• Neftning kimyoviy tarkibi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    I BOB. NEFT TO‘G‘RISIDA QISQACHA 
    MA’LUMOT VA UNDAN OLINADIGAN 
    MAHSULOTLAR. AVTOMOBIL YONILG‘ILARI
    1. 1. Neft haqida umumiy ma’lumotlar
    Neft o‘simlik va hayvonot dunyosining organik qoldiqlari aso-
    sida paydo bo‘lgan. Organik qoldiqlarning parchalanishi hamda 
    neftning paydo bo‘lishi yuqori harorat va bosim, radioaktiv nurla-
    nish ta’sirida sodir bo‘lgan. Turli joylardagi va geologik jinslarda-
    gi organik qoldiqlarning tarkibi hamda o‘zgarish sharoitlari bir xil 
    bo‘lmaganligidan har xil neftlar hosil bo‘lgan. 
    Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra neft o‘ziga xos hidli quyuq moysimon 
    suyuqlik bo‘lib, turli tusdagi jigarrang ko‘rinishga ega. Kerosinni 
    eslatuvchi och rangli neft kam uchraydi, ba’zan deyarli qora rang-
    dagi, suvda cho‘kuvchi qovushoq smolali suyuqlik ko‘rinishida 
    ham uchraydi. Odatda, neftning zichligi 0,75 dan 1,3 g/sm
    3
    gacha 
    (neftning zichligi uning tarkibidagi smolasimon-asfaltli birikmalar 
    va qattiq uglevodorodlar miqdorining ko‘payishi hisobiga ortishi 
    mumkin)) bo‘ladi. Neftning rangi qancha och bo‘lsa, uning zichligi 
    shuncha kam, oquvchanligi esa katta bo‘ladi. Neft zichligi bo‘yicha 
    uch turga bo‘linadi: yengil neft (0,65–0,87 g/sm
    3
    ), o‘rtacha neft 
    (0,871–0,910 gsm
    3
    ) va og‘ir neft (0,910–1,3 g/sm
    3
    ). Yonish issiqli-
    gi 43,7–46,2 MJ/kg (10400–11000 kkall/kg). 
    Neft uglerod va vodorod atomlarining turli nisbatlaridagi murak-
    kab aralashmasidir. Uning elementar tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 
    83–87 foiz uglerod; 11–14 foiz vodorod; 0,1–1,2 foiz kislorod; 
    0,02–1,7 foiz azot va 0,01–5,5 foiz oltingugurt. 
    Tarkibiy qismlarining (uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltin-
    gugurt) o‘xshashligiga qaramay, turli joydan olingan neftlarning 
    fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo‘ladi. 


    10
    1. 2. Neftning kimyoviy tarkibi
    Yer qa’rining turli chuqurliklaridan olinadigan neft uning 
    tarkibidagi suv, tuzlar, gazlar va tog‘ jinslaridan tozalanganidan 
    so‘ng ham ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i sifatida foydala-
    nishga yaroqli bo‘lmaydi, ammo uning tarkibida dvigatellarda ish-
    latiladigan yonilg‘ilarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan 
    tarkibiy qismlar mavjud. 
    Neft tarkibidagi uglevodorodlardagi uglerod atomlari soni 1 dan 
    50 gacha bo‘lishi mumkin. Jumladan, metandan (CH
    4
    ) butangacha 
    (C
    4
    H
    10
    ) bo‘lgan oddiy uglevodorodlar normal sharoitlarda gaz ho-
    latida bo‘ladi, uglerod atomi 15 dan yuqori bo‘lgan uglevodorodlar 
    esa qattiq holatda bo‘ladi. Binobarin, neft suyuq holatda ham, qat-
    tiq holatda ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rinadi, shuningdek, tarkibi-
    da kislorod, oltingugurt va azot bo‘lgan bir qator birikmalarning 
    murakkab aralashmalari suyuq holatda bo‘ladi. 
    Neft massasining asosiy qismini uch guruhdagi: parafinli (al-
    kanlor), naftenli (siklanlar) va aromatik (arenlar) uglevodorodlar 
    tashkil etadi. Bu guruhlarning tarkibi va xususiyatlari neftning ho-
    sil bo‘lishi va qazib olingan joyiga bog‘liq bo‘ladi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish