K. J. MATKARIMOV
B. J. MAHMUDOV
A. A. NORQULOV
AVTOMOBILLARDA
ISHLATILADIGAN
ASHYOLAR
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
«NOSHIR»
2013
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
© «NOSHIR» nashriyoti, 2013
UO‘K:
KBK: 39.33–5ya722
ISBN: 978-9943-
Matkarimov K. J. va boshq.
Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar: Kasb-hunar kollej-
lari uchun o‘quv qo‘llanma / Mualliflar: K. J. Matkarimov,
B. J. Mahmudov, A. A. Norqulov. – Т.: Noshir, 2013. – 324 b.
Sarlavhada: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
M 31
ISBN: 978-9943-
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan.
UO‘K:
KBK: 39.33
M 31
Таqrizсhi:
N. Boyboboyev – Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi
kasb-hunar kolleji direktori, texnika fanlari doktori, professor.
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar»
fani bo‘yicha, transport va qishloq xo‘jaligi mashinalari, traktorlari
yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun namunaviy dastur
asosida tayyorlangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan avtomobil, transport va
qishloq xo‘jaligi mashinalari yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘quv-
chilari hamda oliy o‘quv yurllari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
O‘quv qo‘llanmada mamlakatimizda, shuningdek, xorijiy davlatlarda
ishlab chiqarilayotgan yonilg‘i-moylash materiallari, texnik suyuqliklar,
nometall va polimer-rezina, sintetik va elektroizolatsion materiallar, lok-
bo‘yoq materiallari, yelimlar, qoplama va qistirma materiallarning olini-
shi, ularning tarkibi, eng ko‘p tarqalgan markalari, ularni saqlash, tashish
va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari keltirilgan.
3
KIRISH
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-
di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini
tasavvur etib bo‘lmaydi.
Xalq farovonligini oshirish transport vositalarini, jumladan,
avtomobil transportini rivojlantirishga bog‘liq. Avtomobil transpor-
ti yordamida respublikamizda tashilayotgan yuklarning 75 foizidan
ortig‘i va yo‘lovchilarning 85 foizidan ortig‘i tashilmoqda.
Bugungi kunda dunyodagi avtomobillar soni 650 milliondan
ortdi. Respublikamizdagi avtomobillar soni keyingi yillarda jadal
sur’atlar bilan ortib bormoqda va hozirgi kunga kelib umumiy
avtomobillar soni 2 milliondan ortdi. Jumladan, 1,1 milliondan or-
tiq yengil avtomobillar, 600 mingdan ziyod yuk avtomobillari va
350 mingga yaqin avtobuslar mavjud.
Respublikamiz avtomobillar soni, asosan, o‘zimizda ishlab
chiqarilgan avtomobillar hisobiga ortib bormoqda. Jumladan, res
publikamizda 2004- yilda 70 mingta avtomobil ishlab chiqaril-
gan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2005- yilda 110 mingtani, 2006- yilda
140 mingtani, 2007- yilda esa 170 mingtani tashkil etdi. Yaqin ke-
lajakda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar soni
yiliga 250 mingtaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Keyingi yillar-
da «Matiz», «Neksiya», «Lasetti» markali avtomobillar bilan bir
qatorda, butun dunyoga taniqli «Jeneral Motors» korporatsiyasi
bilan hamkorlikda «Chevrolet»ning «Kaptiva», «Epika» va «Taku-
ma» markalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu raqamlar qatoriga respublikamizda har yili tashiladigan
1 milllard tonnadan ziyod yuklar, 3 milllarddan ziyodroq yo‘lovchi-
lar qo‘shilsa, nafaqat avtomobilchilarimiz, balki barcha ijrochilar-
4
imiz, mutaxassislarimiz oldida yechimini kutib turgan muammolar
mavjudligini anglash mumkin.
Keyingi vaqtlarda avtomobil sanoatining tez sur’atlar bilan
rivoj lanishi avtomobillarning bir maromda ishlatilishini ta’minlov-
chi tarmoqlarni rivojlantirishni, shuningdek, bu tarmoqlarda ishlab
chiqariladigan mahsulotlar miqdorini oshirishni taqozo etadi.
Transport vositalarining ishonchli ishlashi, iqtisodiy va te-
jamkorlik ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan transport vositalarini
yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanish darajasiga hamda
bu materiallarning sifatiga bog‘liq.
1900- yilda dunyo bo‘yicha 0,8 mlrd t shartli yonilg‘i ishlatil-
gan bo‘lsa, XX asrning so‘nggi yillarida har yili 400 mlrd t atro-
fida shartli yonilg‘i ishlatildi. Dunyo bo‘yicha ishlatilgan yonilg‘i
miqdorining bu darajada ortib ketishi, yonilg‘i zaxiralaridan te-
jab-tergab foydalanishni taqozo etadi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar energe-
tika balansida neftning asosiy energiya manbayiga aylanib qolishi,
yil sayin neft zaxiralarining kamayib borayotganligi hamda yan-
gi resurslarni ishga tushirish qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq
ekanligini hisobga olib, yonilg‘i-energetika resurslaridan samarali
foydalanish shu kunning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va texnik muam-
molaridan biriga aylanib qoldi.
Yonilg‘i va energiya manbalari zaxiralarining cheklanganligi
barcha mamlakatlarda, hozirgi va kelajak avlodlar ehtiyojlarini hi-
sobga olib, energiyani tejash va resurslardan oqilona foydalanishga
intilishni kuchaytirdi.
Dunyoda energetika resurslaridan oqilona foydalanishni ta’min-
lash maqsadida 1974- yilda Parij shahrida Xalqaro energetika agent-
ligi (XEA) tuzilgan. Bu agentlikka 23 mamlakat (bir qator Yevropa
davlatlari, AQSH va Yaponiya) a’zo bo‘lib kirgan. XEA ning asosiy
maqsadi dunyo energetikasida neft ulushini qisqartirishdan, energi-
yadan tejamli foydalanish texnologiyalarini joriy etish va yangi
muqobil energiya manbalarini yaratishdan iborat.
5
Shuning bilan birga, energiya resurslaridan foydalanganda ajra-
lib chiqadigan zararli moddalar miqdori energiya manbalarining
sifat darajasiga bevosita bog‘liq. So‘nggi yillarda energiya resurs-
laridan foydalanganda atrof muhitni himoyalash bo‘yicha bir qator
anjumanlar o‘tkazildi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. Jumladan,
1992 yilda RiodeJaneyroda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada
«XXI asr kun tartibi» nomli Deklaratsiya qabul qilindi.
1996- yilda Yevropa Ittifoqi G‘arbiy va Markaziy Yevropada va
butun dunyoda energiya resurslaridan foydalanish bo‘yicha «Yashil
xartiya» nomli hujjatni qabul qildi va 2010- yilda yangi yaratilajak
energiya resurslarining ulushini 12 foizga yetkazish bo‘yicha max-
sus dasturni tasdiqladi.
Hozirgi kunda respuplikamizda yonilg‘i-energetika resurslari-
ni ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanishga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Mamlakatimizda g‘oyat muhim strategik manbalar
– neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 170 ta istiqbolli kon
qidirib topilgan.
O‘zbekiston noyob yonilg‘i-energetika resurslariga ega. Qidirib
topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin, ko‘mir 2 mill-
lard tonnadan ortiq, neft zaxiralari 350 million tonnani tashkil etadi.
Neft, gaz va kondensat zaxiralari o‘z ehtiyojimizni to‘la ta’min-
labgina qolmay, mazkur manbalarni eksport qilish imkonini ham
beradi.
O‘zbekistonda neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy min-
taqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva,
Janubig‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft
va gaz resurslarining zaxiralari bir tirillion AQSH dollaridan ziyod-
ga baholanmoqda.
Qidirib topilgan zaxiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz
bo‘yicha 35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha 30 yilgacha qoplaydi.
O‘zbekistondagi neft zaxiralarining qazib olinganlik darajasi
bor-yo‘g‘i 32 foizni tashkil etadi.
6
Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa
komponentlar mavjud bo‘lib, ular polimer materiallar – polietilen,
polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda neft va gaz tarmog‘i ildam
rivojlandi. Respublika hududida uchta neftni qayta ishlaydigan
(Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) – 2000 yilda rekon-
struksiya qilingan, Oltiariq NQIZ va Buxoro NQIZ – 1997- yilda
ishga tushirilgan) hamda ikkita gazni qayta ishlaydigan (Sho‘rtan
va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. Ular xilma-xil neft va gaz
mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Mustaqillik yillarida respublika-
da yangi mahsulot turlari – benzin, aviakerosin, aviabenzin, neft
moylarining xilma-xil turlarini, suyultirilgan gaz va boshqalarni
olish o‘zlashtirildi.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi gaz kondensati zaxiralarining de-
yarli 74 foizi, neftning 31 foizi, tabiiy gazning 40 foizi va ko‘mir-
ning 55 foizi O‘zbekiston ulushiga to‘g‘ri keladi.
1992- yilda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekistonda neft-gaz sa-
noatini rivojlantirishning uchta yo‘nalishi belgilab berilgan edi:
– O‘zbekiston Respublikasining neft mustaqilligini ta’minlash
uchun neft va gaz qazib olishni sezilarli darajada ko‘paytirish;
– ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning dunyo standarti dara-
jasida bo‘lishini ta’minlash uchun neft va gazni qayta ishlashning
taraqqiy etgan texnologiyalarini joriy etish;
– neft va gaz bo‘yicha geologorazvedka ishlarini jadallashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan neft
mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’molchilarni neft mahsuloti bi-
lan ta’minlash va ularni ishlatishni nazorat qilish bo‘yicha bir qa-
tor qarorlar qabul qilindi. Jumladan, «Avtomobil yonilg‘isi quyish
shoxobchalarining ishini chuqurroq takomillashtirish va respublika
iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash
choratadbirlari to‘g‘risida» (1998 yil 18 sentabrdagi №397 son-
li qaror) va «Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish
tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vo-
7
sitalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida»
(1998 yil 31 dekabrdagi №542 sonli qaror) qarorlar qabul qilindi.
2000- yilda dunyo energetika balansida neft birinchi o‘rinni
egalladi. So‘nggi 10 yil mobaynida dunyo bo‘yicha neft qazib olish
13 foizga ortdi. Neft qazib chiqarish bo‘yicha Saudiya Arabistoni
yetakchi hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Rossiya va
AQSH egallaydi. Neft qazib chiqaruvchi yetakchi mamlakatlar qa-
toriga Eron, Norvegiya, Iroq va Xitoy ham kiradi. Neftni iste’mol
qilish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinni egallaydi (iste’mol qilish
ishlab chiqarishga nisbatan 4 barobar ortiq).
Gaz qazib olish bo‘yicha dastlabki ikki o‘rinni Rossiya va
AQSH egallaydi. Bu mamlakatlarda qazib olinadigan gaz miqdori
butun dunyoda qazib olinadigan gazning 50 foiziga yetadi. Gaz
yonilg‘isini iste’mol qilish bo‘yicha esa AQSH, Rossiya, Buyuk
Britaniya, Kanada va Germaniya yetakchilik qiladi.
O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda neft qazib olish 3,2 barobarga,
gaz kondensatlari qazib olish 2,2 barobarga ortdi. 1990- yilda res-
publikamiz 5 mln t neft va neft mahsulotlarini import qilgan bo‘lsa,
1994- yilga kelib to‘la energetik mustaqillikka erishildi.
Tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha O‘zbekiston MDH respublika-
lari orasida uchinchi o‘rinda turadi va jahondagi gaz chiqaruvchi
10 ta eng yirik mamlakatlar qatoriga kiradi.
«O‘zbekneftgaz» xolding kompaniyasi tomonidan 2002- yilda
1,42 mln tonna benzin, 1,54 mln tonna mazut, 1,61 mln tonna dizel
yonilg‘isi va 388,4 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarildi.
Keyingi paytlarda ishlab chiqarilgan yonilg‘i-moylash materi-
allari va maxsus suyuqliklarning sifat darajasiga, ulardan oqilona
foydalanishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Ushbu qo‘llanmadan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak mu-
taxassislarni avtomobillarda ishlatiladigan neft mahsulotlarining
markasi va navini ajrata bilishga, ularning sifat pasportlarini to‘g‘ri
tushunishga, foydalanish xossalarini baholay olishga, yonilg‘i-moy-
lash materiallarining sifati bilan avtomobilning ish xususiyatlari
8
orasidagi bog‘liqlikni aniq tushunishga, neft mahsulotlarini tejab,
oqilona sarflashning asosiy tamoyillarini bilishga o‘rgatish, shu
ningdek, rezina detallarning xususiyatlarini, lok-bo‘yoq material-
larini markasi asosida tanlash, lok-bo‘yoq qoplamasini hosil qilish
texnologiyasi, avtomobillarda ishlatiladigan qoplama, qistirma,
izolatsion va yog‘och materiallarning hamda yelimlarning xususi-
yatlarini o‘rgatishdan iborat.
Mualliflar o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda amaliy yordam
ko‘rsatgan Namangan muhandislik-pedagogika instituti «Trans-
port vositalaridan foydalanish» kafedrasi dotsenti A. S. Polvonovga
samimiy minnatdorlik bildiradilar.
9
|