20
oksidlari, kobalt va molibden oksidlari aralashmalari) ishtirokida
vodorod bilan tozalash usulidir. Bu usul ancha qulay usul hisobla-
nadi, chunki bunda distillatlardan osongina chiqarib tashlanadigan
uglevodorodlar hosil bo‘ladi.
Tozalanadigan yonilg‘i vodorod quvur pechda 375–415°C haro-
ratgacha qizdiriladi, aralashma katalizator to‘ldirilgan reaktorga
tushadi, bu yerda u 1–4 MPa bosim ostida gidrogenlanadi, ya’ni
vodorod bilan birikadi. Hosil bo‘lgan oltingugurtli va boshqa gaz-
simon mahsulotlar ishqorlar yordamida chiqarib tashlanadi. Bir-
daniga tozalanayotgan distillatdan kislorodli va azotli birikmalar
ham chiqarib tashlanadi. Bu usul istiqbolli va iqtisodiy jihatdan
foydalidir, chunki bunda tozalangan yonilg‘ining sifati va miqdori
juda yuqori bo‘ladi. Gidrotozalash dizel yonilg‘ilarini ishlab chiqa-
rishda keng qo‘llaniladi. Masalan, tarkibida 1,0–1,3 foiz oltingu-
gurt bo‘lgan dizel distillatlari tozalanganidan so‘ng tayyor mahsu-
lotlarda oltingugurtning miqdori 0,02–0,06 foizdan oshmaydi va
97–98 foiz kimyoviy barqaror yonilg‘i olinadi.
Gidrotozalash natijasida yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori
10–20 barobargacha kamayadi.