|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isGazsimon uglevodorodlar sintezi. Gazlarni sintezlash uglerod
oksidi (CO)ning vodorod bilan yuqori bosim va katalizator ish-
tirokida o‘zaro ta’siri natijasida har xil uglevodorodlar olinishiga
asoslangan.
Sintezlash jarayoni atmosfera bosimi ostida, ba’zan yuqori bo-
sim ostida (10–12 MPa), katalizatorlar bilan ta’minlangan maxsus
reaktorlarda 180–210°С haroratda o‘tkaziladi. Gazlarni sintezlash
natijasida benzin, gazsimon fraksiya va moy kondensati olinadi.
Sintezlash jarayonida 40–45 foiz benzin, 15–20 foiz dizel yonilg‘isi
va 10–17 foiz og‘ir fraksiyalar ajratib olinadi. Bu yonilg‘ilar tarkibi-
da parafinli uglevodorodlar ko‘p bo‘ladi, aromatik uglevodorodlar
ning ulushi 3–5 foizni tashkil etadi.
1. 4. Yonilg‘ini tozalash usullari
Olingan distillatlar tayyor mahsulot hisoblanmaydi, chunki ular-
da, uglevodorodlardan tashqari, smolali asfalt moddalar, oltingu-
gurtli birikmalar, organik kislotalar va boshqa kerakmas moddalar
bo‘ladi. Zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar
(to‘yinmagan, polisiklik) ham neft mahsulotlari sifatini yomon-
lashtiradi. Oltingugurtli birikmalar va kislotalar detallarning kor-
roziyalanishini oshiradi, smolali asfalt moddalar issiq detallarda
19
qurum va lok paydo bo‘lishini ko‘paytiradi, to‘yinmagan birikma-
lar kimyoviy barqarorlikni (saqlash jarayonida tarkibining o‘zgar-
masligini) yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafinlar qotish haro-
ratini oshiradi, polisiklik uglevodorodlar qovushoqlik xossalarini
yomonlashtiradi. Shuning uchun ham muayyan ekspluatatsion xu-
susiyatlarga ega bo‘lgan yonilg‘i olish uchun distillatlarni kimyoviy
va fizikaviy usullarni qo‘llash bilan tozalanadi.
Kimyoviy usulda tozalash yonilg‘i tarkibidagi keraksiz birik-
malar reagentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishiga asoslan-
gan. Kimyoviy usullarga sulfat kislota, ishqorlar, xlorli metallar
yordamida, gidrogenizatsion tozalash va boshqalar kiradi.
|
| |