• Yonilg‘ini haydash oxiridagi haroratning (OH)
  • binoan benzinni ekspluatatsion baholash nomogrammasi




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    binoan benzinni ekspluatatsion baholash nomogrammasi:
    1 – bug‘ tiqinlari hosil bo‘lish zonasi; – dvigatel oson ishga tusha-
    digan zona; 3 – dvigatel qiyinchilik bilan ishga tushadigan zona; 4 – 
    sovuq dvigatelni ishga tushirib bo‘lmaydigan zona; 5 – dvigatel tez qiziy-
    digan zona; – dvigatel sekin qiziydigan zona; 7 – dvigatel karteridagi 
    moyning oz miqdorda kuyishi kuzatiladigan zona; – dvigatel karterida-
    gi moyning sezilarli darajada kuyishi kuzatiladigan zona; 9 – dvigatel 
    karteridagi moyning jadallik bilan kuyishi kuzatiladigan zona. 


    32
    Nomogramma 10, 50 va 90 foiz benzin haydaladigan haroratlar-
    dan kelib chiqib uchta zonaga ajratilgan.
    Benzinli dvigatellarning oson ishga tushishi benzin tarkibida-
    gi yengil fraksiyalarning miqdoriga bog‘liq. Benzin tarkibida past 
    haroratlarda qaynaydigan uglevodorodlar miqdori qancha ko‘p 
    bo‘lsa, dvigatelni ishga tushirish shuncha oson bo‘ladi. Shuning 
    uchun dvigatelning qay darajada ishga tushirilishi benzinni hay-
    dashda dastlabki 10 foiz benzinning bug‘lanishiga yoki 10 foiz 
    fraksiyaning haydalish haroratiga bog‘liqdir. Shunga ko‘ra ayla-
    nish chastotasi 35–40 ayl/min bo‘lganida tirsakli val bir-ikki marta 
    aylanganida ishga tushsa, dvigatel oson ishga tushirilgan hisobla-
    nadi. Agar tirsakli valning aylanishlar soni ikkitadan ortiq bo‘lsa, 
    dvigatel qiyin ishga tushirilgan hisoblanadi. 
    Benzinning ishga tushirish xususiyatini baholash uchun nomo-
    grammadan dvigatelni oson va qiyinchilik bilan ishga tushirish-
    dagi tashqi havo harorati aniqlanadi. Buning uchun gorizontal o‘q 
    bo‘ylab benzinning 10 foiz fraksiyasi bug‘lanadigan harorat (ush-
    bu holda 70°C) belgilanadi; shu nuqtadan perpendikular o‘tkazi-
    ladi (uzuq chiziq); perpendikular chiziqning nomogrammadagi 
    grafiklar bilan kesishgan nuqtalari belgilanadi va verlikal o‘q bilan 
    birlashtiriladi (gorizontal o‘qqa parallel chiziqlar o‘tkaziladi). Kel-
    tirilgan misolda sovuq dvigatelni oson ishga tushirish uchun tashqi 
    havo harorati minus 5°C, qiyinchilik bilan ishga tushirish harorati 
    esa minus 15°C ekanligi ko‘rinadi. 
    Sovuq dvigatel ishga tushirilganidan so‘ng qizdirilishi lozim. 
    Bu bosqich qancha kam davom etsa, avtomobil harakatlanishga 
    shuncha tezroq tayyor bo‘ladi, shuning bilan birga, moyning kuyi-
    shi va detallarning yeyilishi kam bo‘ladi. Dvigatelning qizdirilish 
    tezligi benzin fraksiyalari 50 foizining bug‘lanish harorati (t
    50%
    ) bi-
    lan xarakterlanadi. Bu nuqta haydash egri chizig‘i bilan dvigatel-
    ning moslanuvchanligini va uni drossel to‘la ochilmagan hollarda 
    ham ishonchli ishlashini baholaydi. Haqiqatan ham, t
    50%
    juda ham 
    yuqori bo‘lganida, bunda benzin sekin bug‘lanadi, siyrak ishchi 
    33
    aralashma hosil bo‘ladi, buning natijasida dvigatelni qizdirish uzoq 
    vaqt davom etadi va uning moslanuvchanligi sezilarli darajada 
    yomonlashadi. Bu kamchiliklarning kelib chiqmasligi uchun dvi-
    gatelni nomogramma asosida aniqlangan tashqi havo haroratidan 
    past haroratlarda ishlatmaslik lozim. Masalan, t
    90%
    = 122°C bo‘lgan 
    benzin tashqi havo harorati minus 15°C dan past bo‘lmaganida dvi-
    gatelning tez qizishi va yaxshi moslashishini ta’minlaydi. 
    t
    90%
    , OH va haydalishdan so‘ng qolgan qoldiq benzin tarkibidagi 
    og‘ir, shu bilan birga, qiyin bug‘lanadigan fraksiyalarni xarakter-
    laydi. t
    90%
    , OH qancha yuqori bo‘lsa, yonilg‘ini haydashda shuncha 
    ko‘p qoldiq qoladi, buning natijasida yonilg‘i to‘la bug‘lanmaydi 
    va to‘la yonmaydi. Yonilg‘ining to‘la yonmasligi natijasida yonilg‘i 
    sarfi ortadi (2. 6­ rasm) va dvigatelning quvvati pasayadi. 
    2. 6- rasm. Yonilg‘ini haydash oxiridagi haroratning (OH)

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    binoan benzinni ekspluatatsion baholash nomogrammasi

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish