22.01.2024, 02:30
about:blank
about:blank
1/2
O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga
asossan O’zbekiston Respublikasida
standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi
standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli
ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika
sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha
yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida -
O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar
sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini
o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari
bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi,
tasdiqlaydi va nashr etadi.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar
|