4 Ma'ruza: Ma’lumotlar bazasini himoyalash va foy- dalanishlarni cheklashning xavfsizlik modellari




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana23.02.2024
Hajmi0.55 Mb.
#161227
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 Ma\'ruza Ma’lumotlar bazasini himoyalash va foy- dalanishlarni
Data base security - lecture 12, Parol va sertifikatlar asosida, Axborotni himoyalash metodologiyasi (TA`minoti) Reja, 112-118, 9 – amaliy ishi mavzu Openssl kutubxonasidan foydalangan holda , bulutli-xizmatlarning-kamchiliklari-va-afzalliklari, Мустакил таълим мавзулари БТназарияси, YUSUF XOS HOJIB SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA VA UNDA TA’LIM- TARBIYA MASALLARI.


4 - Ma'ruza: Ma’lumotlar bazasini himoyalash va foy-
dalanishlarni cheklashning
xavfsizlik modellari

MBBT, operatsion tizimlari kabi, tarkibida xavfsizlik servislarining 


kombinatsiyasi mavjud, ammo operatsion tizimdan farqli holda o‘z ehtiyojini 
qoplay olmaydi. MBBT operatsion tizim mexanizmlari va funksiyalaridan 
foydalanadi. Bunday ikki sathlik o'ziga hos tahdidlaming paydo bo‘lishiga olib 
keladi va mos qarshi harakat vositalarining jalb qilinishini talab etadi. Masalan, 
ma’lumotlar bazasi operatsion tizimi tomonidan boshqariluvchi fayllarda yoki 
disklarda joylashadi, demak, ma’lumotlar bazasiga MBBTning shtat vositalari yoki 
operatsion tizim mexanizmlari yordamida murojaat etib, fayldan yoki qurilmadan 
foydalanish mumkin. Bunday imkoniyatlar MBBT himoyasi profilida hisobga 
olinishi shart.
Bu yerda autentifikatsiya tushunchasi kiritiladi va u MBBT uchun foydalanuvchi 
identifikatorining haqiqiyligini tasdiqlovchi mexanizmni taqdim etadi. Yuqorida 
tilga olingan ikki sathlikning yana bir ko‘rinishi - bazaviy konfiguratsiya
xavfsizligi faraz qilinadi, ya’ni bazaviy tizim (operatsion tizim va/yoki 
xavfsizlikning tarmoq servislari, va/yoki maxsus dasturiy ta’minot) o‘matilgan, 
konfiguratsiyalangan va xavfsiz boshqariladi.
Bazaviy tizim MBBT bilan bog‘liq barcha fayllami ruxsatsiz foydalanishdan
himoyalashga imkon beruvchi foydalanishni boshqarish mexanizmlarini 
ta’minlashning lozimligini ko‘zda tutuvchi xavfsizlik maqsadlari ham ushbu 
yo‘nalishga taalluqli. Undan tashqari, operatsion tizim xavfsizlik fiinksiyalarini 
yakkalash va MBBT jarayonlarini himoyalash uchun vositalami taqdim etadi. 
Aytish mumkinki, boshqarish va yakkalash nafaqat bazaviy operatsion tizim 
vositalari tomonidan, balki MBBT komponentlarini tarmoq uzellari bo‘yicha 
tarqatish va tarmoqlararo ekranlardan foydalanish yo‘li bilan ham arxitekturaviy 
madadlanishi mumkin.
Xavfsizlikning funksional talablariga kelsak, xavfsizlik funksiyalari (FPT_TDC) 
orasida ma’lumotlaming hamda xavfsizlik funksiyalarining taqsimlangan MBBT 
(FPT TRC) doirasida takrorlanishdagi ma’lumotlaming muvofiqligiga qo‘yiladigan 
talablarning muhimliliga ishora qilish mumkin. Muvofiqlikka taqsimlangan 
tranzaksiyalami ishlashning qandaydir shakli yordamida yoki sinxronlashning 
qandaydir protokolini qo‘llab, takrorlanuvchi ma’lumotlami yangilash yo`li bilan 
erishish mumkin.
Foydalanuvchanlikka hujumdan himoyalash uchun himoya profilida 
foydalanuvchilarga ajratiladigan kvotalaming (FPURSA.l) amalga oshirilishi
hamda parallel seanslarga (FTA_MCS.l) bazaviy cheklashlar ko‘zda tutilgan. 
Zamonaviy MBBT xususiyatini, xususan, tranzaksiyalar mexanizmi tomonidan 
amalga oshiriluvchi ma’lumotlaming dinamik yaxlitligini ta’minlash talabini 
hisobga olish zarur. Xavfsiz tiklash talablari haddan tashqari umumiy xarakterga 
ega. Tarmoq muhitidagi standart tahdidlardan himoyalash butunlay bazaviy tizim 
zimmasiga yuklatilgan.



Download 0.55 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4 Ma'ruza: Ma’lumotlar bazasini himoyalash va foy- dalanishlarni cheklashning xavfsizlik modellari

Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish