• Kislorodli birikmalar.
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    To‘yinmagan uglevodorodlar neftni termik qayta ishlash nati-
    jasida hosil bo‘ladi. Ular uglerod atomlari orasidagi ikkilangan va 
    uchlangan bog‘lanishlar borligi bilan tavsiflanadi. Bu turdagi ug-
    levodorodlar ichida umumiy formulasi С
    n
    Н
    2n 
    ko‘rinishda bo‘lgan, 
    bitta ikkilangan bog‘lanishdagi olifenli uglevodorodlar (masalan, 
    etilen C
    2
    H
    4
    ) ko‘p uchraydi. Shuningdek, umumiy formulasi C
    n
    H
    2n – 2
    ko‘rinishda bo‘lgan, ikkita ikkilangan bog‘lanishdagi diolifenli ug-
    levodorodlar ham keng tarqalgan. 
    Molekulalardagi ikkilangan bog‘lanishlar ularning kimyoviy 
    faolligini oshiradi. Ular osongina oksidlanadi va birikish hamda 
    zichlash (polimerizatsiya) reaksiyasiga moyil bo‘ladi. Molekula-
    dagi ikkilangan bog‘lanishlarning soni qancha ko‘p bo‘lsa oksid -
    la 
    nish jarayoni shunchalik jadal amalga oshadi. Polimerlash 
    natija sida yuqori molekular smola – asfaltli birikmalar hosil qila-
    di. Shuning uchun ham to‘yinmagan uglevodorodlarning motor 
    yonilg‘isi va moylarda bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. To‘yin-
    magan uglevodorodlarning turg‘unmasligi natijasida ular saqla-
    nayotgan yonilg‘ida, ayniqsa, kreking benzinda smola hosil bo‘lish 
    jarayonini tezlashtiradi. 
    Kislorodli birikmalar. Neft va neft mahsulotlarining asosiy or-
    ganik kislotalarini naftenli guruhlar tashkil etadi. Ular R–COOH 
    ko‘rinishidagi karbon kislotalarga taalluqlidir. Bunda R – ug-
    levodorodli radikal; COOH – birikmaning kislota xususiyatiga ega 
    ekanligini ko‘rsatuvchi karboksil guruhi. 
    Naften kislotalar yuqori qaynash haroratiga (200°C dan yuqori) 
    ega, xona haroratidagi zichligi 1 g/sm
    3
    ga teng bo‘lgan, neft mah-
    sulotlarida yaxshi eruvchi va suvda umuman erimaydigan moyli 
    suyuqlikdir. 
    Naftenli kislotalar ta’sirida qora metallar zanglamaydi, ammo 
    rangli metallar (asosan, rux va qo‘rg‘oshin)ga jadal ta’sir ko‘rsatib, 
    ularning tuzlarini hosil qiladi. Naftenli kislotalarning asosiy qismi 
    neftning yonilg‘i-gazoyl fraksiyasi tarkibida bo‘ladi. 


    14
    Oksidlanish jarayonida neft mahsulotlari tarkibida molekulasida 
    karboksil guruhdan tashqari gidroksil guruh (OH) ishtirok etuvchi 
    oksikislotalar ham hosil bo‘ladi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish