi.Shu sohada faoliyat yuritayotgan ekspertlarning hisoblashicha, korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga rag’batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi deb hisoblashadi. Innovatsion bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg’otishi mumkin degan yolg’on tasavvur vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real foyda va resurslar bilan ta‘minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsionyosat zarur bo’ladi. Mahalliy kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o’quv yurtlari bu faoliyat jarayonlarida faollikni oshirishi lozim. Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strukturasi dinamikasi orqali tanlov mexanizmiga bog’liqdir. Bu yerda yangi texnologiyalar va firmalarning kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma- ketlikdagi zanjiri bo’lib, uning davomida yangilik oddiy bir g’oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha ―pishib etadi7 va xo’jalik amaliyotida tarqaladi. Bu jarayonni quyidagi sxema ko’rinishida aks ettirish mumkin: Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O’ ↔ Si ↔ M ↔ S;
    bu yerda:
    Ft - fundamental tadqiqotlar;
    At - amaliy tadqiqotlar;
    I - ishlanmalar;
    L - loyihalashtirish; Q - qurilish;
    O’ - o’zlashtirish;
    Si - sanoat ishlab chiqarishi;
    M - marketing;
    S - sotuv.
    Iqtisodiyotda har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning rentabelligini yuqori suratlarda amalga oshishini va raqobatbardoshliligini ta‘minlovchi asosiy yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Ta‘kidlash joizki, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar innovatsiya hayotiy sikli bo’yichaturli xil vazifalarni bajaradilar. Innovatsion faoliyat jarayonni o’zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi (2.1.1-rasm):
    Bugungi kunda eng keng tarqalgan variantda tadqiqot va texnik bosqich vazifalari ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga mo’ljallangan korxonalar tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqarish korxonalari innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish vazifalarini bajaradi.


    7Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 34-б.


    Download 150.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 150.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion rivojlanishning indikatorlari

    Download 150.5 Kb.