• Oktan sonini antidetonatorlar yordamida oshirish
  • Antidetonatorlar
  • Benzinning kimyoviy turg‘unligi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    detonometr deb ataluvchi maxsus asbob yordamida qayd etiladi. 
    Detonatsiya bo‘lgan siqish darajasi moslama yordamida belgilab 
    olinadi. Shundan so‘ng dvigatelga etalon yonilg‘i quyiladi. Buning 
    uchun izooktan va normal geptanning shunday aralashmasini tan-
    lash kerakki, dvigatel u bilan ishlatilganida detonatsiyaning jadalli-
    gi sinaladigan benzin bilan ishlaganidagidek bo‘lsin. 
    So‘nggi yillarda benzinning detonatsiyaga chidamligi motor 
    usulidan tashqari tadqiqot usuli bilan ham aniqlanmoqda. Tadqiqot 
    usuli bilan aniqlangan oktan soni motor usuli bilan aniqlanganidan 
    7–10 birlikka katta bo‘ladi. Agarda benzinning oktan soni tadqiqot 
    usuli bilan aniqlangan bo‘lsa, benzin markasida «И» indeksi yozi-
    ladi, masalan, АИ–93. 
    Mana shu ikki usul bilan aniqlangan oktan sonlarining farqi ben­
    zinning sezgirligi deyiladi. U benzinning fizik va fraksion tarkibiga 
    bog‘liq. 
    Detonatsiyaga chidamliligi izooktandan ham yuqori bo‘lgan 
    uglevodorodlar va ba’zi organik moddalar aniqlangan. Chunon-
    chi, triptanning detonatsiyaga chidamliligi 104 birlikka, toluolni-
    ki 103 ga, etil spirti va benzolniki esa 106 ga teng. Detonatsiya-
    ga chidamliligi izooktannikidan past bo‘lgan uglevodorodlar ham 
    bor. Ma salan, oktanning oktan soni 20 ga, dekanniki 53 ga teng. 
    Demak, xususiy uglevodorodlar va organik moddalar dvigatelda 
    izooktandan yaxshiroq ishlaydi, oktan hamda dekan esa geptandan 
    yomonroq ishlaydi. 
    41
    2. 7. Oktan sonini antidetonatorlar yordamida oshirish
    Neftni haydash va kreking usulida olingan ko‘pchilik benzin-
    lar, zamonaviy avtomobil dvigatellarining detonatsiyasiz ishlashi-
    ni ta’minlash uchun zarur oktan soniga ega bo‘lmaydi. Shu tufayli 
    yonilg‘ining detonatsiyaga qarshi chidamliligini oshirish uchun 
    maxsus usullardan foydalaniladi. 
    Benzinlarning oktan sonini yonilg‘ining kimyoviy tarkibini 
    o‘zgartirib yoki yonilg‘iga maxsus qo‘shilmalar – antidetonatorlar 
    qo‘shish bilan oshirilmoqda. Antidetonatorlar benzinning detonat-
    siyaga chidamliligini oshirish uchun unga qo‘shiladigan modda-
    lardir. 
    Antidetonator sifatida tetraetilqo‘rg‘oshin (TEO) Pb (С
    2
    Н
    5
    )

    keng ishlatiladi, u quyuq, rangsiz juda zaharli suyuqlik bo‘lib, zich-
    ligi 1,659 g/sm
    3
    , suvda erimaydi, neft mahsulotlarida yaxshi eriydi. 
    TEQning antidetonatorli mexanizmi ta’siri quyidagicha namo-
    yon bo‘ladi: qo‘rg‘oshin oksidning PbO
    2
    hosil bo‘layotgan uglevo -
    dorodlarning gidroperoksidlari bilan ta’sir etishi natijasida gid ro-
    peroksidlar parchalanadi va oksidlanishning zanjirli reaksiyasi 
    uzi ladi. TEQning kamchiliklaridan biri shuki, uning yonish kamera-
    sidan to‘la chiqarib tashlashning qiyinligidadir, uni qoldiqlari yo-
    nish kamerasi devorlarida, porshen tagida, chiqaruvchi klapanlar-
    da, svechalar elektrodlarida qurum shaklida qolib ketadi va dvigatel 
    ishini yomonlashtiradi, ishlash imkoniyatini kamaytiradi. Buni ka-
    maytirish maqsadida TEQga bromli va xlorli birikmalar qo‘shiladi, 
    ular qo‘rg‘oshinni chiqarib yuboruvchi deyiladi. Bu aralashma etil 
    suyuqligidan iborat, tarkibiga etillangan benzinni etillanmaganidan 
    ajratish uchun qo‘shimcha bo‘yoq modda ham qo‘shiladi. 
    Tetrametilqo‘rg‘oshin (TMQ) Pb(CH
    3
    )
    4
    TEQga nisbatan biroz 
    afzalroqdir. Buning sababi shuki, TEQ tez parchalanadi, natijada 
    hosil bo‘lgan aktiv radikallarning bir qismi unumsiz sarflanadi. 
    TMQning issiqlikka chidamlilik xususiyatiga ega ekanligi tufay-
    li, u maksimal peroksidlar (birikmalar) hosil bo‘lgan paytda par-


    42
    chalanib, zanjirli reaksiyani to‘xtatadi. TEQ va TMQdan samarali 
    foydalanish uchun antidetonatorlar tarkibiga marganes birikmalari 
    kiritiladi. 
    Hozirgi kunda etillangan benzinlarni yuqori oktanli benzinlarga 
    almashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Chet elda shunday 
    yuqori oktanli benzinlardan trebutilmetilli efir (TBME) ishlatil-
    di, u izobutenni metanol bilan ta’sir etish yo‘li bilan olingan. Efir 
    55°C da qaynaydi, uning oktan soni tadqiqot usuli bilan 115–135, 
    motor usuli bilan 98–100 ga teng. U zaharli emas, benzinda yaxshi 
    eriydi, suvda yomon eriydi. Benzinga 11 foizli TBME qo‘shilsa, 
    etillanmagan АИ–93 benzini olinadi va unga yana 15–20 foiz past 
    oktanli komponentlar qo‘shish mumkin. Bunda dvigatelning yur-
    gizish harorati 8–12°С ga pasayadi va chiqarilgan gazning zaharli­
    ligi pasayadi. Efirning yonish issiqligining pastligiga (35200 kJ/kg) 
    qaramasdan, dvigatelning tejamkorligi pasaymaydi. 
    Agarda oktan soni 100 dan yuqori bo‘lsa, bu izooktanga yana 
    ma’lum miqdorda tetraetilqo‘rg‘oshin antidetonatori qo‘shib deto-
    natsiyaga turg‘un ekvivalent aralashma hosil qilinganligini ko‘rsa-
    tadi. Masalan, benzinning oktan soni 110 ga teng bo‘lsa, benzinning 
    detonatsiyaga chidamliligi izooktanga teng va unga qo‘shimcha 
    (hajmi bo‘yicha) 10 foiz tetraetilqo‘rg‘oshin aralashtirilganligini 
    bildiradi. 
    TEQ va TMQga nisbatan samarali bo‘lgan, tarkibiga marganes 
    birikmalari kiruvchi antidetonatorlardan ham foydalanilmoqda. 
    Bunday antidetonatorlar jumlasiga siklopentadiyeniltrikarbonil-
    marganes C
    5
    H
    5
    Mn(CO)
    3
    ЦТМ va uning gamogeni metilsiklopenta-
    diyeniltrikarbonilmarganes CH
    3
    C
    5
    H
    4
    Mn(CO)
    3
    МЦКМ kiradi. Ular 
    toza benzinlarning detonatsion chidamliligini oshirish bilan birga, 
    tarkibida TEQ bo‘lgan benzinlarning ham detonatsiyaga chidamli-
    ligini oshiradi. 
    43
    2. 8. Benzinning kimyoviy turg‘unligi
    Benzin tarkibidagi komponentlarning kimyoviy ta’sirlashishi, 
    avvalambor, to‘yinmagan uglevodorodlarning oksidlanishi nati-
    jasida, benzin o‘z xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin. Termik va 
    katalitik kreking usulida olingan benzinlarni tashish va saqlashda 
    benzin tarkibidagi olefinlar oksidlanadi va naften kislotalar hamda 
    smolalar hosil qiladi. Natijada ma’lum vaqt o‘tishi bilan benzin-
    ning kislotaliligi ortadi va rangi dastlab sariq, keyinchalik esa och 
    jigarrang tusga kiradi. Shu bilan birga, benzin saqlanayotgan idish 
    devorlarida smolasimon moddalar qatlami hosil bo‘ladi. 
    Yonilg‘i tarkibidagi smolalar yonilg‘i baklariga va quruvlar 
    devorlariga o‘tiradi, karburatorli dvigatellar jiklorlarini berkitib 
    qo‘yadi. Smolali birikmalar karburatorli dvigatellar chiqarish 
    kollektorlarining issiq devorlarida, klapanlar va porshenlar tubida, 
    yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham 
    to‘planadi. Qurumlar ko‘p to‘planganda dvigatel detallarining ye-
    yilishi ortadi, yonilg‘ining yonish jarayoni yomonlashadi, yonilg‘i 
    sarfi ortadi, ba’zan dvigatel butunlay ishdan chiqadi. 
    Yonilg‘ining oksidlanish va smolalar hosil bo‘lishiga moyilligi 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish