K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/156
Sana16.11.2023
Hajmi6,9 Mb.
#99491
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

va fraksion tarkibi
Yonilg‘ining bug‘lanishi uning suyuq holatdan gazsimon holatga 
tezlik bilan o‘tish xususiyatidir. Bu, asosan, yonilg‘ining kimiyoviy 
tarkibi va uning to‘yingan bug‘larining bosimiga bog‘liq. Yonilg‘i 
uglevodorodlarining molekular massasi, zichligi va qaynash haro-
rati ortishi bilan, uning bug‘lanishi yomonlashadi. Yonilg‘ining
yonilg‘i bakidan karburatorga uzatish ishonchliligi, ishchi aralash-
ma hosil bo‘lish tezligi va sifati bevosita yonilg‘ining qovushoqli-
giga bog‘liq.
Avomobil benzinlari dvigatelning oson ishga tushirilishi, dvi-
gatelning tezda qizishi, yonilg‘ining to‘la yonishi va, shuningdek, 
ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishining oldini olish 
uchun zarur bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi lozim.
Bug‘lanish jarayonini dvigatellar ishlayotgan paytda bevosi-
ta kuzatish juda murakkab jarayondir. Chunki hozirgi zamonaviy 
yonilg‘ilarning kimyoviy va fraksion tarkibi murakkab tuzilish-
ga ega, ishchi aralashmasi tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt 
juda ham qisqa (soniyasiga yuzdan bir, ba’zan mingdan bir ulush 
miqdorida), shuningdek, ishchi aralashmasi hosil bo‘lishiga kon-
struktiv va ekspluatatsion omillar ham ta’sir etadi. Shuning uchun 
yonilg‘ilarning bug‘lanuvchanligini aniqlash ularning fraksion 
tarkibiga asoslanadi.
Neft mahsulotining fraksion tarkibi deganda, uning tarkibidagi 
hajm yoki massa foizlarida ifodalanadigan u yoki bu fraksiyalar-
ning miqdori tushuniladi. Benzin va dizel yonilg‘ilarining fraksion 
tarkibi neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda ishlatiladigan stan dart 
jihozlar yordamida aniqlanadi. Ixtiyoriy yonilg‘ining fraksion 
tarkibini aniqlashda yonilg‘i haydash vaqtidan benzinning hayda-


30
la boshlashi (BH) va haydalish tugallanishi oxiridagi (OH) haro-
rat qayd etiladi. Oraliq haroratlarni esa Davlat standarti asosida 
(ma’lum markalar uchun) yoki har 10 foiz kondensat yig‘ilganida 
sinalayotgan yonilg‘i bo‘yicha ma’lumotlar bo‘lmaganida) qayd 
etib boriladi. Fraksion tarkibini aniqlash natijalari jadval ko‘rini­
shida yozib boriladi. A–76 benzinining fraksion tarkibini aniqlash 
natijalari 2. 1- jadvalda keltirilgan.
2. 1- jadval

Download 6,9 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish