|
Respublikasi oliy va
|
bet | 22/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Nazorat va muhokama uchun savollar
O‘zbekistondayerfondidanfoydalanishyo‘llarivaxususiyatlarini ayting.
Tuproqunumdorliginioshirishtadbirlarinimalardaniborat? 3.Yerniiqtisodiybaholashko‘rsatkichlarivamonitoringtushunchasini
izohlang.
SuvresurslaridanfoydalanishvaSFUlarningtashkiliyasoslarideganda nimatushuniladi?
Sug‘orishusullarivailg‘ortexnologiyalarniaytibbering.
FERMER XO‘JALIKLARIDA MEHNATNI TASHKIL QILISH VA UNING
SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI
Mehnat resurslari va undan foydalanish
K
ishilarning mehnat qilish qobiliyati, ularda bo‘lgan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar yig‘indisi ish kuchi deyiladi. Ish kuchi odamning mehnat qobiliyati bo‘lib, har qanday jamiyatda va ishlab chiqarish sharoitlarida turlicha
faoliyat ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan fuqarolar mehnat resurslari deb ataladi. Ularning huquqiy asoslari Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Mehnat kodeksi»da (1996), «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi (1998) Qonunlarda batafsil ko‘rsatilgan. Mehnat resurslari 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar hisoblanadi. Shu bilan birga, mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘smirlar va nafaqaxo‘rlar ham mehnat resurslari sanaladi.
Qishloq xo‘jaligida fan texnika va chet el texnologiyalari natijasida oddiy mehnat murakkab mehnatga, qishloq xo‘jalik mehnati esa intellektual mehnat turiga aylanib borishi kerak. Bu esa bozor talabi bo‘yicha qishloqda mehnat resurslarining malakasini oshirishni talab etadi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi Oliy o‘quv yurtlari, kollej va ixtisoslashgan mutaxassislik kurslari faoliyat ko‘rsatib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan malakali kadrlar tayyorlab bormoqda. Kadrlar tayyorlash tadbirlarining asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligini yana sanoat usulida rivojlantirib, mexanizatsiyalash darajasini oshirishdir.
|
| |