|
Gazlarni fraksiyalarga ajratish moslamalari
|
bet | 3/17 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 41,74 Kb. | | #139927 |
Bog'liq 2- mavzu. Parafinlar. Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar. Pirol-fayllar.orgGazlarni fraksiyalarga ajratish moslamalari. Yoldosh gazlarni ajratish uchun absorbsiya, adsorbsiya, kondensatsiya va rektifikatsiya usullaridan foydalaniladi. Ular orasida eng ko'p qo'llaniladigani rektifikatsiya bolib, bu usul yordamida 2-4 MPa bosim ostida sovuqda yoldosh gazlar individual komponentlarga ajratib olinadi.
Gazlarni fraksiyalarga ajratish moslamalari. Yoldosh gazlarni ajratish uchun absorbsiya, adsorbsiya, kondensatsiya va rektifikatsiya usullaridan foydalaniladi. Ular orasida eng ko'p qo'llaniladigani rektifikatsiya bolib, bu usul yordamida 2-4 MPa bosim ostida sovuqda yoldosh gazlar individual komponentlarga ajratib olinadi.
Metan, etanni boshqa uglevodorodlardan ajratishda past haroratdagi rektifikatsiya bilan adsorbsiya usuli birgalikda qo'llaniladi. Yo'ldosh gazlarni qayta ishlash korxonalarida gazlarni ajratish uchun gaz fraksiyalovchi qurilmalardan (GFK) foydalaniladi.
l-rasm.C1-C5 uglevodorodlarini ajratish texnologik sxemasi:
1- kompressor; 2,5,6,7,8,9-rektifikatsiya kolonnalari; 3-deflegmatorlar; 4- qaynatgichlar; 10-drossel ventili.
Bu qurilmalar 6-10 kolonnadan iborat bo'lib, ulardagi tarelkalarning miqdori 400 dan 700 gacha yetadi. C1-C5 uglevodorodlarini ajratish sxemasi bilan tanishamiz (1-rasm). Yo'ldosh gaz 1 -kompressorda suv yordamida sovutilgandan so'ng 2-rektifikatsiya kolonnasiga yuboriladi, u yerda C1 -C3 uglevodorodlar ajratiladi. Flegma hosil qilish uchun 3-deflegmatorda sovutish vositasi sifatida suv yoki qaynovchi propandan foydalaniladi. Yengil fraksiya 5-kolonnada rektifikatsiya jarayoniga yuboriladi. U yerda flegma hosil qilish uchun sovutish jarayonida qaynovchi propandan foydalaniladi. Kolonnaning yuqori qismida gaz, qoldiq qismida esa suyuq propan qoladi.

| |