|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isParafinli uglevodorodlar (C
n
H
2n + 2
) neftning asosiy massasini
tashkil etadi. Bu turdagi uglevodorodlar jumlasiga quyidagilar ki-
radi: gazsimon uglevodorodlar (metan CH
4
– dan boshlab), suyuq
(pentan C
5
H
12
– dan boshlab) va qattiq yoki n – parafinlar (gek-
sadekan C
16
H
34
– dan boshlab). Gazsimon va qattiq uglevodorod-
lar suyuq uglevodorodlarda erish xususiyatiga ega bo‘lib, harorat
ko‘tarilishi yoki bosim pasayishi bilan ulardan gazsimon qismi
ajralib chiqib, harorat pasayishi bilan yana qattiq holga o‘tadi.
Normal narafinli uglevodorodlar oksidlanishga turg‘un.
Am mo yuqori harorat (250–300°C) ta’siriga chidamsiz bo‘ li b,
osongina oksidlanadi va portlab yonadi, shu sababli foydala nish
uchun yaroqsiz hisoblanadi. Ammo shu xossalari tufayli ular tez -
11
yu rar dizel dvigatellari uchun mo‘ljallangan yonilg‘i tarkibiga kiri -
tiladi.
Neft mahsulotlari tarkibida n-parafinlardan tashqari, izomer ug-
levodorodlar (iparafinlar) ham bo‘ladi, ularning formulasi bir xil
ko‘rinishda bo‘lib, faqat atomlarining fazoviy joylashuvi bo‘yicha
bir-biridan farqlanadi.
Izoparafinlar xususiyatlari bo‘yicha nparafinlardan farq qiladi.
Jumladan, iparafinlar mo‘tadil haroratlarda oksidlanish xususiya-
ti yuqori, ammo harorat ortishi bilan oksidlanish jarayoni tezligi
sekinlashadi va yuqori haroratli uchastkalarda nparafinlarga nis-
batan turg‘unligi yuqori bo‘ladi. n va i-parafinlarning bu xususi-
yatlari yonilg‘ilarning ekspluatatsion xossalariga sezilarli darajada
ta’sir ko‘rsatadi. Dizel dvigatelining ravon ishlashini ta’minlash
uchun dizel yonilg‘isi tarkibida nparafinlar bo‘lishi; benzinlarning
detonatsiyaga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi uchun uning tarkibi-
da iparafinlar bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, parafinli uglevodorodlarning qotish harorati
yuqori, shu sababli qishki dizel yonilg‘ilari va moylari tarkibida
ularning miqdori cheklangan.
Neft va qayta ishlash mahsulotlari tarkibidagi parafinlarning
umumiy miqdori 50–60 foizni tashkil etadi, shuning bilan birga,
neft mahsulotlari tarkibida neftni 150°C gacha qizdirganda ajra-
ladigan parafin fraksiyalari ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Parafinlarning molekular massasi ortishi bilan birga, ularning
zichligi, alangalanish va qaynash haroratlari ham ortadi.
Yonilg‘i va moylar tarkibidagi parafinlar yuqori kimyoviy
turg‘unlikka ega bo‘ladi. Odatdagi sharoitlarda ular ko‘pchilik rea-
gentlar bilan kuchsiz ta’sirlashadi, xona haroratida birikish reaksi-
yasiga kirishish xususiyatiga ega emas.
|
| |