• AVTOMOBIL DIZEL YONILG‘ILARI 3. 1. Dizel yonilg‘isiga qo‘yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar
  • Dizel yonilg‘isining qovushoqligi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Nazorat savollari:
    1. Avtomobil benzinlariga qanday talablar qo‘yiladi?
    59
    2. Yonilg‘ining turi qanday aniqlanadi? 
    3. Avtomobil benzinlarining bug‘lanuvchanligi va fraksion tarkibi 
    haqida gapirib bering. 
    4. Benzinning fraksion tarkibi qanday aniqlanadi? 
    5. Benzinning to‘yingan bug‘ bosimi nima? 
    6. Yonilg‘ining normal va detonatsion yonishi haqida gapirib bering. 
    7. Oktan soni deb nimaga aytiladi, u qanday aniqlanadi va yonilg‘ining 
    qanday xossalarini belgilaydi?
    8. Oktan sonini aniqlashning motor va tadqiqot usullari o‘rtasida qan-
    day farq bor?
    9. Detonatsiyaga qarshi kurashning qanday tadbirlarini bilasiz?
    10. Oktan sonini oshirishda qanday antidetonatorlardan foydalaniladi?
    11. Induksion davr va haqiqiy smolalar miqdori deganda nimani tu-
    shunasiz?
    12. Etillangan benzindan foydalanishda qanday ehtiyotkorlik cho-
    ralarini ko‘rish lozim?
    13. Benzinning aktiv yemirilish ko‘rsatkichlarini aytib bering. 
    14. Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori 
    haqida gapirib bering. 
    15. Benzin turlari va markalarini aytib bering. 
    16. Suvli benzin emulsiyalarini ishlatish haqida gapirib bering.
    III BOB. AVTOMOBIL DIZEL YONILG‘ILARI
    3. 1. Dizel yonilg‘isiga qo‘yiladigan asosiy
    ekspluatatsion talablar
    Dizel yonilg‘isi benzinga nisbatan bir qator afzalliklarga ega 
    bo‘lganligi, ya’ni tejamliroq, yonilg‘i sifatida neftning ancha keng 
    va og‘irroq fraksiyalarini ishlatish mumkinligi, yong‘in chiqish 
    xavfi kamligi, dvigatelni yurgazish osonligi, ishonchli va uzoqroq 
    ishlay olishi tufayli keng tarqalgan. Dizel dvigatellari, asosan, 


    60
    og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobillarga o‘rnatiladi. Bu dvigatellarda 
    yonilg‘i sifatida dizel yonilg‘isidan foydalaniladi. 
    Dizel yonilg‘isi – qaynash harorati 200–350°C bo‘lgan ug-
    levodoroddan tashkil topgan neft fraksiyasidan iborat. Dizel 
    yonilg‘isi rangi sariqdan och jigarrangacha bo‘lgan suyuqlik (bu 
    rangni yonilg‘i tarkibidagi smola beradi) bo‘lib, qovushoqligi 
    benzinnikiga nisbatan yuqori va qiyin bug‘lanadigan yonuvchi 
    suyuqlikdir. Ularning tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 87 foiz 
    uglerod, 13 foiz vodorod, 0,5 foizgacha oltingugurt, juda oz 
    miqdorda kislorod va azot bor. Dizel yonilg‘isining zichligi benzin-
    ning zichligi kabi suvning zichligidan kichik (0,78–0,86 g/sm
    3
    ) va 
    suvda erimaydi. Dizel yonilg‘isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli 
    avtomobillarga nisbatan 25–30 foiz tejamli bo‘lgan dizel dvigatel-
    larida ishlatiladi. Dizel yonilg‘ilari yonganida (yonish jarayonida) 
    o‘rtacha 42,5 mJ/kg issiqlik ajralib chiqadi. 
    Dvigatelning ishonchli ishlashi va, shu bilan birga, ularga tex-
    nik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarining miqdori bevosita 
    yonilg‘i sifatiga bog‘liq. 
    Yonilg‘i xususiyatlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish di-
    zel dvigatellarining samaradorligi va avtotransport korxonalarining 
    rentabelligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir. 
    Dizel yonilg‘isi markalari bir­biridan zichligi va sirt taranglik 
    kuchi (25–30 mN/m) bo‘yicha kamroq, qovushoqligi va boshqa xu-
    susiyatlari bo‘yicha esa juda katta farq qilishi mumkin. 
    Dizel dvigatellarida yonilg‘i to‘la va sifatli yonishi uchun ular 
    quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:
    – yuqori bosimli nasos uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg‘i 
    yaxshi so‘rilishi va haydalishi (optimal qovushoqlikka, zarur past 
    harorat xossalariga ega bo‘lishi, tarkibida suv hamda mexanik ara-
    lashmalar bo‘lmasligi) lozim;
    – mayin to‘ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo‘li-
    shi, buning uchun esa qovushoqligi va fraksion tarkibi optimal 
    bo‘lishi zarur;
    61
    – dvigatel oson yurgizib yuborilishi va «yumshoq» ishlashi 
    uchun tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (yonilg‘ining 
    setan soni, qovushoqligi va fraksion tarkibiga bog‘liq);
    – klapanlarda, porshenlarda va porshen halqalarida ko‘p qurum 
    hosil bo‘lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunkalarning 
    to‘zitkichlari kokslanmasligi lozim (yonilg‘ining kimyoviy hamda 
    fraksion tarkibiga, tozalash usuli va darajasiga bog‘liq);
    – sig‘imlarni, yonilg‘i quvurlarini, yonilg‘i berish tizimini va 
    dvigatel detallarini korroziyalamasligi kerak (oltingugurtli birik-
    malar, organik hamda mineral kislotalar, suv miqdoriga bog‘liq);
    – barqaror yonishi hamda yonganida mumkin qadar ko‘p issiq-
    lik chiqarishi (uzoq muddat saqlanganida xossalarni o‘zgartirmasli-
    gi) zarur. 
    3. 2. Dizel yonilg‘isining qovushoqligi
    Benzinli dvigatellar uchun benzinning qovushoqligi ahamiyatga 
    ega emas, chunki uning qovushoqligi suvnikidan ham kichik. Di-
    zel dvigatelida esa yonilg‘ining qovushoqligi katta ahamiyatga ega: 
    uning kamayishi ham, oshishi ham dvigatelning yomon ishlashiga 
    olib keladi. Qovushoqlik tashqi kuch ta’sirida suyuqlik zarralari 
    harakatlanganida bir-biriga ko‘rsatadigan qarshilikdir. 
    Dizel yonilg‘isining qovushoqligini belgilovchi ko‘rsatkich ki­

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish