|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isKinematik qovushoqlik suyuqlik ichki ishqalanishining so-
lishtirma koeffitsiyentidir. Davlat standartlarida aksariyat neft
mahsulotlari uchun kinematik qovushoqlik ko‘rsatiladi. Suyuqlik-
ning kinematik qovushoqligi uning dinamik qovushoqligi zich-
ligining nisbatiga teng. Kinematik qovushoqlik birligi sifatida
1 m
2
/s (10 – 6 m
2
/s = 1 mm
2
/s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlikni aniqlashda turli xil viskozimetrlar-
dan, ayniqsa, Pinkevich viskozimetrlaridan (2. 2- rasm) keng foy-
dalaniladi. Bu turdagi viskozimetrlarda kinematik qovushoqlikni
aniqlash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Tajriba o‘tkazisdan oldin viskozimetr benzin yordamida yax-
shilab tozalanadi. So‘ngra asbob havoda quritiladi. Tekshirilayotgan
neft mahsuloti qog‘oz filtrlar yordamida tozalab olinadi. Tozalan-
gan neft mahsuloti o‘lchash menzurkasiga quyiladi. Neft mahsuloti
quyiladigan idishga qovushoqlikni o‘lchash abobi joylashtiriladi.
Asbobning chiqarish teshigi 5 ga rezina shlang kiritiladi, tirsakka
tiqin 6 tiqilib, asbob neft mahsuloti quyilgan idishga to‘nkariladi
va teshik 5 orqali mahsulot uning B belgisigacha tortib to‘ldiriladi.
So‘ngra asbob neft mahsuloti to‘ldirilgan idishdan chiqarib olinadi.
Tirsakdan esa tiqin olib tashlanadi.
Neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr shtativga o‘rntilib,
suyuqlik to‘ldirilgan idishga joylashtiriladi (2. 3- rasm). Shlang
chiqarish teshigi 5 dan olinib, trubka 3 ga kiydiriladi. Idishdagi
suyuqlik standartda ko‘rsatilgan haroratgacha qizdiriladi va bu
haroratda neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr 15 daqiqa
turishi lozim. So‘ngra shlang 8 orqali asbobning yuqorigi sharsi-
mon kengayishining 1/3 qismigacha neft mahsuloti so‘rib olinadi
va quyib yuboriladi. Neft mahsuloti naycha 4 orqali qaytib oqishni
27
boshlab A belgisiga yetganida
2. 3- rasm. Kinematik qovusho-
|
| |