16
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash. Neft tarkibidagi ug-
levodorodlar turli xil fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega va,
shu bilan birga, ularning qaynash harorati ham turlichadir. Neftga
dastlabki ishlov berish jarayoni ulevodorodlarning qaynash harorat-
lari turlicha ekanligiga asoslangan. Neft maxsus pechlarda qizdiril-
ganida avval undan qaynash harorati pastroq bo‘lgan uglevodorod-
lar, harorat ko‘tarilganidan keyin esa qaynash harorati yuqoriroq
bo‘lgan uglevodorodlar bug‘lanadi. Bunda ajralib chiqqan bug‘lar
sovitiladi, suyuqlikka aylantiriladi va
distillatlar (qaynash harorat-
lari yaqin bo‘lgan fraksiyalar) yig‘iladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda, odatda, quyidagi distillatlar olina-
di: avtomobil, aviatsiya benzinlari va turli erituvchilar olishda
ishlatiladigan benzin distillatlari (taxminiy qaynash harorati 50–
180°C); reaktiv yonilg‘i va kerosin olinadigan kerosin distillatlari
(120–315°C); dizel yonilg‘isi olish uchun solyar distillatlari (180–
360°C); kreking uchun xomashyo olish uchun vakuumli gazoyl
(350–500°C). Dizel fraksiyalari haydalganidan keyin qoladigan
qoldiq (qaynash harorati 500°C dan yuqori) bitum tayyorlashda foy-
dalaniladi. Og‘ir distillatlar (mazut)dan ularning kimyoviy tarkibi-
ga qarab surkov moylari ishlab chiqarishda va qozon yonilg‘ilari
sifatida foydalaniladi.
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda 10–12 foiz benzin, 15–
20 foiz reaktiv yonilg‘i yoki kerosin, 15–20 foiz dizel yonilg‘isi va
50 foizgacha mazut olinadi.
Distillatlardan tayyor mahsulotlar olish uchun ularga qo‘shim-
cha ishlov (tozalash, turli komponentlar aralashtirish va boshqalar)
berish lozim.
To‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda olinadigan benzin, reaktiv va dizel
yonilg‘ilari miqdori ko‘p bo‘lmaganligi tufayli og‘ir fraksiyalar-
ning ko‘p qismi kimyoviy ishlov berishga yuboriladi.