|
2- mavzu. Parafinlar. Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar. Piroliz va kreking jarayonlari texnologiyasi
|
bet | 1/17 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 41,74 Kb. | | #139927 |
Bog'liq 2- mavzu. Parafinlar. Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar. Pirol-fayllar.org
2- mavzu. Parafinlar. Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar. Piroliz va kreking jarayonlari texnologiyasi
2- mavzu. Parafinlar. Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar. Piroliz va kreking jarayonlari texnologiyasi Yuqorida aytilganidek, organik moddalar ishlab chiqarish uchun xomashyo manbalari — bu toshko'mir, neft, tabiiy gaz hisoblanadi. Ulardan organik sintez uchun kerakli bo'lgan moddalar: parafinlar, olefinlar, aromatik birikmalar, atsetilen va sintez gaz olinadi.
Yuqorida aytilganidek, organik moddalar ishlab chiqarish uchun xomashyo manbalari — bu toshko'mir, neft, tabiiy gaz hisoblanadi. Ulardan organik sintez uchun kerakli bo'lgan moddalar: parafinlar, olefinlar, aromatik birikmalar, atsetilen va sintez gaz olinadi.
Parafinlar. Organik sintez uchun texnik jihatdan muhim bo'lgan to'yingan uglevodorodlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

l.Past parafinlar (C1dan C5 gacha).
2. Yuqori parafinlar (C10 dan C40 gacha).
Past parafinlar. Parafin uglevodorodlari: metandan (CH4) to butangacha bo'lgani (C4H10) oddiy sharoitda gazsimon moddalar, pentandan C5H12 to C16 gachasi past temperaturada qaynaydigan suyuqliklardir.

Past parafinlar suvda va qutbli erituvchilarda yomon eriydi, lekin boshqa uglevodorodlar va qattiq adsorbentlarga yutilish xususiyatiga ega. Ularning molekula massasi ortishi bilan yutilish xususiyati ham ortib boradi, shuning uchun C1,C2,C3,C4 parafinlarni adsorbsiya yoli bilan ajratish mumkin. Past parafinlar havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi, shuning uchun ularni ishlab chiqarish yoki iste'mol qilish sexlari A kategoriyasiga mansub bo'ladi.

Organik sintez uchun xomashyo sifatida, asosan metan, n-butan, izobutan, izopentan ko'proq qo'llaniladi.
|
| |