|
Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash
|
Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 14,77 Kb. | | #263226 |
Bog'liq Mavzu Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash
Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash
REJA
1. Tabriknomalar haqida ma‟lumot berish.
2. Kvilling usulida shakllar yasash haqida ma‟lumot berish.
3. Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tushuntirish
Pedagogik vazifalar: Talabalarning tabriknoma va ularning turlari haqidagi bilimlarini aniqlash; Kvilling usulida shakllar yasash haqida tushunchalar berish; Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tushuntirish; Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, amaliy ish taqdimoti. Ta’lim vositalar: Metodik qo„llanmalar, slaydlar, tabriknoma turlaridan namunalar, kviling usulida shakllar yasash bosqichlari, rangli qog„oz, rangli karton, qaychi, chizg„ich, qalam, yelim. Mashg„ulotni boshlashdan oldin o„quvchilarni bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi. 1. Tabriknomalarning qanday turlarini bilasiz? 2. Tabriknomalar nima maqsadda ishlatiladi? 3. Kvilling usulida qanday shakllar yasash mumkin? 4. Kvilling usulida tabriknoma yasashda qanday qog„ozdan foydalaniladi? 5. Qanday bayramlarni bilasiz?
Tabriknoma va uning turlari haqida ma‘lumotlar.
150
Tabriknomalar insonlarni yaxshi kunlarida tug„ilgan kunlarda, bayramlarda, to„y-marosimlarda o„z tilaklarni, yaxshi niyatlarini bildirish uchun taqdim etiladi. Tabriknomalar turli bayramlar uchun turli shakllarda va o„lchamlarda ishlab chiqiladi. Tabriknomalar asosan karton qog„oziga tayyorlanadi. Muqrovasiga turli bezaklar (gullar, ramziy belgilar va boshqa shakllar) bilan bezatiladi. Asosan 8mart va Navro„z bayramlariga gullar tasvirlangan tabriknomalardan, tavallud kunlariga esa insonga tilak bildiruvchi ramziy belgilar tasvirlangan tabriknomalar taqdim etiladi. Yangi yil bayramida qish, qorbobo va sovg„alar tasvirlangan tabriknomalardan, turli kasbiy bayramda kasblar, gullar, turli ramziy belgilar tasvirlangan tabriknomalardan foydalanish tavsiya etiladi.Tabriknoma yasash uchun bizga quyidagi ish qurollari va materiallar kerak bo„ladi. Kvilling usuli Kvilling-bu badiiy texnika, ikki taraflama rangli qog„oz tasmasi asosida bajarilgan amaliy ish, gugurt cho„piga yoki tishkovlagichga urab chiqiladigan va turfa xil shaklga aylantirilgandan keyin7 turli xil figura ko„rinishida yelimlanadi. Bu texnika tasviri asosida (nafis gullar bejirim naqshlar, ertak qahramonlari, hayfonlar va baliqlar, qushlar) tabriknomalarni, albomlarni, qutichalarni, rasm uchun ramkalarni bezash mumkin. Boshlang„ich ta‟lim o„quvchilari kvilling texnikasining mashg„ulotlarini birinchi bosqichidagi qog„ozni o„rash jarayoni qiyin bo„lishiga qaramay, juda maroq bilan bajarishadi. Kvilling usulida turli narsalar shaklini yasashda uni bosqichma-bosqich o„rgatish kerak. Bajarilgan har bir yangi shaklni bir nechta mashg„ulotda olib borish kerak. Uzunligi 16 sm eni 24 sm bo„lgan karton qog„ozi olinadi. Uni tengi ikkiga buklaymiz.16 smga 12 sm bo„lgan tabriknoma asosi hosil bo„ladi. Turli rangdagi rangli qog„oz olinib, 1 sm qilib qalam yordamida chizib chiqiladi. Chizilgan joyidan qirqib uzun tasmalar hosil qilinadi. Hosil bo„lgan tasmalarni tish kovlagichning bir uchiga qistiramiz. Tasmani tishkovlagichga mahkam o„rashni boshlaymiz. Bunda barmoq bilan
151
tishkovlagichni aylantirib turamiz. Bosh spiralni bajarayotganda tasmani qattiq o„rab bo„lmaydi. Ayniqsa oxirgi o„rash vaqtida, unda spiral qattiq bo„lib ochilmay qolishi mumkin.Bir nechta tasmalarni yoki dumaloqlarni bir-biriga yelimlab, detalning hajmini katta qilish mumkin.
Kvilling shakllari: Tabletka asosiy shakl bo„lib, ana shu shakl asosida boshqa shakllar qilinadi. tomchi shaklida ko„z shakli barg gul shakli tomchi shakli asosida tayyorlanadi. Asos kartonining usti qismiga tayyorlangan shakllar joylashtiriladi. SHakllar bosqima-bosqich belgilangan joyga pva yelimi asosida yelimlanadi. Mustaqil ish topshiriqlari 1. Turli bayram tabriknomalari to„g„risida ma‟lumotlar to„plang. 2. Applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlang
|
| |