• KIRISH Mavzuning dolzarbligi
  • Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi
  • Mavzu: Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash choralari




    Download 61.06 Kb.
    bet1/5
    Sana28.02.2024
    Hajmi61.06 Kb.
    #164279
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kurs ishi


    Mavzu:Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash choralari

    Kirish
    Asosiy qism


    I Bob. Innovatsion faoliyatning nazariy asoslari
    1.1. Innovatsion faoliyat tushunchasi mohiyati, uni rivojlantirish yo’llari.
    1.2. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi va shakllari.
    II Bob. Innovatsion faoliyatni tashkil etish va davlat tomonidan rag‘batlantirish yo‘llari
    2.1. Innovatsion faoliyatni tashkil etish modellari.
    2.2.Chet davlatlarida va O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi O'zbekiston Respublikasida innovatsiya sohasini tartibga solish va uni rivojlantirishga doir qonunlar 2019 yil 18 iyuldagi "Innovatsiyalar to'g'risidagi Qonun" (Qonun raqami: 2019 yil 605-XII) bilan belgilangan. Bu qonun innovatsion faoliyatni rag'batlantirish, yangiliklarni yaratish va ularni amalga oshirish, taraqqiyotni ta'minlash va O'zbekiston Respublikasi hududida innovatsion faoliyatni rivojlantirishni tashkil etish uchun o'rnatilgan. Ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
    Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni, jumladan, muqobil energiya manbalarini, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy etish;sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, o‘z vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni yaratish;agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab chiqarish samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini targ‘ib qilish;iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish;innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.
    Mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida mamlakatda innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish darajasini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydigan “Yashnobod” innovatsion texnoparki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazi, shuningdek, vazirliklar va oliy ta’lim muassasalari qoshida boshqa shu kabi tashkilotlar tashkil etildi.

    Download 61.06 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 61.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash choralari

    Download 61.06 Kb.